Sm 50 guruh Ro’ziqulov Doniyor
YAPONIYA SUG’URTA TIZIMI
- YAponiyada sug’urta dastlab XX asrning o’rtasida Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan vujudga kelgan. Faqat Ikogomayurtida 240 sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatgan. Lekin dastlabki milliy sug’urta tashkiloti 1879 yilda Tokio Marina nomi bilan 8 yil bo’lgandan keyn yong’inga qarshi sug’urtalaydigan YAsuda sug’urta kompaniyasi qad ko’targan. Bu tashkilot faqat mulklarni sug’urtalash bilan emas, balki shaxsiy sug’urtani amalga oshirish bilan shug’ullangan bo’lib, lekin dastlabki davrlarda sug’urta tashkilotlari faoliyatlari davlat tomonidan emas edilar. Faqat 1900 yilda birinchi sug’urta qonuni qabul qilinib, sug’urta zamon talablariga javob beradigan tartibda tashqil qilina boshlandi, mulkiy sug’urta bilan shaxsiy sug’urta o’rtasidagi xususiyatlar aniqlandi. SHu yildan boshlab sug’urta ustidan davlat nazorati o’rnatildi. O’tgan 100 yil davomida sug’urta xaqidagi qonunga faqat ikki marotaba o’zgartirish kiritildi. 1940 yilda sug’urta tashkilotlarining soni 48 taga etdi. Urush davrida sug’urta tashkilotlarining soni bir muncha qisqargan bo’lsa xam, 1955 yilga kelib, ayniqsa avtomobillarni sug’urtalash xaqidagi qonun qaror qilingandan keyin, sug’urta tez sur`atlar bilan rivojlana boshlanadi.
Hozirgi kunda yaponiyada sug’urta tizimi - Xozirda YAponiyada 56 ta sug’urta kompaniyalari majud bo’lib, 1955 yilga nisbatan sug’urta to’lovlari 130 barobarga yaqin ko’paydi. Yillik o’sish 13% ni tashqil qildi. YAponiya iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida sug’urta tashkilotlarini jamg’armalari 100 mlrd. AQSH dollarini tashqil qildi. Sug’urta agentliklarida 1 mln.dan ortiq agent faoliyat ko’rsatadi. Sug’urta turlari orasida avtomobillarni sug’urtalash katta o’rin tutadi, uning xissasi 51,1%, dengiz transporti sug’urtasi 10 % dan ortig’ni tashqil qiladi. Sug’urta tashkilotlari faoliyati ustidan YAponiya Moliya vazirligi nazorat olib boradi. Vazirlik qoshidagi assotsiatsiyalar sug’urta, ayniqsa avtomobil sug’urtasining stavkasini, baxtsizlik xodisalari, yong’in sug’urtasi shaxsiy sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha ta`riflarni belgilaydi. YAponiya sug’urta tashkilotlari iqtisodiy jixatdan barqaror bo’lishlariga qaramasdan o’z faoliyatlarini kengaytirishga, buning uchun xarajatlarni kamaytirishga aloxida axamiyat berdilar. YAponiyada yuklarini sug’urtalash diqqatga sazovordir. Oziq-ovqat, sanoat tovarlari muzlatilgan go’shtlarni tashish aloxida xususiyatlarga ega. Bunda ta`rif qo’llangan marshrut yukning turi va tashish usuli xisobga olinadi. 1996 yil aprelda sug’urta qonuniga kiritilgan o’zgartirishlarda sug’urta ishida davlatning aralashuvini kamaytirish, mulk va shaxsiy sug’urtaning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga aloxida axamiyat berildi. Axoli tarkibida qariyalarning xissasini oshirib borishi sug’urtalashda xamma e`tiborga olinmoqda. Avtomobil’ sug’urtasida xaydovchini yoshi, tajribasi, mashina markasi, olib qochish sodir bo’lganda qarshilik ko’rsatish vositalari va boshqalar e`tiborga olinadi. Keyingi yillarda sug’urta tizimini yiriklashtirishga aloxida e`tibor berildi
Yaponiyada sug’urtalanish qancha turadi? - Yaponiyada tibbiy sug'urtaning o'rtacha narxi oyiga taxminan 35–40 000 yenni (330–370 AQSh dollari) tashkil qiladi. Sizning tibbiy to'lovlaringiz bir xil bo'lib qoladi va siz shaxsiy sug'urtangiz tomonidan sizga berilgan bir martalik to'lovni davlat tibbiy sug'urtasi qoplamasidan keyin qolgan 30% to'lash uchun ishlatishingiz mumkin.
Horijliklar ham yaponiyada sug’urtalanishlari mumkinmi?
Yaponiyada sog'liqni saqlash, umuman olganda, Yaponiya fuqarolari, chet elliklar va chet elliklar uchun bepul taqdim etiladi. Yaponiyada tibbiy davolanish universal tibbiy yordam orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim barcha fuqarolar, shuningdek, Yaponiyada bir yildan ortiq bo'lgan yaponiyalik bo'lmagan fuqarolar uchun mavjud.
Yaponiyada qanday turdagi sug’urtalar mavjud?
Yaponiyaning qonuniy tibbiy sug'urta tizimi universal sug'urtani ta'minlaydi. U birinchi navbatda soliqlar va shaxsiy badallar hisobidan moliyalashtiriladi. Ishga asoslangan yoki yashash joyiga asoslangan tibbiy sug'urta rejasiga ro'yxatdan o'tish talab qilinadi
Yaponiyada sug’urta qanday ishlaydi?
To'liq kunlik shartnoma asosida ishlayotganlar (haftasiga 30 soat va undan ko'p) tibbiy sug'urtasini ish haqi varaqasidan ushlab qolinadi. Bu sizning pensiya to'lovingiz bilan birlashtiriladi va ish haqining 9,15 foizini tashkil qiladi. Masalan, oyiga 300 000 ¥ maosh oladigan shaxsdan 27 450 yeng olinadi.
Yaponiyada ijtimoiy sug’urtalanish qancha?
Sog'liqni saqlash sug'urtasi standart oylik to'lovni Ijtimoiy sug'urta stavkasiga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi, bu hozirda Tokio hududida 9,84% ni tashkil qiladi. Mintaqaga qarab bir oz farq qiladi va kurs har 6 oyda muntazam ravishda yangilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |