Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi


Turkiston xalqlarining mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik kurashlari



Download 83,45 Kb.
bet11/15
Sana31.12.2021
Hajmi83,45 Kb.
#220346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5426993230661028494

3.Turkiston xalqlarining mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik kurashlari.

Rossiya imperiyasining Turkistonda joriy etgan ma’muriy-boshqaruvi tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo’ldi. Bosqinchilar avvalo, Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so’ngra o’lkani xom ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o’z manfaatlari yo’lida jilovlab oldi. Og’ir soliqlar, g’ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib bordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoq osti qilardi, ma’naviy zug’um kuchayib borardi.

Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Podshoizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi, nafrati oshib bordi, qo’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’ldi. Qo’zg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambag’allar bo’ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g’ururini yo’qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.

1879-yilda 600 ga yaqin g’alayonchi Farg’ona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg’ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G’alayonchilar avzoidan cho’chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo’lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o’rganib chiqishga va’da beradi va g’ayriqonuniy soliq yig’uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlashtirishga majbur bo’ladi.

1880-1883-yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo’lib o’tdi. Xo’jand, O’ratepa, Namangan, O’sh va Chustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar bunga misol bo’la oladi. Manbalarda 1885-1892-yillarda Farg’ona viloyatida xalqning 205-marta siyosiy chiqishlari, harakatlari ko’tarilgani qayd etilgan.

Farg’onadagi vaziyatdan cho’chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko’z-quloq bo’lib turish uchun Markaziy hukumatga maxfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. U Farg’ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg’oqchilar tarmog’ini vujudga keltirish uchun o’z ixtiyoridagi mablag’dan foydalandi. O’lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to’lqinini pasaytirish uchun ta’sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilda 5,5 mln. so’m sarflanardi. Holbuki, unclan ham muhim hisoblangan temir yo’l uchun bor yo’g’i 190 000 so’m ajratilganini hisobga olsak, podsho hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo’ladi (Qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob, 344-348 betlar).


Download 83,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish