4.4. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Mehnat resurslarining manbai mamlakat aholisidir. Aholining faqat mehnatga yaroqli qismigina mehnat resurslari hisoblanadi. O‘zbekistonda mehnat resurslariga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha ayollar kiritiladi. Ular mamlakat aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
2016-yilda iqtisodiy faol aholi soni 14 mln. 27 ming kishidan oshiqni tashkil etdi. Iqtisodiy faol aholining 45,3 foizini ayollar, 54,7 foizini erkaklar tashkil etmoqda.
Agar iqtisodiyotda band bo‘lganlar 2016-yilda 13 mln. 298 ming kishidan oshiqroq bo‘lsa, shundan 45,7 foizi ayollardan va 54,3 foizi erkaklardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |