Turoperatorlik faoliyati


Katalogga qo‘yiladigan asosiy talablar



Download 0,75 Mb.
bet161/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

Katalogga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • axborot uchun belgilanganlik darajasi;

  • foydalanish qulayligi;

  • ma’lumotlarning ishonchliligi;

  • turoperatorning turagentlar bilan hamkorligi ko‘rinishi bo‘yicha aniq shartlar.

Axborot uchun belgilanganlik darajasi. Axborot uchun belgilanganlik darajasining yuqoriligi deganda:

  • ko‘rsatilgan narx tarkibiga kiritilgan barcha xizmatlarni keltirib o‘tish;

  • yashash va ovqatlanishning turli variantlarini to‘liq tasavur etish;

  • bolalarga chegirmalar miqdori haqida to‘liq ma’lumotlar tushuniladi.

Mamlakatlar bo‘yicha kataloglarning boshlang‘ich boblarida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • mamlakat nomi va uning joylashuvi;

  • davlat qurilishi, poytaxti, aholisi, mamlakatda qo‘llaniladigan tillar;

  • urf-odatlari va an’analar;

  • geografik ma’lumotlar va diqqatga sazovor joylar;

  • dini va turizmni tashkil qilishning alohida talablari;

  • muomala odoblari (masalan, xizmat ko‘rsatuvchi personal uchun choychaqalar);

  • elektr tarmog‘i kuchlanishi va elektropriborlarni ishlatish uchun rozetkalar tiplari;

  • xalqaro aloqa kommunikatsiyalari;

  • transport;

  • turistlar uchun pasport va viza rejimi;

  • pul tizimi, soliqqa tortish va Tax Gree rejimi;

  • bojxona rejimi;

  • umum milliy bayramlari, dam olish kunlari;

  • banklar va magazinlarning umumiy ish rejimi;

  • turistlar sog‘liqlariga alohida talablar (vaksinatsiyalar zarurligi);

  • tavsiya qilinadigan kiyimlari va boshqalar.

Turagentlikning shu yo‘nalish bo‘yicha safarga chiqayotgan turist bilan ishlashi uchun ma’lumotlar to‘plami etarli darajada bo‘lishi lozim. Foydalanish qulayligi deganda:

  • tur qiymatinining tezkor va murakkab bo‘lmagan hisob-kitobi;

  • jadvallar bilan birga turpaket qiymatini hisoblash bo‘yicha to‘liq va tushunarli instruksiyalarning mavjudligi;

  • foydali ma’lumot (aviauchishlar jadvali, transfer qiymati, avtomobil ijarasi narxlari kabilar);

  • kurortlar bo‘yicha mehmonxonalar ro‘yxati, mavjud mehmonxonalar haqida qaydlar qilingan qirg‘oq va alohida kurortlar kartalari betlari ko‘rsatilgan mundarijaning mavjudligi tushuniladi.

U yoki bu mamlakatga bag‘ishlangan betlarni alohida rang, jadvallarni, narx kategoriyalari yoki xizmatlar to‘plamini alohida shrift va rang bilan ajratish tavsiya etiladi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha prays-listlar yagona tarzda bezatilishi (tayyorlanishi) lozim. Ma’lumot ishonchliligiga:

  • narx jadvallari amal qilish davrini ko‘rsatish (narx jadvali strukturasini o‘ylab olish zarur: so‘zboshilar mavjudligi, ustunlarni variantlarning murakkablashuvi tartibida joylashtirish, mehmonxonalarni kategoriyasi va alfavit bo‘yicha tartibga keltirish);

  • asos turpaket qiymatiga nisbatan to‘liq xizmatlar to‘plamini ( sug‘urta, aviauchish, transfer, yashash, ovqatlanish, turagentliklarga komissiyalar va hokazo) qo‘shish va ular ro‘yxatini keltirish;

  • turli variantlar qiymatlarini ko‘rsatish;

  • turning pirovard narxiga ta’sir qiladigan mehmonxonalar va nomerlar xususiyatlarini ko‘rsatish (mehmonxonalar suratlari va ularning qisqacha bayoni);

  • materiallarning doimiy yangilanishi va kataloglarning qayta nashr qilinishi bilan erishiladi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish