Ilk qadam
Qaldirg‘ochlar eski inin sog‘inib.
Qaytadi qadrdon oshyoni tomon.
Bahor go‘zalligin bizga ilinib.
Sog‘ingan dillarga beradi darmon.
O‘G‘ILLARIM
Bo‘g‘zimga tiqilib alamlar yig‘lar.
Dardimni yozgani qalamlar yig‘lar.
Sog‘inchlar sabrni ming bora tig‘lar.
Musofirda yurgan jon o‘g‘illarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
Ona meni o‘ylamang, sog‘inmang deysan.
Shirin kulcham o‘rniga, qotgan non yeysan.
Opang, ukang, singling g‘amini yeysan.
Qo‘llari qadog‘im, jon o‘g‘illarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
Yurtingiz sog‘inchi o‘rtasa ham jim.
Qadringiz toptasa allaqaysi, kim.
Boshingiz silashga yetmas qo‘llarim.
Ko‘ngli yarimlarim jon o‘g‘illarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
Kiyimingiz yuvasiz, ovqat qilasiz.
Ming bir sinovlarga toqat qilasiz.
Ammo, sog‘inchlarda yurak tilasiz.
Sovuqlarda yurgan bag‘ri qonlarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
Suyanganda suyanchig‘im, tog‘imsizlar.
Yashnab turgan yurakdagi bog‘imsizlar.
37
Ilk qadam
Sizlar mening borlig‘im-u, borimsizlar.
Ko‘z tegmasin bo‘yingizga o‘g‘illarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
Joynomoz ustida duolar qilay.
Sizlarga umrlar, omadlar tilay.
Qora ko‘zingizdan o‘zim o‘rgilay.
Ko‘zlarim yo‘lingizda jon o‘g‘illarim.
Sizlarni asrasin parvardigorim!
QISMAT
Olloh mening loyimni, g‘amdan olib yaratdi.
Suyib ichar oshimni ko‘z yoshimdan yaratdi.
Peshonam ham sho‘r ekan, qismatim buncha achchiq.
Ko‘zlarimni nigoron, ma’yus qilib qaratdi.
Toshdan qilib boshimni, g‘amdan yorilmasin deb.
Olov ichra gar qolsa, shamdek erimasin deb.
Ne qilsa ham yaratdi, diydamni qilib bo‘shroq.
Rahm-u shafqatdan soldi, paymona to‘lmasin deb.
Kiydim sabrdan libos, zeb-ziynatga uchmadim.
Bardoshimga suyandim, mol-dunyoni quchmadim.
Bir kam emas bu dunyo, asli mingi kam ekan.
Hazar qilib yolg‘ondan, saroblarga uchmadim.
Nedir aybim bilmadim, balki qanoatimdir.
Taqdirga indamasdan, qilgan itoatimdir.
Hayotda nima ko‘rsam, tutib berdim ko‘ksimni.
Tog‘lardanda ulug‘vor aylagan toqatimdir.
38
Ilk qadam
Kibr-u havoga uchib, nafsimga qul bo‘lmadim.
Bandi etib iymonni, o‘zimga erk bermadim.
Yana ne solsang boshga, qismatimdan bilurman.
Taqdirdan hech kim qochib, qutulganin ko‘rmadim.
Inson qilib yaratding, yaratganingga shukur.
To‘rt muchamni sog‘ qilib, ong berding, hamda fikr.
Hayvon qilib yaratsang, nima qilgan bo‘lardim.
Ongsiz-zabonsiz tursam, aytolmasam bir zikr.
Nolimasman Ollohim! Ayollik baxtin berding.
Bir etak farzand berib, onalik taxtin berding.
Xom sut emgan bandamiz, har to‘kisda aybimiz.
Yo‘lda adashmaslikchun, “Qur’on” kitobing berding!
39
Do'stlaringiz bilan baham: |