Cho‘kayotganga yordam ko‘rsatish, suv ostida ishlarni bajarish, jangovar vaziyatda raqibdan yashirin suv to‘siqlari dan oshib o‘tish uchun keng qo‘llaniladi.
Sho‘ng‘ishni egallashga yurak-qon sistemasi faoliyatida chekinishlari bo‘lmagan, ko‘z-quloq-tomoq kasalligidan ozor chekmaydigan, tomir tortishishlariga moyilligi bo‘lmaganlar qo‘yiladi
Sho‘ng‘ishdan oldin o‘pkalar ventillyasiyasi va qonda kislorod zaxirasini yaratish uchun- bir necha chuqur nafas olish va to‘la nafas chiqarish bajariladi.
Sho‘ng‘ish uzunlika(gorizontal yassilikda) va chuqurlikka amalga oshiriladi.
Uzunlikka sho‘ng‘ishda qo‘llarni bras usulida harakatlantirish samarali hisoblanadi. Tiniq suvga sho‘ng‘iganda qo‘llarni suvdan chiqarmasdan ko‘krakda suzish tavsiya etiladi.
Qo‘llarni yonga harakatlantirish suv ostida ko‘rinmaydigan turli narsalar bilan to‘qnashishni oldini oladi.
Suv ustidan oyoqlarni pastga qilib chuqurlikka sho‘ng‘ishda tanani suvga nisbatan ko‘proq balandga ko‘tarib oyoqlarni cho‘zib nafasni to‘xtatib suvga sakrash. Chuqurga tushish tezligini oshirish uchun qo‘llar bilan pastdan yuqoriga eshish harakatlari bajariladi.
Suv ustidan boshni pastga qilib chuqurlikka sho‘ng‘ishda tana oldinga egilib, qo‘llar oldinga cho‘zilib oyoqlar siqiladi. Oyoqlarni orqaga-yuqoriga to‘g‘rilab suvga sakraladi. Chuqurga tushish tezligini oshirish uchun qo‘llar bilan bras usulida eshish harakatlari bajariladi.
Suvga sakrashlar irodaviy sifatlarni tarbiyalash, epchillikni rivojlantirish, tayanchsiz uchishda mo‘ljal olish imkonini yaratadi.
BAXTSIZ HODISALAR, SHIKASTLANISHLARNI
OLDINI OLISH VA OGOHLANTIRISH
Kursantlarni suvga ommaviy o‘rgatish masalasi hal etilar ekan, suvda bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni oldini olishga jiddiy e’tibor berish kerak. Suzishni qay darajada bilishidan kat’iy nazar tabiiy suv havzalarida mashg‘ulot boshlashdan oldin quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish lozim:
-suzish mashg‘uloti boshlanishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish va vrach ruxsatini olish;
- ovqatlangandan so‘ng darhol cho‘milmaslik;
- tana nihoyatda qizigan yoki sovugan holda suvga tushmaslik;
- qirg‘oqdan ayniqsa kech tushganda uzoqqa suzib ketmaslik;
- qirg‘oqdan chuqurligi noma’lum bo‘lgan yoki sayoz suvlarga sakramaslik;
- suv o‘tlari o‘sadigan, girdob, osvuq va tez oqar joylarda ehtiyot bo‘lish lozim.
To‘yib ovqatlangandan keyin 2 soat davomida suzish mumkin emas, chunki yurak qon-tomir, nafas va organizmning boshqa sistemalariga qo‘shimcha yuklama tushadi. Ko‘pchilik quyoshga toblanishni suvga cho‘milish bilan birga o‘tkazishni yoqtiradi. Lekin quyosh nurida toblanishni haddan tashqari ko‘paytirish va tez-tez davomli cho‘milishlar, nerv va organizmning boshqa sistemalari funksiyasi izdan chiqishi mumkin. Yaxshisi oldin cho‘milib, keyin havo va quyoshga toblanib, so‘ngra soyada 3-5 daqiqa o‘tirib, so‘ng yana suvga tushgan maqsadga muvofiq. Suzish oldidan qirg‘oqda chigilyozdi mashqlarini qilib olish kerak. Notanish suv havzalari qirg‘og‘idan suvga sakrash har-xil ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi, jarohatlar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa suv tubida tosh, shisha, temir bo‘laklari, daraxt tomiri va boshqa shunga o‘xshash narsalar mavjud bo‘lgan joylarda suvga bosh bilan sho‘ng‘ish eng og‘ir, baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Suvga sho‘ng‘ishdan oldin shu joy tubining tozaligi va chuqurligi 3 metrdan kam emasligi tekshirib ko‘rilishi kerak. Ko‘p kursantlar qirg‘oqdan uzoqqa sho‘ng‘ishni katta yutuq deb bilishadi. Bunday qilish ko‘p hollarda baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda qirg‘oqdan “ yangi kuch” bilan suzish oson. O‘zining toliqqanini sezmaguncha talaba qirg‘oqdan uzoqqa suzib ketishi mumkin. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari, talaba asablanib kuchini yo‘qota boshlaydi va uncha katta bo‘lmagan toliqish ham charchashga olib keladi. Qirg‘oqqa sog‘ salomat etib kelish uchun katta iroda va kuch talab qilinadi. Yaxshisi uzoq masofalarni qirg‘oq bo‘ylab suzgan maqsadga muvofiq. Suv harorati 18 gradus va undan kam bo‘lganda dastlabki tayyorgarliksiz uzoq vaqt davomida suzish tanani sovushiga olib keladi. Sovugan tanada mushaklarni ish qobiliyati pasayadi, shuning uchun suzish qiyinlashadi. Agar talaba sovugandan keyin o‘z vaqtida isinmasa, har-xil jismoniy mashqlar bajarmasa, shamollab qolishi hech gap emas. Suvdan chiqqandan so‘ng artinmasdan quyoshda qurishni afzal ko‘radilar, bu esa tananing qo‘shimcha sovushiga olib keladi.
Girdobli, sovuq va tez oqar suvlar ham cho‘milish uchun xavfli hisoblanadi. Girdoblarni suv aylangan joydan o‘z vaqtida, tanani yonlab gorizontal holatini saqlab, oyoqlarni osiltirmasdan suzib o‘tish kerak. Suv tortgan paytda tez harakatlar bilan chetga tashlanish lozim. Shuning uchun faqat tekshirilgan, tanish va qirg‘oqqa yaqin joylarda suzish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |