U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


218 
9.3. Turkmaniston Respublikasi. 
Maydoni 488,1(491,2) ming km
2
. Aholisi 5,4 mln. kishi. Poytaxti —
Ashgabat shahri. Davlat tili turkman tili. Pul birligi — Turkman manati. Davlat 
rahbari - Prezident Gurbanguli Berdimuxammedov. 1995 yil 12 dekabrda 
Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olingani to’g’risida BMT Bosh 
Assambleyasining rezolyutsiyasi qabul qilingan. 2015 yil 12 dekabrda Ashgabatda 
ushbu sananing 20 yilligi munosabati bilan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik 
va taraqqiyot yo’lida xalqaro hamkorlik” mavzuida xalqaro konferentsiya bo’ldi va 
unda 10 dan ortiqroq davlatlar rahbarlari qatori O’zbekiston Respublikasi birinchi 
Prezidenti I. A. Karimov ham qatnashib nutq so’zladi. 
Turkmaniston hududi qadimda Ahomaniylar davlati, Aleksandr istilosidan 
soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, YunonBaktriya podsholigi, 
Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohariylar davlati, Somoniylar, 
Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 
14-asrning 70—80-yillaridan T. hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr oxiri 
— 17-asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga 
oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda T. hududini Rossiya bosib oddi. 1917 yil noyabr —
dekabrda sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918 yil 30 aprelda Turkiston muxtor sovet 
sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Zakaspiy 
viloyati, 1921 yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924 yil 
Oʻrta Osiyoda "milliy davlat chegaralanishi" deb atalgan boʻlib tashlash siyosati 
natijasida 1924 yil 27 oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga 
kiritiddi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligi.ni 
jamoalashtirish, 
mamlakatni 
industriyalash 
siyosati 
va 
qatagʻonlar 
azobuqubatlarini tortdi. 1991 yil oktabrda Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul 
qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992 yildan 
BMT aʼzosi, 1993 yil 7 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan 
olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27 oktabr — 
Mustaqillik kuni (1991).


219 
Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlarining janubi-g’arbiy qismida 
joylashgan. Turkmaniston 4 ta davlat (shimoli-g’arbdan Qozog’iston, janubdan
Afg’oniston va Eron, shimoli-sharqdan O’zbekiston bilan hamda suv orqali Kaspiy 
dengizi) bilan chegaradosh. 
Tabiiy sharoiti va boyliklari.
Turkmaniston hududining aksariyati 
tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da 
joylashgan. 
Hududining 80 - foizini Qoraqum cho’llari egallagan bo’lib, cho’l 
shimoldan janubga 450 km ga, g’arbdan sharqqa esa 880 km masofaga cho’zilgan.
Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining 
T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, 
Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari 
va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli.
Tog’li mintaqalar esa respublikaning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida 
xoylashgan bo’lib, 8 % yaqin hududni egallaydi (Turkman-Xurosan, Kopetdog, 
Paropamiz-Qorabel, Katta-Kichik Bolxon, Ko’hitang tog’ tizmalari). Sariqamish
ko’li dengiz sathidan eng pastdagi joy- nuqtasi bo’lib 81 metrni tashkil etadi. 
Turkmaniston
janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo 
choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon 
(1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland 
joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob 
daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi 
(bal. 3139 m — 
Turkmaniston
ning eng baland nuqtasi) bor. 
Turkmaniston
ning 
gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy 
chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi 
pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) 
va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-
sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Jan.Sharqiy 
Qoraqum choʻli joylashgan. 
Turkmaniston
ning janubiy qismida tez-tez zilzila 
boʻlib turadi.


220 
Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi 
yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —
5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida 
absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 
32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. Raspublika hududining 80%da 
doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta 
va sersuv daryosi — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali 
Bahardengacha borgan —900 km. 
Eng yirik o’tuvchi-tranzit daryo hisoblanmish 
Amudaryo respublikaning shimoli-sharqiy qismidan oqib o’tadi va undan tashqari
janub va janubi-g’arbda Murg’ob, Tajan, Atrek va boshqa daryolari bor. 
Respublika iqtisodiyotining rivojlanishiga Qoraqum kanali ( uzunligi 900 km.) 
katta tasir ko’rsatgan.
Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini 
ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz 
platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi 
tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, 
togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini 
qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va 
allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. 
Turkmaniston
hududining taxminan 2% sugʻoriladi. 
O’rtacha 1.3 mln ga sugʻoriladi
gan erlar mavjud. 
Turkmaniston
ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda 
oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok 
yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda 
bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har 
xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ 
daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari 
oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, 
togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va 
boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. 
Turkmaniston
hududida 
Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor. 


221 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish