Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi



Download 83,45 Kb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi83,45 Kb.
#220346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5426993230661028494

Toshkent qo’zg’oloni. 1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakchilarini talvasaga solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo’zg’olon bo’ldi. 1892-iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch podshoalar ko’rdi. Vabo kasali bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi 12 ta qabristonga ko’mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangi qabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo’q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi.

Toshkent shahar ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri bo’lgan bu tadbirlar haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochildi. Boshqa kasallik bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlarga ko’mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho’zilib ketdi, suiiste’molliklar kuchaydi. Odamlar noiloj o’likni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldi. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshladi. Qabristonni ochib, o’lganlarning ruhi haqorat qilindi.

Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblangan Azizyor Eshon, Abulqosim xo’ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga yaqin kishi 24-iyunda shahar boshlig’i mahkamasi tomon yo’l oldilar. Ularga hokim to’ra-shahar boshlig’i polkovnik S.R.Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to’qnash kelishdi. Qamchisini o’ynatib kelgan oqsoqol xalqning so’zlarini, arz-dodini tinglash o’rniga unga dag’dag’a qila boshladi. Halq uning boshiga toshlar yog’dirdi. Mashhur «Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putintsev esa o’zining sodiq qulini panohiga olib, xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishini talab qildi. Putintsev ham muzokara o’rniga kuch ishlatishni afzal ko’rib, to’pponchasini g’ilofidan chiqarib, dag’dag’aga o’tdi. Sabr kosasi to’lgan xalq, uzoq o’ylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi, Putintsev va uning mirshablarini do’pposladilar, haloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildilar.

Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Noiloj qolgan olomon Anhor suviga o’zini tashlaydi,ko’p kishi halok bo’ladi va yaralanadi. O’lganlar va yaradorlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xalqning o’zi jasadlarni va yaradorlarni o’zlari bilan olib ketishgan. Keyingi kunlari Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga yetgan. Qo’lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindilar. Mustamlakachilarning zo’ravonligi xalqning ozodlik harakatini to’xtatib qololmadi.


Download 83,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish