Turoperatorlik faoliyati



Download 0,75 Mb.
bet164/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

Kirish (xarajatlar)

  • Maydonlar/stendlar ijarasi

  • Stend komandasiga to‘lovlar

  • Ko‘rgazma namunalari

  • Transportirovka

  • CHiptalar

  • Xizmat safari xarajatlari

  • Mehmonxona

  • Joylashtirish

  • Vaqt sarfi

  • Ofisda bo‘lmaslik

  • Baholash uchun kuch va imkoniyatlar sarfi

  • Ko‘rgazma sotuvi uchun maxsus narxlar

  • Tayyorlov ishlari

  • Mijozlarga, agentlarga ma’lumotlar

  • Tashrif buyuruvchilarni tahlil qilish

  • Matbuot ma’lumoti

CHiqish (foyda)

  • Xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa

  • Bozorda yo‘naltirilganlik

  • Katta e’tiborni jalb qilish

  • Mahsulotni namoyish qilish

  • YAngi hamkorlar/ aloqalar

  • YAngi agentlar/distribyutorlar

  • Mavjud aloqalarni qo‘llab-quvatlash

  • Bir joy va bir vaqtning o‘zida ko‘p imkoniyatlar

  • Raqobatchilarni kuzatish

  • Jamoat munosabatlarining ajoyib salohiyati

  • Marketing ma’lumotlari mavjudligi

  • YAngi mahsulotlar

  • Mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi

  • Bozor segmentini tahlil qilish

  • Matbuot bilan aloqalar

  • Strategik o‘zgarish (egilish)larni tushunib etish

Matritsadan ko‘rgazmalarning nima uchun o‘tkazilishi va foydali chiqish ko‘rinib turibdi. Ko‘rgazma faoliyati uch bosqichli ishdan tashkil topadi:

A) oldindan tayyorgarlik;

B) ko‘rgazma stendida ishlash;

V) ko‘rgazmadan keyingi ishlar.

Har bir bosqich o‘ziga xos jihatlarni xarakterlaydi.

1.Oldindan tayyorgarlik - ko‘rgazmani tanlash va unda qatnashish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.



Yarmarkani tanlash. Ko‘pgina kompaniyalar rahbarlari e’tiborlarini eng yirik birjalarga (FITUR kabi) qaratadilar. Agar firma barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlarga ega bo‘lsa va ular bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan bo‘lsa, bu o‘zini oqlaydi, albatta. Bu holda Berlin, London yoki Madriddagi dunyo forumlari ular bilan aloqa qilishning eng yaxshi joyi hisoblanadi.

Ammo firma o‘z kontragentlari doirasini kengaytirishga yoki o‘zi uchun yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirishga harakat qilsa, u uchun hududiy ko‘rgazmalar va professional tursalonlarda ishlash maqsadga muvofiqdir.



Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish. Ko‘rgazmada qatnashish qarorini bir yil avvaldan aniqlab olish lozim bo‘ladi, yarim yil oldin esa stend va uskuna (jihoz)lar uchun haq to‘lanadi. SHuni hisobga olish kerakki, ko‘pchilik yirik ko‘rgazmalarda qatnashish talabnomalarini qabul qilish, ular boshlanishidan 3-4 oy avval, ITB kabi juda ahamiyatlilarida esa 6 oy oldin tugab bo‘ladi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, potensial hamkorlar va mijozlarni maksimal jalb qiladigan milliy kollektiv stendlarda ishlar samaraliroqdir. Turfirma alohida qatnashishi bilan muzokaralarga va tayyorlanish ishlariga, stend ko‘rilishiga, ayniqsa, individual dizaynga o‘zini oqlamaydigan harajatlar qiladi. SHuning uchun tashkilotchilar bilan muzokaralarni va ma’lumot materiallari, kataloglarini olishni, stendlar bezashni, ma’lumotlarni katalog va marketing dasturiga qo‘shishni o‘z zimmasiga oladigan yagona ekspozitsiyalar tashkil qiluvchilar bilan ishlash foydaliroqdir. Hozirda birlashgan o‘zbek stendlari ba’zi xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqdalar.

Shuni nazarda tutish lozimki, ko‘pgina ko‘rgazmalarda stendlarning minimal maydoni 9-12 m2 ni tashkil qiladi (Milandagi BITda - 20 m2). To‘laqonli ishlash uchun esa faqat kollektiv stendlarda buyurtma berish mumkin bo‘lgan 4-6 m2 etarlidir. Bunda firma - konsolidator xavf va ko‘rgazma maydoni uchun oldindan to‘lovlarni tashkil qilish harajatlarni o‘ziga oladi va firma - eksponentlarni bu tashvishdan ozod qiladi.

Ko‘rgazma firmasi ko‘rgazma ochilishidan oldin o‘z eksponentlarining tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi (ko‘rgazmaga eksponentlarning material va uskunalarini olib kelib beradi, stendlarni tayyorlash ishlarini oxirigacha olib boradi, kataloglarni oladi). SHuning uchun kollektiv stend qatnashchilari kelishlari bilan ishga tushib ketadilar, tayyorlanish ishlariga kuch va vaqt sarflamaydilar.

Oldindan katalog yoki stend qatnashchilar ro‘yxatini olish bilanoq hamkorlar va mijozlarni jalb qilishga kirishish lozim. Firma aloqani o‘rnatishdan manfaatdor kompaniyalarga stendga tashrif buyurish taklifiiomalari bilan faks va xatlar jo‘natadi.

Stendlarga tashrif buyuruvchilar va potensial hamkorlarni jalb qilishning boshqa usullari ham bor. Masalan, xatlar, konvertlardagi shtamp va nakleykalar. Ko‘rgazma boshlanishidan ancha oldin stendlarga tashrif buyurishni taklif qiladigan, adresatlarga mo‘ljallangan har bir pochta jo‘natmasi nakleyka bilan belgilanadi. Ayniqsa, hamkorlar va manfaatdor xaridorlarga individual taklifnomalar va nomi ko‘rsatilgan taklifnomalar tarqatish yaxshi natijalar beradi. Taklif qilish uchun boshqa qiziqtirish usullarini ham topsa bo‘ladi, masalan, stendda tushirilgan suratlarni yuborish, doimiy hamkorlarga esa avvalgi ko‘rgazmaga kelganida tushirilgan suratni yuborish mumkin. Taklifnomalar ko‘rgazma ochilishidan taxminan uch hafta oldin olingan bo‘lishi lozim. Tashrif buyuruvchilarni jalb qilishning an’anaviy usullaridan ham foydalaniladi, ya’ni, maxsuslashtirilgan matbuot, kataloglar orqali reklama qilish.

Shuningdek, ko‘rgazmaga tayyorlanishda quyidagilar talab qilinadi:


  • avvalgi bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma kataloglarini diqqat bilan o‘rganish;

  • ko‘rgazma tashkilotchisidan qatnashuvchilarning dastlabki ro‘yxatini olish va oldingi ko‘rgazmalar ma’lumotlari bilan solishtirish;

  • har bir mahsulot kategoriyasi bo‘yicha nazorat ro‘yxatini tayyorlash, katalogdagi har bir qatnashchi bilan tanishib chiqish, raqobatchilarning mahsulotlari bilan tanishib chiqish va ularni ma’lumotlaridan foydalanish;

  • tashkilotchilargaf irmangizning to‘liq nomini va boshqa ma’lumotlarini bildirish kerak;

  • ko‘rgazmada taklif qilish uchun kompleks turpaketlar va alohida xizmatlarning qat’iy narxlarni belgilash;

  • o‘z mahsulotlaringiz, stend loyihalari bo‘yicha texnik varaqalar, prays-listlar tayyorlash;

  • avvaldan mahsulotlarni stendda qanday joylashtirishni aniqlab olish;

  • stend xodimlari uchun yozma ma’lumotlar, yordamchi illustratsiyalar tayyorlash;

  • tarqatish uchun ikki turda reklama bukletlarini tayyorlash:

  • bittasi - umumiy (imkoniyatlaringiz haqida), boshqasi - nisbatan batafsilroq (takliflaringiz bilan qiziqadigan mijozlar uchun);

  • hammasi yoki kamida ikkitasi xorijiy tillarni biladigan malakali stend komandasini tuzish;

  • yetarli miqdorda firma tashrifnomalarini tayyorlab qo‘yish;

Stendga tashrif buyuruvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun qog‘oz va maxsus blanklarni tayyorlash. Bunday blanklarni «Muzokaralar varag‘i», «Tashrifbuyuruvchi varag‘i», «Kontaktlar jurnali» deb atash mumkin. Ular quyidagilarni ko‘rsatishi lozim:

a) tashrif buyuruvchi nomi va lavozimi, firma haqida ma’lumot, firma qiziqishlari sohasi, mavjud munosabatlari va imkoniyatlari;

b) manzil, kattaligi, egasi, oboroti, maxsus faoliyat sohalari kabi firma ma’lumotlari;

v) o‘zaro manfaatli sohalar;

e) tashrif buyuruvchi bilan muzokaralar natijasi (hamkorlik imkoniyatlari,

Imkoni bo‘lsa, yuqorida tayyorlangan ma’lumotlarning hammasini kompyuter bazasiga kiritish kerak. SHuningdek, press-reliz, ma’lumotlar, fayllar yoki stendda qo‘yish uchun videoroliklar tayyorlab qo‘yish lozim. Avvaldan matbuot bilan munosabatlarni, o‘z taqdimotlarini, press-konferensiyalarni, "aylana stol" larni o‘tkazishni ham rejalashtirish zarur.




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish