Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi



Download 83,45 Kb.
bet13/15
Sana31.12.2021
Hajmi83,45 Kb.
#220346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5426993230661028494

Andijon qo’zg’oloni. Turkistonda ko’tarilgan ozodlik harakatining eng yirigi 1898-yilgi Andijon qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog’ida yashovchi Muhammadali eshon boshchilik qildi. U otasining kasbini olib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi eshon deb atashardi. Muhammadali Buxoroda o’qidi, Makkaga hajga boradi, Farg’ona viloyatidagi Sultonxon To’ra eshon xizmatida bo’ladi. Uning vafotidan keyin o’zi Eshon bo’ladi. Uning maqsadi rus hukmronligidan qutilish, Farg’onada o’z kishisini xon qilib ko’tarish edi. Uning atrofida kambag’allar to’plana bordi, bog’lar yaratdi, suvsiz yerlarga suv chiqardi. Muhammadali eshon o’z muridlari bilan kengashib, mustamlakachilarga qarshi Andijon, Marg’ilon va O’shda joylashgan harbiy lagerlarga hujum qilish rejasini tuzadi.

1898-yil 17-may kuni Muhammadali eshon xaloyiqni qo’zg’olonga da’vat qiladi. Shu kuni xufton paytida har kim qo’liga tushgan narsani olib Andijon shahariga jo’nadilar. Eshon boshliq qo’zg’olonchilar Qo’tchi qishlog’iga kirishganda yana 200 kishi qo’shilgan. Qoraqo’rg’on va Oqchidan o’tib Qo’yliga yaqinlashganida ularga mingboshi G’oyibnazar o’z yigitlari bilan qo’shiladi. Qo’zg’olonchilar Andijonga yaqinlashganlarida ularga boy savdogar Aliboy qurollangan 190 yigiti bilan qo’shiladi. Qo’zg’olonchilar soni 2000 kishiga etadi.

Qo’zg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy garnizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o’lja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik ko’rsatadilar. Podshoak soat davom etgan otishmadan so’ng qo’zg’olonchilar to’rt o’lgan sheriklarini tashlab chekinadilar. Harbiy garnizondagilardan 22 kishi o’ldiriladi, 24 tasi yarador bo’ladi.

Andijonda, ayniqsa rossiyaliklar yashaydigan yangi shaharda mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy fuqarogacha vahimaga tushib, uylariga bekingan va musulmonlar yalpi hujumini kutgan. Hatto tumanboshi polkovnik Koishevskiy ham ko’chaga chiqishdan qo’rqib uyida bekinib yotadi. Eski shahar oqsoqoli Xolbahodir mingboshi uning oldiga kelganidagina u voqeaning tinch tugaganini bilgan va darhol askar chaqiradi. Ular yangi shahardan boshlab ko’ziga ko’ringan musulmonlarni otadi. Bu voqealardan mutlaqo bexabar, ertalab ishlashga chiqqan minglab dehqonlar va hunarmandlar mustamlakachilar o’qidan nobud bo’lishadi. Harbiy qo’shinlar shaharni o’rab olib, qo’zg’olonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi.

Mustamlakachilar Muhammadali eshonni tutish uchun Mingtepaga yurdilar, yo’lda duch kelgan kishini otib o’ldirib Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o’tkazdilar. Nihoyat, eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko’prikda qo’lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag’on uyushtirildi. 1898-yil 12-iyunda Muhamadali eshon va uning yaqin maslakdoshlaridan 5 nafari osib o’ldirildi, yuzlab kishilar qamoq jazosiga hukm etildi, 18 kishi Sibirga surgun qilindi.

Dukchi eshon qo’zg’oloni izsiz ketmadi. Butun Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg’ilon va boshqa tuman va qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar bo’ldi. 1898-yilgi qo’zg’olon podshoizmga qattiq zarba berdi, uning negizlarini titratdi. Qo’zg’olonchilar Vatan ozodligi uchun kurash tarixi sahifalaridan munosib o’rin egalladilar.


Download 83,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish