Birinchi bosqich – 1991– 1995-yillar – mavjud ishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish, strategik muhim ahamiyatga ega xomashyolarni qazib olish va birlamchi qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi o‘zak tarmoqlarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish hajmi keskin pasayib ketishining oldini olish chora-tadbirlari davri hisoblanadi. Bu davrda sanoatning o‘zak tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ichki bozorni proteksionizm vositalari bilan himoya qilish, energiya manbalari narxini boshqarish orqali asosiy sanoat korxonalari rentabelligini ta’minlash, kichik sanoat korxonalarini xususiylashtirish amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |