Mening institutim
V
REJA: 1. INSTITUTNING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATI. 2. INSTITUTDAGI YO’NALISHLAR 3. Yoshlar ittifoqining o’rni 4.Xulosa. TKTI Shahrisabz filiali - TKTI Shahrisabz filiali
- Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati salohiyatini yanada oshirish va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilgan.
- Filialning asosiy vazifalari quyidagilar:
- hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendentsiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
- kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
- oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy etakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
- respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
- Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq qilish;
- vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.
- Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlangan.
Maqsad va vazifalar
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
- yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
- iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
- yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
Meni xulosam shundan iboratki bizning filiali ochilgani Qashqadaryo viloyati va boshqa viloyat yoshlari uchun katta va keng imkoniyatlar yaratdi. - Meni xulosam shundan iboratki bizning filiali ochilgani Qashqadaryo viloyati va boshqa viloyat yoshlari uchun katta va keng imkoniyatlar yaratdi.
- Bizning sohamiz ya’ni Funksional Ovqatlanish va Bolalar maxsulotlari texnologiyasi sohamiz yangi avlod sohalariga kiradi.Bizning sohani bitirib deplom olgandan song yosh bolalar ovqatlari kashalar ishlab chiqarish korxonalarini ochish mumkun kichroq korxonada eng kamida 25 ishchi ishlaydi, yurtboshimiz aytganlariday katta katta ishlar ham mayda ishlardan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |