224
Respublikada kimyo va neftkimyo sanoati yetakchidir.
Turkmanboshi va
Turkmanobod neftni qayta ishlash zavodlari, Chelekan yod-brom zavodi,
Turkmanboshi soda zavodi, Turkmanobod superfosfat, Mari azotli mineral
o’g’itlar va Gaurdak oltingugurt ishlab chiqarish korxonalari o’z mahsulotlari bilan
ajralib turadi.
Turkmanistonda metallurgiya sanoati kam rivojlangan. Turkmanboshi va
Ashgabaddagi mashinasozlik sanoati korxonalarida
neft va gaz sanoati uchun
ayrim mashina dastgohlari, maishiy xizmat ko’rsatish jihozlaridan gaz plita hamda
qishloq xo’jalik texnikalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jihozlari ishlab
chiqariladi.
Yengil sanoat respublika iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan biridir.
Yengil sanoatning 2|3 qismini ip-gazlama mahsulotlari tashkil etadi. Respublikada
yetishtiriladigan paxtaning deyarli hammasi paxta tozalash zavodlarida qayta
ishlanadi.
Mamlakada yengil sanoat tarmoqlari: to’qimachilik, tikuvchilik, shoyi, jun,
gilam, trikotaj, poyabzal va boshqalar yaxshi rivojlangan.
SHuningdek, qorako’l
terilarning tayyorlanishi va ishlab chiqarishga yetkazilishi ham katta ahamiyatga
egadir.
Mamlakatda qo’lda gilam to’qish yuqori rivojlangan bo’lib,
uning yirik
markazlari Ashgabat, Hasanko’li, Nebittog’, Baxarden, Qizil-Arvat, Mari,
Dashhovuzlardir.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ko’plab iste’mol mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Respublikada sabzavot, meva, go’sht-sut, paxta yog’i,
baliq
konservalar ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan.
Turkmaniston qishloq xo’jaligida sug’oriladigan dehkonchilik bilan bir
qatorda cho’l-yaylov chorvachiligi ham rivojlangan.
Paxtachilik – dehqonchilik ekinlarining asosini tashkil etadi. Respublikada
700 ming tonnadan ko’proq paxta hosili olinadi. Bu yerda paxtaning oq va
ingichka tolali navi ekiladi. So’nggi yillarda respublikada don, meva va uzum
yetishtirish ham ortib bormoqda.
225
Respublikada chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Unda yetakchi tarmoq
qo’ychilik bo’lib (6,3mln bosh), asosan qorako’l qo’ylar boqiladi. SHuningdek,
respublikada qoramolchilik (1,1 mln bosh), tuyachilik, 22 ming bosh yilqichilik
(Axaltekin va Iomud zotdor otlar) ham muhim chorvachilik tarmoqlaridir.
Transport tarmog’i.
Respublikada deyarli barcha transport turlari mavjud.
Respublika transportlari orasida temir yo’l transporti yetakchi o’rinda turadi.
Uning hissasiga yuk va passajir tashishning katta qismi to’g’ri keladi. Malumki,
dastlabki temir yo’l Kaspiy orti temir yo’li bo’lib, 1880-86 yillarda qurilgan.
Bundan tashqari mamlakat ichkarisida Turkmanboshi- Ashgabat-CHorjo’y,
Ashgabat-Qoraqum-Dashxovuz, Mari-Kushka kabi yo’llar qurilgan. Markaziy
Osiyo respublikalari mustaqil bo’lganlaridan so’ng Tajan – Seraxs - Mashxad
(Eron) temir yo’li ishga tushirildi.
Rayonlararo aloqalarni olib borishda avtomabil transporti yetakchilik qiladi.
Avtomabil yo’llarining uzunligi 13.600 km.dan ortadi. Asosiy avtomagistrallar
Turmanboshi-Qizil Atrek, Turkmanboshi-Ashgabat-Mari-Chorjo’y,
Mari-Kushka,
Ashgabat-Qoraqum-Dashxovuz, Ashgabat-Mari-Turkmanobod va boshqalardir.
Kaspiy dengizda suv transporti rivojlangan. Yirik portlari: Turkmanboshi,
Bekdash. Turkmanboshidan –Baku shahrigacha parom yo’li o’tkazilgan.
Havo transporti - Respublikani xorijiy va MDH davlatlari bilan bog’laydi.
Havo orqali asosan pasajirlar, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va
qimmatbaho yuklar tashiladi.
Respublika iqtisodiyotining rivojlanishida quvur transportining ahamiyati
katta. quvur transporti neft, gaz va ichimlik suvi tashishda ancha qulay hisoblanadi.
Respublikada dastlabki neft quvuri 1946 yilda ishga tushgan. Qumdog’-Vishga-
Turkmanboshi, Qoturtepa-Belek-Turkmanboshi va boshqalar ishga tushirildi.
Dastlabki gaz quvuri 1952 yilda Vishga –Nibit-Dog’ga tortilgan. Bundan tashqari
Qoturtepa-Bilek-Turkmanboshi gaz quvurlari ishga tushirildi. Ayniqsa Maysk-
Ashgabat-Bezmen (396 km uzunligi) gaz quvuri
respublika iqtisodiyotning
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo – Markaz yo’nalishida
Rossiya va Yevropa mamlakatlariga, MOD hududi orqali Xitoyga hamda janubiy
226
qo’shni davlatlariga quvur orqali gaz eksport qiladi. Respublika gaz quvurlari
uzunligi yildan-yilga ortib bormoqda.
Xalqaro mehnat taqsimotida neft-gaz qazib chiqarish hamda paxta
yetishtirish bilan ishtirok etadi. Turkmaniston chetga ko’prok neft va gaz
mahsulotlari, yod, oltingugurt, tsement xom-ashyosi, paxta tolasi va yog’i,
poliz
ekinlari, qorakul teri eksport qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik
va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha
jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama
hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli
sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
1991-yildan hozirgi paytga qadar ikki mamlakat rahbarlarining
Do'stlaringiz bilan baham: