-rasm. Harbiy kiyimda, qurol bilan brass usulida suzish
Suvda echinish basseyn devori oldida o‘rganilib anjom-aslaha, kiyimlar yig‘ib taxlanadi.
Suvda kiyimlardan xolos bo‘lish uchun birinchi oyoq kiyim echiladi. Buning uchun o‘pkalarni ko‘proq havo bilan to‘ldirish maqsadida chuqur nafas olinib tana yig‘iladi va tizzalar ko‘krak tomon yaqinlashtirilib oyoq kiyimini ipi echiladi keyin bir qo‘l bilan tovonidan ikkinchi qo‘l bilan uchidan ushlab oyoq kiyim echiladi. Shu tariqa ikkinchi oyoq kiyimdan ham xalos bo‘linadi. Undan keyin ust kiyim echiladi. Tugmalari echilib chuqur nafas olinib suvga sho‘ng‘ib bosh orqali echiladi. So‘ngra shim tasmasi va tugmalari echilib suvga sho‘ng‘ib, suv ostida echiladi.
Kuchli oqim va girdob bo‘lgan joylarda suzish. Kuchli ostki va ustki oqimga ega bo‘lgan joylarda suzish, girdob bilan kurashish amaliy suzish tayyorgarligi uchun juda muhim hisoblanadi. Elektr stansiyalariga kuchli oqim bilan tushadigan plotinalar oldidagi suv hayot uchun xavfli hisoblanadi. Girdoblarni olidigan bo‘lsak hayotdan ko‘z yumishga sabab o‘zini yo‘qotib qo‘yish, kerakli bilim va malakalarning yo‘qligidadir.
Kuchli oqim, girdob bilan kurashishda quyidagilarni bilish lozim:
1. Kuchli oqimga tushgandan so‘ng yaqin qirg‘oqqa chiqishga harakat qilib, tezda u bilan kurashishga kirishilmaydi. Tanani suv ustida tutib havotirlanmay sekin mo‘ljal olinadi. Eng qulay usul xavfli joydan tezroq chiqib ketish- oqimni ko‘ndalang kesib o‘tish. Agar u girdobdan iborat bo‘lsa, girdob markazidan uzoqlashish maqsadida oqim bo‘ylab va yonga suziladi.
2. Girdobni markaziga tushib qolganda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, chiqishga urinmaslik kerak. Chunki barcha urinishlar zoye ketadi. Chuqur nafas olinib o‘pkalar havo bilan to‘ldirilib suv ostiga sho‘ng‘iladi. Suv ostida oqim bo‘ylab harakatlanib, undan biroz oshib yo‘nalishini o‘zgartirib yuqoriga intiladigan oqim izlanadi. Shu oqimdan foydalanib bir necha eshish usullarini bajarib suv ustiga, girdob tashqarisiga chiqiladi.
3. Sayoz joylarda kuchli oqim xavfli hisoblanadi. Chunki suv ostida qirrali toshlar, tomirlar, cho‘kkan daraxtlar bo‘lishi mumkin. U bilan kurashish uchun tanani yig‘ib, oyoqlarni oldinga-yuqoriga yo‘naltirib gavda shiddat bilan yoziladi. Tanani oqimga qarshi qo‘yib oyoqqa turib, joyda to‘xtab qolish kerak. Urinish amalga oshmasa asosiy oqim bo‘ylab suv sekin oqadigan, keng joygacha suziladi
4. Kuchli oqim toshlar tomon oqirib ketayotgan bo‘lsa to‘qnashuvdan qochish uchun kuch ham qolmay, vaqt ham etmasa tana yig‘ilib olinib oyoqlar oldinga buriladi va ular yordamida zarba kuchi yumshatiladi, qo‘llar bilan toshlarni ushlab qolishga harakat qilinadi.
5. Suv oqimi sharshara, plotina, gidrostansiya tomon oqizib ketib hayot uchun xavf solgan hollarda oqim bilan kurashish, unga qarshi suzish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qolgan hollarda kuchli oqimdan chiqish uchun uni kuchidan foydalanib, oqim yo‘nalishi bo‘ylab va biroz yonga- chiqib olish kerak bo‘ladigan qirg‘oq tomon harakatlanish kerak. .
SHO‘NG‘ISH
Sho‘ng‘ish- yordam ko‘rsatuvchi vositalar va jihozlarni qo‘llamasdan suv ostida suzish hisoblanadi (-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |