2017-yil 20-may, Turkmanboshi



Download 22,5 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi22,5 Kb.
#603123
Bog'liq
20.05.2017




O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish va yer resurslari davlat qo‘mitasi o‘rtasida
Bitim
Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida
2017-yil 20-may, Turkmanboshi
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 2017-yil 20-maydan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish va yer resurslari davlat qo‘mitasi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida 1996-yil 16-yanvarda imzolangan Shartnoma va O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida 2017-yil 6-martda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilgan holda,
Tomonlar davlatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yuqori darajasidan kelib chiqib,
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni takomillashtirishga hamda Tomonlar davlatlarining milliy va xalqaro ekologik dasturlarda qatnashishi bo‘yicha qo‘shma faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarning muhim va dolzarbligini inobatga olgan holda,
tenglik va o‘zaro manfaatdorlik prinsiplariga asoslanib,
Atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (Rio-de-Janeyro, 1992-yil), BMTning Ming yillik deklaratsiyasi (Nyu-York, 2000-yil), Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi (Yoxannesburg, 2002-yil), shuningdek BMT barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining Rio-20 “Biz istagan kelajak” yakuniy hujjati prinsiplari va tavsiyalariga amal qilgan holda,
Tomonlar davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik qilishdagi umumiy manfaatlarini inobatga olib,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda.
Ushbu Bitim Tomonlar davlatlari manfaatlari yo‘lida milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik tahdidlarga yechim topish va tegishli javob qaytarish uchun Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.
2-modda.
Tomonlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantiradilar:
a) bioxilma-xillikni saqlash, shu jumladan noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar turlari populatsiyasini muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;
b) iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga moslashish;
v) muqobil energiya manbalarini rivojlantirish;
g) atrof-tabiiy muhitni monitoring qilish;
d) atmosfera havosini muhofaza qilish;
e) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
j) Orolni qutqarish xalqaro Fondi faoliyatini mustahkamlash va takomillashtirish;
z) ekologik talofat hududlarida, birinchi navbatda, Orol dengizi qurishining salbiy ekologik oqibatlari bilan bog‘liq hududlarda atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha global va mintaqaviy muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish;
i) Tomonlar uchun o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan hamkorlikning har qanday boshqa sohalari.
3-modda.
Ushbu Bitimning 2-moddasida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tajriba, ilmiy-texnikaviy axborot, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar bilan almashish;
b) qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqish;
v) qo‘shma uchrashuvlar, treninglar, seminar va konferensiyalar o‘tkazish, tashriflar almashinuvini tashkil qilish;
g) mintaqaviy va xalqaro hamkorlik platformalari va jarayonlari doirasida Tomonlar davlatlarining umumiy manfaatlariga muvofiq bo‘lgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish;
d) Tomonlar birgalikda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning har qanday boshqa shakllari.
4-modda.
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishni muvofiqlashtirish maqsadida Tomonlar mas’ul bo‘linmalar va shaxslar to‘g‘risida bir-birlarini qisqa muddatlarda yozma ravishda xabardor qiladilar.
Mas’ul bo‘linmalar va shaxslar o‘zgartirilgan taqdirda, Tomonlar ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladilar.
5-modda.
Tomonlar ushbu Bitim doirasida olinayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlashlari lozim hamda bunday axborot uchinchi shaxslarga faqatgina boshqa Tomonning oldindan yozma roziligi olingandan so‘ng taqdim qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat siri va Turkmaniston davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar ushbu Bitim doirasida taqdim qilinmaydi.
6-modda.
Ushbu Bitim doirasida Tomonlar:
a) Bitimni amalda tatbiq qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
b) zarur hollarda, ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadilar va muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yadilar.
7-modda.
Basharti har bir alohida holatda o‘zgacha tartib kelishilmagan bo‘lsa, Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirish davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydilar.
8-modda.
Ushbu Bitimni qo‘llash va talqin qilish bilan bog‘liq Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday nizolar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
9-modda.
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
10-modda.
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin bo‘lib, ular mazkur Bitimning 11-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
11-modda.
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning ushbu Bitim amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risidagi yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab ikki oy o‘tgunga qadar amal qiladi.
Ushbu Bitim amal qilishining tugatilishi Bitim doirasida boshlangan va uning amal qilishi tugatilgunga qadar yakunlanmagan loyiha va dasturlar ijrosining tugatilishiga olib kelmaydi.
Turkmanboshi shahrida 2017-yil 20-mayda ikki nusxada, har biri o‘zbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar kelib chiqqan hollarda Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
(imzolar)

Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish