Aholisi.
O’zbekiston aholisi 2015 yil 1 yanvar ma’lumatiga ko’ra 31 million
kishidan oshib ketdi.
O’zbekiston aholisi Yoshi jihatidan past ko’rsatgichga ega: aholining 3/1
qismi 15 yoshdan kichik. Islom diniga sig’inuvchilar aholining 88%ni tashkil
qiladi. Aholining ko’p qismi O’zbek, rus va fors-tojik tilarida so’zlashadi.
240
Mamlakat bo’yicha aholi zichligi 1 kv.km.ga 68 kishidan iborat bo’lgan
holda, u Navoiy viloyatidagi 8,1 kishidan Andijon viloyatida 652,4 kishiga farq
qiladi. O’zbekistonda 2013 yilgi ma’lumotga ko’ra aholining 51,2%i shaharlarda
yashaydi va hududda 119 ta shahar, 1065 ta shaharcha mavjud. Tug’ilish
koeffitsienti 2013 yilda har ming kishi hisobiga nisbatan tug’ilish 21,4, o’lim 4,9
va tabiiy ko’payish 16,5 kishini tashkil etadi. Aholining ko’payish va kamayishida
migratsiyaning ham roli bor.
Masalan: 2012 yilda kelganlar 169,7 ming, ketganlar 210,6 ming kishi va
aholining kamayishi 40,9 ming kishiga teng. 2013 yilgi ma’lumotga ko’ra 25 mln
yoki jami aholining 83%i respublikaning tub millati - o’zbeklarga to’g’ri keladi.
Sanoat.
Yoqilg’i-energetika sanoati. Respublikada yoqilg’i sanoati tarkibiga
ko’mir, neft va gaz qazib chiqarish kiradi.
Neft.
Mamlakatning Oltiariq,
Polvontosh, Mingbuloq, Ko’kaydi, Lalmikor, Tolli, Ko’kdumaloq, Qorovulbozor,
Ustyurtdagi neft konlarida neft qazib chiqaruvchi zavod, korxonalari ishlab turibdi
va ulardan yiliga 3,5 mln tonna neft va suyultirilgan gaz bilan birga qazib
olinmoqda.
Tabiiy gazning
yirik korxonalari Muborak, SHo’rtang, Gazli, Jarqoq,
Ustyurtdagi Surg’ildagi havzalardadir. Yiliga mamlakatda o’rtacha 60 mlyard kub
m. atrofida gaz qazib chiqariladi.
Ko’mir sanoati
Angren (97%), SHarg’un, Boysun ko’mir havzalarda
rivojlangan bo’lib, yiliga o’rtacha 2700 ming tonna qo’ng’ir va toshko’mir qazib
olinadi.
Elektr energiya
ko’mir, yonuvchi slanets, torf, neft va gaz, suv, quyosh
radiatsiyasi, shamol va boshqalar asosida ishlab chiqariladi. Elektr
stantsiyalar ikki xil IES (90%)-Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Yangi Angren,
Tolimarjon va SES (GES) CHarbog’, Xo’jakent, Andijon, CHirchiq-Bo’zsuv,
Farhod va boshqalar. Mamlakatda har yili o’rtacha 50-52 mlyard kVt/s miqdorida
elektr energiya ishlab chiqaroqda.
241
Metallurgiya majmuasi.
Qora metallurgiya sanoatining asosiy korxonasi
Bekobod metallurgiyasidir va u po’lat (2013 yilda 761,0 ming tonna) hamda prokat
ishlab chiqarishda (2013 yilda 718,0 ming tonna) yetakchi.
Rangli metallugiya sanoati rivoji ham yuqori. Mamlakatimiz oltin, mis, uran,
volfram, molibden kabi metallar qazib olinadi. Navoiy va Olmaliq TMK, CHirchiq
o’ta chidamli va qiyin eruvchi metallar kombinatining o’rni kattadir.
Kimyo va neft kimyo sanoati
. Ayniqsa, kimyo-farmatsevtika va lak-bo’yoq
sanoati rivojlandi. Mineral o’g’it (sun’iy ammiak, oltingugurt kislatasi, kaltsiy
sodasi, kaliy, fosfor o’g’iti) ishlab chiqarish CHirchiq, Navoiy, Samarqand,
Farg’ona, Qo’qon, Olmaliq, Dehqonobod, Qo’ng’irot shaharlarida faoliyat olib
borayotgan zavodlarda yetakchidir.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati
. Og’ir sanoat hisoblanib,
uning tarmoqlari transport, traktor va q/h mashinasozligi, elektrotexnika,
stanoksozlik va asbobsozlik, priborsozlik kabi tarmoqlarga bo’linadi. Mamlakatda
2013 yil yakunlariga kura 251,3 ming dona avtomobillar (205011 dona yengil va
722 dona yuk mashinalar), shu jumladan 1136 ta avtobus, 2,4 ming dona traktor,
933 dona traktor pritseplari ishlab chiqarilgan.
Engil sanoati.
Mamlakatda 2850 ga yaqin yengil sanoat tarmoqlari, shu
jumladan 1345 ta tikuv va1160 ta to’qimachilik korxonalari mavjud. So’ngi
yillarda yiliga o’rtacha 1650 ming t. chigit, 250 t. ipak tolasi, 180 ming t. paxta ip
kalavasi, 90 mln dona trikotaj mahsulotlari, 650 ming kv. m. gilam va gilam
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari ham xilma-xil. Ularga un va un mahsulot,
vino, aroq, piva, o’simlik va hayvon yog’i, go’sht, sut, kalbasa, sigaret, turli
alkogalsiz ichimliklar va h. k..
Qishloq ho’jaligi.
Dehqonchilik.
G’allachilik (g’alla, bug’doy). Don ekinlari
maydoni 1628 ming gektarni tashkil etadi. 2015 yilda mamlakatda 7 mln tonnadan
ko’proq g’alla yetishtirildi. Har yili o’rtacha 235 ming t. makkajg’xori, 210 ming
tonna sholi, 1.700 ming tonna kartoshka yetishtiriladi. Paxta ekiladigan maydon
242
2012 yilda 1308,3 ming gektarni tashkil qilgan va 2015 yilda 3.350 ming tonna
paxta xam-ashyosi yetishtirildi.
Chorvachilik.
Qishloq xo’jaligining ikkinchi asosiy tarmog’i chorvachilik
hisoblanadi. Respublikada 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 10607 ming bosh yirik
shoxli qoramol, 17720,2 ming bosh qo’y va echki, 200 ming bosh ot-yilqilar,
52337 ming bosh parranda boqilgan va 25 ming tonna pilla yetishtirilgan.
SHuningdek, 1673 ming tonna gusht, 7310 ming tonna sut, 3873,7 mln dona
tuxum, 31069 tonna jun yetishtirilgan.
Transport tarmoqlari.
O’zbekistonning transport tarmoqlarini temir yo’l,
avtomobil, havo, quvur va suv transporti tashkil etadi.
O’zbekistonda temir yo’llar
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida dastlab Krasnovodsk-Samarqand-Toshkent-
Andijon, Orenburg-Toshkent, Qo’ng’irot-Beynau-Makat-Saratov, Samarqand-
Dushanbe yo’nalishlarida dastlabki temir yo’l qurildi. Mustaqillik yillarida
Uchquduq-Miskin-Nukus va Toshg’uzor-Boysun-Qumqurg’on yangi davr temir
yo’li qurildi. 2016 yilda ishga tushishi kutilayotgan Toshkent viloyatidan baland
Qamchiq davoni orqali Farg’ona vodiysiga o’tayotgan “Angren – Pop” temir yo’li
tez fursat bilan barpo etilmoqda. Mavjud temir yo’llar ketma-ket
elektrlashtirilmoqda va ularda tez yurar poezdlar(“Afrosiyob” va boshqa)
qatnamoqda. 2013 yilda O’zbekiston temir yo’l orqali 60 mln. tonna yuk tashilgan
va unda 15,0 mln kishi qatnagan. Temir yo’lning uzunligi 43 ming km.ni tashkil
etadi.
Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar
uzunligi Respublikada 42,0 ming km.
bo’lib barcha qo’shni davlatlarga chiqish yoki ulardan kirish yo’llari ya’ni
tranzыtmagistrial avtomobil harakatlar mavjud. 2013 yilda mamlakat
avtomobillarda 1156 mln. tonna yuk va 6280 mln. yo’lovchi tashilgan. SHu kabi
havo va quvur transportining ham ahamiyati katta. Dunyoning 20 dan ortiq
shaharlariga havo yo’nalishlarida samolyotlar parvoz qilmoqda. Ayniqsa, Navoiy
shahri aeroporti negizida tashkil etilgan erkin iqtisodiy-industrial zonaning turli
yuklarni tashishda o’rni katta. Quvur transportining uzunligi (asosan gaz quvuri)
14,3 ming km. bo’lib mamlakatning ichki hududida va davlatlararo o’tkazilgan.
243
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlari.
O’zbekistonni ma’muriy-hududiy
birliklarga ajratish bilan birga uni iqtisodiy rayonlarga ajratish ham muhim
ahamiyatga ega.
Tarixiy rivojlanish hususiyatlari, mustahkam iqtisodiy aloqalar, yagona
resurslar va infratuzilma, ishlab chiqarish aloqalari, rivojlanish istiqbollariga qarab
mamlakat ichidagi iqtisodiy rayonlar bitta emas, balki bir nechta viloyatni o’z
ichiga olishi ham mumkin (Masalan: Farg’ona iqtisodiy-geografik rayoni va h.k.).
O’zbekiston rivojlantirish va boshqa omillarni inobatga olib 8 ta iqtisodiy
rayonga ajratilgan. Bular:
1. Toshkent iqtisodiy-geografik rayoni (Toshkent viloyati va Toshkent
shaxri);
2. Mirzacho’l iqtisodiy-geografik rayoni (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);
3. Farg’ona iqtisodiy-geografik rayoni (Farg’ona, Andijon, Namangan
viloyatlari);
4. Zarafshon iqtisodiy-geografik rayoni (Samarqand, Buxoro, Navoiy
viloyatlari);
5. Janubiy iqtisodiy-geografik rayoni (Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyati);
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy-geografik rayoni (Xorazm viloyati va
Qoraqalpog’iston Respublikasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |