Ilk qadam
Toshquvvatova Oydin Said qizi 1998-
yil 29-noyabrda Qashqadaryo viloyatining
Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Tu-
mandagi 121-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
tahsil olgan. 2015-yilda Samarqand viloyati
Pastdarg‘om tibbiyot kollejiga imtihon aso-
sida qabul qilingan. 2017-yilda “Muhabbat-
ga yo‘g‘rilgan Vatan”, 2018-yilda “Otam
davlatim, Onam jannatim”, 2019-yilda esa “Mitti gul” nomlari
ostida she’riy to‘plamlari chop etilgan. “O‘zbekiston adabiyoti
va san’ati”, “Tong yulduzi”, “Chiroqchi” kabi gazeta va jurnal-
larda she’rlari chop etilgan. Hozirgi kunda Samarqand Davlat
universitetida tahsil olmoqda. Samarqand yosh ijodkorlar Ken-
gashi a’zosi.
VATAN
Vatan onajonim, onajon o‘lkam,
Ayro tushmasin qo‘llaringdan yelkam.
Ranjitsam ham goho ataysan – bolam,
Borimdan kechsam ham sendan kechmasman.
Mehnat qilay mitti chumoli kabi,
Temurdek bo‘lsin har o‘g‘loning shahdi.
Yolg‘iz sen uchundir dunyolar taxti,
Jonimdan kechsam ham sendan kechmasman.
Mayli yovuz g‘animlar etsa ta’qib,
Ketsinlar mayli qora toshin otib.
Lekin o‘zgalarga ketmasman sotib,
Jonimdan kechsam ham sendan kechmasman.
41
Ilk qadam
Sen daraxt bo‘lsang, menman bitta barging,
Sen ulkan tog‘ bo‘lsang, bo‘lay etaging.
Ne bo‘lsam ham bo‘lay senga keraging,
Borimdan kechsam ham sendan kechmasman.
O‘zing yetaklaysan porloq iqbolga,
Bermaysan sochim to‘zg‘itgan shamolga.
Men seni deb asir tushdim xayolga,
Jonimdan kechsam ham sendan kechmasman.
Kuylab to‘xtamasa shirin zabonim,
O‘zingsan eng mehribon onajonim.
Sen-la bo‘lsam dilda yo‘qdir armonim,
Jonimdan kechsam ham sendan kechmasman.
KUTADI ONAM
Tashqarida sharros yog‘moqda yomg‘ir,
Bilmam nimalarni istaydi ko‘nglim.
Hamma ketsada bitta o‘zi yolg‘iz,
Bilaman har kuni kutadi onam.
Yostiq tuni bilan bo‘lar sirdoshi,
Ne uchun bunchalar ko‘zlari ma’yus.
Shunchalar qattiqmi uning bardoshi,
O‘tirar qolsalar ham joni holsiz.
Atrof sukunatga cho‘madi bir zum,
Chumchuqlar galasi uyada yotar.
Ular ham qo‘shilib yig‘lamoqda yum,
Achchiq bu azoblar yurakka botar.
42
Ilk qadam
Afsus qat’iy ekan hayotning hukmi,
Qachon ko‘rishmoqlik etarkin nasib.
Hech tark etmayapti yolg‘izlik ta’mi,
Bormoqda har kuni yuragim yonib.
Bilaman har kuni kutadi onam,
O‘tirar jilmayib yangilab choyin.
O‘zin o‘ylamasdan dedilar bolam,
Qiz bo‘lib so‘rdimmi bir uning holin.
Tunlari borolmay yig‘layman bedor,
Izlayman qaylardan uning isini.
Onamning shunchalar ko‘ngli beg‘ubor,
Juda ham sog‘indim shirin so‘zini.
Dalada bo‘rondek shamol yeladi,
Bir zum yo‘lamasin uning yoniga.
Men kutgan kun albat bir kun keladi,
Gullarni to‘kaman onam poyiga.
Qushlar uchmoqda osmonni to‘ldirib,
Omon qol, degandek kulib qaraydi.
Borayin g‘amlarni ortda qoldirib,
Ko‘nglim o‘sha kunni kutib yashaydi.
Yomg‘irga aylanib tushgandir yoshim,
Yerdan unib chiqdi ko‘klamda gullar.
Onamdan kuch olgan metin bardoshim,
U bilan ushaldi bu kun orzular.
Har kuni yo‘l qarab kutmang! Onajon?!
Alamni unutib qiling tabassum.
Bir kuni qaytaman yurtimga jonajon,
Etadi bahorning kuyi tarannum.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |