Turoperatorlik faoliyati


Turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari



Download 0,75 Mb.
bet162/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

17.3.Turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari.

Hamkorlikning barcha shartlari agent bilan tuziladigan uslubiy shartnoma shaklida pks ettirilishi kerak. Agar turagetlarga komissionlar to‘lansa, unda bu komissionlar miqdori, shuningdek, uning mumkin bo‘lgan o‘sib borish xarakteriga (yoki sotishlar hajmi uchun komissionlar miqdoriga) dalillar bo‘lishi lozim.

Kataloglarning oxirgi betlarida shartnoma hujjatlari umumiy kompleksining muhim elementi hisoblangan «Turistlar va turistik agentlarga turlarni sotishning umumiy shartlari» chop etiladi. Qoidalar aniq bo‘lishi va ushbu turoperator tomonidan turistik bozorga taklif etiladigan barcha turar uchun umumiy shartlarni o‘zida mujassam qilishi, shuningdek, hamkor ijrochilar talablarini ham hisobga olishi lozim.

Agar umumiy qoidalar asosida etarli tirajda nashr qilingan katalog mazkur turoperator mahsulotlari sotilayotgan turistik agentliklarda bepul tarqatilsa, bu qoidalarni bajarish mumkin deb hisoblanadi. Tabiiy, turagentlik mijozga ushbu qoidalar bilan tanishishni taklif qilishi shart.

Tur shartlarining muhim elementi umumiy qoidalar bo‘lib, ularga ahamiyat bermaslik mumkin emas. Xalqaro tajribada shunday hodisalar bo‘lganki, unda sudlar asosiy matn shriftiga nisbatan mayda shriftda yozilgan shartlar va qoidalarai ahamiyatsiz sanab, ularni oraliq shartlari deb baholashgan. Qonunda katalogdagi qoida va shartlarning asosiy matnga nisbatan kichik shriftda yozilishi iste’molchining unga e’tiborsizligiga olib keladi, natijada, talablar mohiyati yaxshi anglanmaydi. Agar shunday holat yuz bersa, shartlarni buzgan iste’molchi javobgarligi choralari sezilarli darajada engillashtiriladi yoki uning foydasiga qaror qabul qilinadi.

Ba’zi nashrlarning jiddiy kamchiliklaridan biri turni tashkil etuvchi xizmatlarning sanab o‘tilmasligi (masalan, pansion turi ko‘rsatilmaydi, tur qiymatiga viza va sug‘urta kirish-kirmasligining aniq emasligi), shuningdek, tur qiymati tarkibida u yoki bu xizmatlarning yo‘qligi hisoblanadi. Keyingi masala - aynan nima to‘r qiymatiga qo‘shilmaganligi haqida eslatma bo‘lishi lozim. Masalan, ba’zida aviabiletlar narxi hisobga olinmaydi, bu esa turning oxirgi narxiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Agar asos narxga imkoni boricha ko‘p qo‘shimcha xizmatlar qo‘shilgan bo‘lsa, bu keyingi hisob-kitoblarni osonlashtiradi, ammo har bir ko‘rsatilgan narxlar alohida belgilangan bo‘lishi lozim.

Boshqa tipik xatolar joylashtirish variantlarida va bolalarga beriladigan chegirmalarning batafsil bo‘lmagan bayoni, tushunish qiyin bo‘lgan ko‘p raqamli murakkab jadvallar bilan bog‘liqdir.

Turizm industriya xodimlari ko‘pincha: «Turfirma katalogi reklama hisoblanadimi?» - degan savolni berishadi.

"Reklama to‘g‘risidagi" Qonunga muvofiq katalog - reklama nashri bo‘lib, turli maqsadlar va ma’lumotlar bilan huquqlar va jismoniy shaxsarga qilingan murojaatdir. Katalogda «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi» Qonunga zid kelmaydigan to‘liq va ishonchli ma’lumot bo‘lishi kerak. Ba’zi kataloglarda turistlar to‘ldiradigan "bron qilish listi" bo‘ladi va bu erda muhim huquqiy oqibatlar yuzaga keladi. Agar turist turlarni etkazishning aniq va umumiy qoidalariga tayaniladigan tur talabnomasiga imzo cheksa, bu ushbu qoidalar bilan tanishganini, ularni bajarish majburiyatini oladi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bu qoidalarga so‘zsiz qo‘shilishini bildiradi. Turoperator turist oldida, xizmatlarni kim ko‘rsatishidan qat’iy nazar to‘liq ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Kataloglarni tarqatish yoki hamkorning so‘rovi bo‘yicha yoki kartotekaga asosan, yoxud yarmarkalar, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarda amalga oshiriladi.

Agar hujjat to‘liq hajmda jo‘natilmasa oldindan agentlikka namuna sifatida pozitsiyalarni kelishib olish va keyingi partiyalar buyurtmalarini rag‘batlantirish uchun taklif qilingani ma’quldir.

Kataloglarni tarqatish, ko‘p hollarda, bepul amalga oshiriladi, ammo talab va harajatlarning oshishi ba’zi turoperatorlar pochta harajatlarining bir qismini turagent-oluvchilar zimmasiga yuklashiga olib keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda bojxonadan o‘tgan turistik nashrlar ko‘pgina mamlakatlarda ratifikatsiya qilingan ikki xalqaro konvensiya asosida beriluvchi imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Ular turistik hujjatlarni, ma’lum qoidalarga rioya qilgan holda, bojlardan ozod qiladi. Bu tranzit rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq bojxona harajatlarini kamaytiradi, ammo to‘laligicha bartaraf etmaydi. Konteynerlarda jo‘natish ham harajatlarni sezilarii darajada qisqartirish imkonini beradi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish