Turnikka aylanib chiqish


Suvdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish



Download 3,23 Mb.
bet14/16
Sana27.05.2022
Hajmi3,23 Mb.
#610971
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
нодир акага

Suvdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish
Suzishni qay darajada bilishidan qat’iy nazar tabiiy suv havzalarida quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish lozim:
- qirg‘oqdan uzoqqa suzib ketmaslik va harakatdagi katerlar yoniga suzib bormaslik;
- suv va qirg‘oqlarni ifloslantirmaslik;
- to‘polon qilmaslik va yolg‘ondan chaqiruv qilmaslik;
- to‘shak va balon kameralar bilan uzoqqa suzmaslik;
- ta’qiqlangan ogohlantiruvchi belgilardan o‘tib suzmaslik.
Suvda baxtsiz hodisa bo‘lgan taqdirda, o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan tez harakat qilish kerak. Agar oyoq mushaklari tortib qolsa, qo‘llar bilan uqalanadi. Nima bo‘lganda ham vahima qilmaslikka e’tibor berish kerak. Chunki tananing barcha mushaklari bir vaqtning o‘zida tortishmaydi. Agar biror-bir mushak tortishib qolsa, bu paytda talaba suzish qobiliyatlarini yo‘qotmaydi. Chalqancha yotib, mushakni silash va mashq qilishga harakat qilinadi. Agar bu ham yordam bermasa, mushak tortishgan holda, qirg‘oqqa yonda yotib suzib borishga harakat qilish kerak.
Suvda baxtsiz hodisalarni oldini olish qobiliyati va cho‘kayotganni qutqarish- mashg‘ulot rahbari va qutqaruvchilvrning professional tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘kishni bartaraf qilish uchun, qutqaruv moslamalaridan foydalanishni yaxshi bilish kerak. Bular qutqaruv halqalari, uloqtirish arqoni, sharlar, qutqaruv tayog‘i, qutqaruv belbog‘i, ko‘krak tutqichi va h-zo.
Qutqaruv halqalari jabrlanuvchiga faqat 15 metr oralig‘ida yordam bera oladi. Halqani qayiqdan yoki qirg‘oqdan uzatayotganda uni o‘ng qo‘lga olib, ikki-uch quloch qilib, gorizontal yo‘nalishda shunday otish kerakki, u cho‘kayotgannnig yoniga borib tushishi kerak.
Simdan yasalgan doira sirtmoq bog‘langan arqonni uloqtirish yordamida qirg‘oqdan 25 metr masofaga cho‘kayotganni qutqarish uchun ishlatiladi.
Qutqaruv tayog‘i cho‘kayotganni suv ichidan chiqarish uchun yoki yoriq muzlar orasidan olishda ishlatiladi.
Qutqaruv belbog‘i va ko‘krak tutqichi havo puflangan kamera yoki yengil material (penoplast) lardan bo‘lishi mumkin. Ko‘krak va bo‘yin atrofi bilan taqiladigan ko‘krak tutqichi shikastlangan jabrlanuvchi yuzini suv ustiga ko‘tarib turadi va hushini yo‘qotib qo‘yganda ham uning og‘ziga suv kirmaydi.
Suzib qutqarishga qaraganda, qayiq va katerda qutqarish juda samarali, chunki unda cho‘kayotganning oldiga tez etib boriladi. Cho‘kayotganga yaqinlashganda qayiq yoki eshkak tegib ketmasligi uchun ehtiyotlik bilan harakat qilish kerak. Jabrlanuvchini qayiqning orqa tomonidan ko‘tarib olgan ma’qul, chunki qayiq buralib ketmaydi, katerda esa yon tomonidan ko‘tarish kerak.
Sovuq tushishi bilan suv havzalari muz bilan qoplanadi. Muz qalinlashgandan keyin tavakkalsiz uni ustida yurish mumkin. Muz ustidan bir qator bo‘lib yuriladi. Faqat bunda muzning qalinligi 5 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak. Muzda harakat qila boshlaganda tayoq bilan muzga urib qalinligini tekshirib, sekin harakat qilinadi. Muzni qalinligini bilish uchun oyoq bilan tepib, ikkala oyoqda yuqoriga sakrab qo‘nish kat’iyan man etiladi. Muz yorilib ketib suvga tushib ketish mumkin.
Bo‘linma shaxsiy tarkibi faqat muzning qalinligi 7 santimetr bo‘lgan taqdirda muzdan o‘tishi mumkin. Har-bir talaba orasidagi masofa 5-6 metr bo‘lishi kerak.
Muz yorilib ketsa qutqaruvchilar etib kelgunga qadar jabrlanuvching o‘zi mustaqil harakat qilishi kerak. Muz bo‘lagiga kuch bilan tayanib, qo‘llarni oldinga uzatib, mustahkam muzga o‘tib olishga harakat qilinadi.
Muz ostiga tushib qolgan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish qiyinroq, chunki uning oldiga yaqin borish juda qiyin bo‘lib, qutqaruv narvoni, taxta, faner bo‘lagi kerak bo‘ladi. Bu anjomlarni qutqaruvchi oldiga qo‘yib harakatlanib cho‘kayotganni oldiga yaqinlashishi mumkin. Muz ostiga yiqilganga yaqinlashib bo‘lmasa, u holda unga arqon tashlanadi. Agar jabrlanuvchi muz ostiga chuqur kirib ketgan bo‘lsa, qutqaruvchi arqonning bir uchini beliga bog‘lab, ikkinchi uchini xavfsizlikni ta’minlovchiga berib suvga sho‘ng‘ishi kerak. Agar cho‘kayotgan suvga chuqur kirishga ulgurmagan bo‘lsa, qutqaruv tayoqchasidan foydalanishi mumkin. Qo‘shimcha moslamalardan ham foydalanish mumkin, ular qarmoq, shox-shabbalar, chang‘i, eshkak, arqon, sim, kamarlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Cho‘kayotganlarga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam ko‘pchilik insonlarning hayotini saqlab qolgan. Bunday hollarda qanday yondashish kerak. Qutqarish xavf xatar bilan bog‘liq bo‘lmagani uchun suzishni yaxshi bilish kerak. Ikki hodisa bo‘lishi mumkin:
- jabrlanuvchi suv sathida vaqti-vaqti bilan ko‘rinib turib suv bilan kurashsa;
- jabrlanuvchi hushsiz holda suv ustida oqib ketayotgan bo‘lsa.
Agar jabrlanuvchi hali-ham o‘zini suvda tutib turgan bo‘lsa, uning yaqinida qayiq, yoki qutqaruv jihozlari (balon, sharlar) bilan suzib borib qutqaruv balonini tashlash kerak. Eng yaxshisi cho‘kayotganga ikki qutqaruvchi suzib kelib, ular hamkorlikda jabrlanuvchigi yordam ko‘rsatishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar qirg‘oq yaqinida semiz yog‘och topilsa, shu yog‘ochni olib borib cho‘kayotganga uzatish kerak. Shunda u bilan qirg‘oqqa suzish oson bo‘ladi. Har-xil holatlarda barcha oqibatlarni hisobga olgan holda juda tez harakat qilish kerak.



Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish