O‘zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o‘rnini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Ko‘rsatkichlar
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
YIM hajmining o‘sish sur‘ati, o‘tgan yilga nisbatan, %
|
103,8
|
107,0
|
108,5
|
107,9
|
107,8
|
Sanoat ishlab chiqarishi hajmining o‘sish sur‘ati, o‘tgan yilga nisbatan, %
|
105,9
|
107,2
|
108,5
|
107,9
|
106,2
|
YIM hajmining o‘sish sur‘ati, 1991 yilga nisbatan, %
|
98,6
|
127,9
|
192,5
|
281,1
|
303,0
|
Sanoat ishlab chiqarishi hajmining o‘sish sur‘ati, 1991 yilga nisbatan, %
|
121,8
|
176,4
|
292,3
|
417,9
|
443,8
|
YIMda sanoatning ulushi, %
|
27,8
|
23,1
|
33,3
|
33,0
|
32,9
|
Iqtisodiyotda band bo‘lganlarda
sanoatning ulushi, %
|
12,7
|
13,2
|
13,2
|
12,7
|
12,7
|
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda sanoatning ulushi, %
|
29,8
|
32,6
|
30,4
|
42,6
|
39,3
|
Milliy sanoat ishlab chiqarish hajmi dinamik o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, oxirgi 10 yillikda yillik qo‘shimcha o‘sish sur’ati o‘rtacha 7 – 8 foizni tashkil etdi. Sanoatning mutlaqo yangi, zamonaviy sohalari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temiryo‘l mashinasozligi, maishiy texnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati shular jumlasidandir.
O‘zbekiston sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish hajmining
o‘sish sur’atlari, 1991-yilga nisbatan (%)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Sanoat
|
121,8
|
176,4
|
292,3
|
417,9
|
443,8
|
Elektr energiyasi
|
81,5
|
75,7
|
83,6
|
94,8
|
98,2
|
Yoqilg‘i
|
124,5
|
129,8
|
216,3
|
246,6
|
261,4
|
Qora metallurgiya
|
64,1
|
111,9
|
169,2
|
256,5
|
271,2
|
Rangli metallurgiya
|
91,6
|
99,7
|
96,7
|
108,4
|
110,5
|
Kimyo va neft kimyosi
|
104,2
|
152,8
|
301,9
|
434,4
|
458,7
|
Mashinasozlik va
metallni qayta ishlash
|
135,5
|
416,6
|
1107,6
|
1639,1
|
1363,7
|
Yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati
|
230,2
|
474,6
|
1243,0
|
1967,5
|
2085,5
|
Qurilish materiallari
|
56,3
|
75,1
|
123,7
|
224,7
|
247,7
|
Yengil
|
155,9
|
242,0
|
369,3
|
662,1
|
734,9
|
Oziq-ovqat
|
154,9
|
250,0
|
592,2
|
943,3
|
961,2
|
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’atlari tezlashmoqda. Jumladan, 2000-yilga nisbatan hisoblaganda, 2016-yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 4,4 martadan ziyodroqqa oshgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yoqilg‘i sanoatida 2,6 martaga, qora metallurgiyada 2,7 martaga, rangli metallurgiyada 1,1 martaga, kimyo va neft kimyosi sanoatida 4,6 martaga, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida 13,6 martaga, yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoatida 20,8 martaga, qurilish materiallari sanoatida 2,5 martaga, yengil sanoatda 7,3 martaga hamda oziq-ovqat sanoatida 9,6 martaga teng bo‘ldi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi mamlakatimiz energetika balansida gazning ulushi ortib borganligi sababli qisman o‘zgardi.
Sanoat taraqqiyotidagi bunday o‘zgarishlar sanoat ishlab chiqarishida texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiya va modernizatsiya chora-tadbirlarining samarasi hisoblanadi. Bu sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilishining takomillashuviga olib kelmoqda.
Sanoat tarmoqlari faoliyatiga baho berganda, sohalardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan birga, ulardagi rentabellik ko‘rsatkichlari ham tahlil qilinadi. Rentabellik sotilgan mahsulot tannarxiga nisbatan olingan yalpi foyda miqdori bo‘lib, korxona faoliyatining samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
Ayrim tarmoqlar davlat tomonidan hayotiy muhim investitsion va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlandi. Boshqalari yuqori rentabellik darajasini ta’minlab taraqqiy topmoqda. Bozor mexanizmi esa qaysi tarmoqlar tezroq rivojlanishi mumkinligini belgilab bermoqda.
Sanoat tarmog‘ining rentabelligi 2016-yilda 15,1 foizga teng bo’ldi. Umumiy sanoatdagi rentabellik ko‘rsatkichidan yuqori rentabellik darajasi ta’minlanayotgan tarmoqlar yuqori rentabelli sanoat tarmoqlari hisoblanadi. 2016-yilda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohalarida rentabellik darajasi umumiy sanoatdagi rentabellik ko‘rsatkichidan yuqori b’oldi va 28 foizni tashkil etdi.
Ayni vaqtda qayta ishlash sanoatidagi rentabellik darajasining umumiy sanoatdagi rentabellik ko‘rsatkichidan past bo’lishi kuzatildi – 14,8 foiz.
Aytish o‘rinliki, rentabellik ko‘rsatkichlari 2000 – 2016-yillarda turli sanoat tarmoqlarida o‘zgarib turgan. Bu natijalar tarmoqlarda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari, bozorlarga kirish strategiyasi, zamonaviy menejmentni tashkil etish darajasi, ichki va tashqi bozordagi konyunkturaviy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ldi.
Sanoat tarmoqlaridagi ishlab chiqarish samaradorligi rentabellikdan tashqari miqyos samarasiga erishish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan tarmoqlarda ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli tarmoqlarga kapital kiritishda, investitsiyalarning ustuvor yo‘nalishlarini tanlashda, jahon bozorida nisbiy va mutlaq ustunliklarga ega bo‘lishda boshqa omillar singari miqyos samarasi mezoni ham hisobga olinadi. Miqyos samarasi mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yoqilg‘i, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatida yuqori bo‘ldi. Shuning uchun bu tarmoqlarning umumiy sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi ortib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |