Foydali qazilmalari
. O’zbekistonda yer osti va usti tabiiy boyliklari
nihoyatda ko’p. Jumladan, oltin zahirasi bo’yicha jahonda 4-o’rinda, qazib olish
bo’yicha sakkizinchi o’rinda turadi (Navoiyda:-Muruntov, Ko’kpatas;
Samarqandda:-Zarmeton;
Jizzaxda:-Marjonbo’loq,
Toshkentda:-Qizilolma;,
Namangan:-Chodaq), kumush (Toshkentda:-Olmaliq, Navoiyda), mis (Toshkent:-
Olmaliq), qo’rg’oshin, volfrom (Samarqandda:-Qo’ytosh, Langar), uran
(Surxondaryoda:-Xondiza,
Toshkentda,
Navoiyda:-Markaziy
Qizilqum,
Namanganda), tabiiy gaz (Qashqadaryoda:-Muborak, So’rtan, Uchqir; Buxoroda:-
Gazli, Jarqoq; Ustyurtda:-Surg’il;), neft (1886y. Farg’onada:-Oltiariq; Andijonda:-
Janubiy Olamushuk, Polvontosh; Namangan:- Mingbuloq; Surxondaryoda:-
Hovdog’, Kukaydi, Lalmikor, Tolli; Qashqadaryoda:-Ko’kdumaloq; Buxoroda:-
Qorovulbozor;
QQRda:-Oqsholoq,
O’rga, SHoxpaxti, Ustyurt), ko’mir
(Toshkentda:-Angren;
Surxondaryoda:-
SHarg’un, Boysun), temir ruda
(Toshkentda:-Temirkon; QQRda:-Sulton Uvays; Navoiyda-Surenota), fosforit
(Navoiy:-Qizilqum), kaliy (Tubekatan), osh (Xo’jaikon, Borsa Kelmas,
Qo’ng’irot) va tosh (Boybichekan) tuzlari, turli qurilish materiallari-qum, gips,
granit, marmar (G’ozg’on, Langar, Omonqo’ton, Kitob) hamda meniral suvlar
mavjud.
Rivojlanish tarixi
. Ko’hna tarixga ega bo’lgan O’zbekiston uzoq va yaqin
o’tmishda bir necha marta qayta tashkil qilingan bo’ldi, turli nomlar bilan ataldi.
O’zbeklarning ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar
Turkiston va Xuroson hududida istiqomat qilishgan. Bu hududdagi qadimiy
Baqtriya o’rnida keyinchalik Tohariston davlati vujudga kelgan. Tez orada
Tohariston Sogdiana davlati bilan qo’shilib Turkiston hududida yirik Kushan
imperiyasiga birlashadi. Millodiy VII-VIII asrlarda o’lkaga arablar bostirib kiradi
va Bag’dod xalifaligi o’rnatiladi. IX asrning oxiri (874yil)da Bag’dod xalifaligi
238
yemirilib uning o’rnida Samoniylar davlati barpo qilinadi. XII asrning o’rtalarida
hududida Saljuqiylar davlati tarkib topadi. XIII asrning boshi (1219-1221 yillar)da
hududni Chingizxon boshliq mug’ullar ishg’ol qildi. 1370 yilda Samarqandda yirik
davlatchilik paydo bo’lib uning tepasiga Amir Temurning kelishi feodal urushlarga
chek qo’ydi.
1500-1507 yillarda ko’chmanchi qabilalarning yetakchisi Muhammad
Shaybonihon butun Turkistonni o’z qo’li ostiga oldi. SHaybonixon avlodlari 1598
yilgacha davlatni boshqardi. So’ngra bu hududda Buxoro, Xiva va Qo’qon
xonliklari vujudga keldi.
Ming yillar muqaddam bu o’lkada yashab o’tgan ajdodlarimizdan Sharqning
buyuk allomasi Muhammad Iso Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniy tomonidan
Ma’mun akademiyasining ochilishi, o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan
Abu Ali Ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari, Xakim at-Termiziy, Iso
Muhammad Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Imom al-Buxoriy, sohibqiron Amir
Temur, Mirza Ulug’bek va boshqalarning madaniy merosimizga qo’shgan hissalari
tarixdan guvohlik beradi.
O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’linishi.
Buxoro amirligi, Xiva va
Qo’qon xonliklari CHor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan tor-mor etildi va uning
o’rnida dastlab Turkiston general-gubernatorligi, keyinchalik Turkiston Avtonom
Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan.
1920
yillarda
Xorazm
va
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan.
Ma’lumki, 1924 yilda O’rta Osiyoda milliy davlat-chegaralanishlari
o’tkazilib O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil qilindi.
1930 yilda Respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko’chirildi.
1936 yilda Qoraqalpog’iston ASSR O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi
(Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab QQR deb nomlandi). 1938 yilda
Respublika tarkibida 5 ta viloyat Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Xorazm
viloyatlari tashkil qilindi;
239
1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yilda
Qashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va
1982 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi.
O’zbekiston ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va 1 ta QQR hamda Toshkent
shahridan iborat.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi (2014 yil 1
yanvar holatiga kura). 53-jadval.
Respublika, viloyat
va shahar nomi
Maydoni,
ming km
2
Aholisi,
ming kishi
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi
166,6
173,2
2. Andijon viloyati
4,3
2805,2
3. Buxoro viloyati
40,3
1756,5
4. Jizzax viloyati
21,2
1226,8
5. Navoiy viloyati
111,0
900,7
6. Namangan viloyati
7,4
2504,0
7. Samarqand viloyati
16,8
3444,8
8. Sirdaryo viloyati
4,3
763,7
9. Surxondaryo viloyati
20,1
2307,5
10.Toshkent viloyati
15,3
2726,1
11.Farg’ona viloyati
6,8
3386,1
12.Xorazm viloyati
6,1
1683,7
13.Qashqadaryo viloyati
28,6
2895,5
14.Toshkent shahri
0,3
2351,8
Do'stlaringiz bilan baham: |