Turoperatorlik faoliyati



Download 0,75 Mb.
bet170/171
Sana27.09.2021
Hajmi0,75 Mb.
#187136
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
turoperat oquv qollanma (1)

Tayanch so‘z va iboralar: katalog, broshyura, buklet, umumiy katalog, maxsus katalog, bosh katalog, xizmat katalogi, rasmli ma’lumotlar, turistik yarmarka, yarmarkani tanlash, stend, stenda ishlash.
Nazorat savollari

1. Turoperator katalogi deganda nimani tushunasiz va u qanday maqsadlarda chiqariladi?

2. Katalog sarlavhasi bo‘yicha qanday tavsiyalar mavjud?

3. Kataloglarning qanday turlari bor?

4. Katalogdan foydalanish qulayligini nima aniqlaydi?

5.Katalogda materiallarni berish shakliga qo‘yiladigan asosiy talablarni sanab bering.

6. Katalogni nashr qilish uchun nashriyotga buyurtma qanday tuziladi?

7. Yarmarka tadbirlari klassifikatsiyasi haqida so‘zlab bering.

8. Yarmarka ishlari bosqichlarini sanab bering.

9. Yarmarka komandasining nazorat savollarini sanab bering.

10.Turistik firmalarning ko‘rgazmadan keyingi faoliyati nazorat savollarini sanab bering.

XULOSA


Mamlakatimizda turizmi rivojlantirish bo‘yicha o‘zgarishlar va jahonga tanitish bo‘yicha bо‘layotgan katta о‘zgarishlar va muvaffaqiyatlarni qisqa muddat ichida bo‘lsa ham ko‘rib kelmoqdamiz. Bu o‘zgarishlar albatta mamlakatimizdagi turizm sektoridagi yangiliklar va har bir tarmoqlardagi faol jarayon ammalgaoshirilmoqda.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishni faollashtirishga yordam beradigan asosiy turizm yo‘nalishlari keying paytlarda kengaymoqda. Turistik biznesning tarkibiy qismi sifatida ko‘ngil ochar, ommaviy tadbirlar sohasining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari jahon tajribasida yuqori ko‘rsatkichlarni egalab kelayotgani yaqol misoldur.

Zamonaviy sayyohlikning eng muhim muammosi mamlakatlarda sayyohlik samaradorligini oshirishdir. Jahon turizmni rivojlanishining tasrlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, turizmni samaradorligi asosan yuqori daromadli va obro‘li, ko‘ngil ochar ommaviy tadbirlarini tashkil etish sohasining shakllanishiga bog'liq ekan

So‘nggi paytlarda ommaviy tadbirlarni samarali o‘tkazish, ya'ni ko‘plab odamlar ishtirok etadigan ushbu sohani rivojlantirish uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqsadli tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlar ko‘plab xalqaro va mahalliy sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda. Bunday tadbirlar sayyohlik xizmatlari barcha turlari uchun barqaror talabni yaratishga olib keladi, ya’ni reklama, bron xizmatlari, transport xizmatlarini tashkil etish, sayyohlarni turar joy va oziq-ovqat bilan taminlash, madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish, sug'urta, sog'liqni saqlash xizmatlari va ekskursiya va boshqa xizmatlar uchun.

Ommaviy tadbirlar, ekskursiyalari tomondan mashhur sayyohlik destinatsiyalariga qarash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat bilan standart tanishish zamonaviy sayyohlar uchun etarli emas, ular safarlaridan ko‘proq narsani olishni istaydilar. Bu holatda sayyohlar tashrif buyurgan ommaviy tadbirlar integratsiya jarayonining katalizatori hisoblanib, insoniyat tarixi davomida yaratgan qadriyatlarni ommalashtirish va milliy o‘zlikni anglash, jamiyatni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Har bir hudud bir hodisa doirasida jamiyatning mafkuraviy, madaniy, memorial qadriyatlarini ochib beradi, so‘ngra tadbir milliy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni tarbiyalash, o‘zaro anglashuv va hamkorlikka erishish, turli xalqlar madaniyatini boyitishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Turizm albbata mavsumiyli bo‘lmagan paytlarda alohida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgartirishga ham olib keladi. Tadbirlarning asosiy maqsadi shaharlarni yangilash uchun katalizator bo‘lib xizmat qilish va maqsadli infrastruktura va sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun ko‘proq sayyohlarni (ayniqsa, mavsumiy bo‘lmagan fasllarda) jalb qilishdir, bu esa umumiy maqsadga yordam beradi:



  • muayyan diqqatga sazovor joylarni yoki shunga ohshash joylarni qayta tiklash uchun

  • u yerdagi marketing jo‘nlanishni tadbiq eta oladi.

  • Ommaviy tadbirlarni tashkil etishda va boshqarish-boshqaruv faoliyatining eng murakkab turlaridan biri. Turizmni boshqarishning barcha yondashuvlari va usullari voqea turizmini boshqarishda to‘liq qo‘llanilmaydi.

  • Turistik infratuzilmalar o‘z tarkibiga ovqatlanish korxonalari mehmonxonalar, aloqa yo llari yig‘indisi (yo‘llar, shox yo‘llar, aeroportlar, kemalar to xtaydigan joylar h.k.), kommunikatsiyalar (suv quvurlari, elektr tarmoqlari, markaziy isitish korxonalari, oqova suv tarmoqlari, axlat to‘plovchi korxonalar, telefon, aloqa, (pochta bo limlari), huquqni himoya qilish, jamoat - tartibini saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, do‘konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog‘langandir.

Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog‘lik-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun qaysi bir joyda tinchlik osoyishtalik, maishiy qulaylik yaratilgan bo‘lsa, u o‘sha joyga borishga intiladi. Turist avtomobildami, poezddami, mehmonxonadami qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf - xatarsiz holda sezishi, unga zarurat birinchi yordam ko‘rsatilishi zarur. Mabodo zarurat tug‘ilsa, u yer kurrasining har qanday joyi bilan bog lanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, yuqori darajada tibbiyot maslahatlari, zaruriy servis xizmat olish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu aytib o’tganlarimizning barchasi bizning mamlakatimizda albatta mavjud. Lekin mahaliy sayohlarimiz uchun va uncha katta guruh bo’lmagan sayyohlar uchun bu yetarli shart sharoit hisoblanishi mumkun. Ushbu malakaviy ishimizda tadbiq etayotgan turizm turi esa katta talab va takliflarni ham bera oladigan turidir. Bu turdagi turizm uchun mamlakatimiz o’z infra tuzilmasini to’r doyirada emas balki makro doyirada keng tashkil etishi lozim bo’ladi.

Tadbirda turizmni rivojlantirishning ijobiy omillari orasida:


  • hayotning qulay muhitini yaratish;

  • sayyohlik oqimini rag'batlantirish;

  • hududni qayta joylashtirish va ijobiy imidjni shakllantirish;

  • yangi madaniy merosni to'plash va eskisini yangilash;

  • biznesni rivojlantirish, shu jumladan tadbir tadbirlarini tashkil etish sohasida;

  • mintaqaning jozibadorligi bilan bog'liq tashqi investitsiyalarni jalb qilish;

  • infratuzilmani modernizatsiya qilishga yordam beradigan federal byudjetdan investitsiyalarni jalb qilish.

  • Bular kelgusida bizning mamlakatda ro’y beradigan hodisalardir.

O‘zbekiston Respublikasi xukumati turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgan bir vaqtda, xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish bo‘yicha butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko‘rsatish turlari yaxshi qo‘llanilsa, turizmni respublikaning asosiy valyuta manbalaridan biriga aylantirish mumkin bo‘ladi.

Mamlakatimizda ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish