Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Mulk shakllari bo‘yicha ish bilan band aholi soni dinamikasi



Download 1,39 Mb.
bet29/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Mulk shakllari bo‘yicha ish bilan band aholi soni dinamikasi




Ming kishi

Foiz

2000

2010

2016

2000

2010

2016

Iqtisodiyotda jami band bo‘lganlar

8983

11628,4

13298,4

100

100

100

Shu jumladan:



















Davlat sektorida

2161

2407,1

2353,8

24,1

20,7

17,7

Nodavlat sektorida

6822

9221,3

10944,6

75,9

79,3

82,3

Shundan:



















Fuqarolarning xususiy mulkchiligida

4297

8023,3

9720,8

47,8

69,0

73,1

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan davr mobaynida iqtisodiyotda band bo‘lganlar soniga parallel ravishda nodavlat sektorida band bo‘lganlar, ular orasida esa fuqarolar xususiy mulkchiligida band bo‘lganlar soni muttasil oshdi.

Agar 2000 yilda O‘zbekistonda jami iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 75,9 foizi nodavlat sektorida band bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 82,3 foizga etdi. Fuqarolarning xususiy mulkchiligida band bo‘lganlarning ulushi bu davrda 47,8 foizdan 73,1 foizgacha o‘sdi.

Milliy iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 2016 yilda 13,6 foizi sanoatda, 27,7 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 10,9 foizi savdoda, 8,3 foizi ta’lim sohasida va qolgan qismi boshqa tarmoqlarida band.

Ish bilan band aholi tarkibiga:

– mehnat shartnomasiga muvofiq yollanib ishlayotganlar, shuningdek, to‘liqsiz ish kuni davomida yoki uyida, yoki vaqtincha ish haqi olish sharti bilan ishlayotganlar;

– betoblik, ta’til, malaka oshirish, qayta tayyorlash, ishlab chiqarishning to‘xtatilishi sababli o‘z ish joyida vaqtincha bo‘lmasdan, qonunchilikka muvofiq ish joyi saqlanadigan xodimlar;

– o‘z faoliyatini qonunchilik doirasida olib boradigan ijtimoiy birlashmalar va diniy tashkilotlarda ishlovchilar;

– qurolli kuchlar, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari va qo‘shinlarida xizmat qilayotganlar, shuningdek, muqobil xizmatdagilar;

– o‘zini mustaqil ish bilan ta’minlaydigan tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xo‘jaligida ishlaydiganlar, bevosita mol boqish, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va sotuvini tashkil qiladiganlar, shuningdek, yuqoridagi toifadagi fuqarolarning ishlab chiqarishda qatnashadigan oila a’zolari kiritiladi.

Mehnat resurslaridan foydalanishning holatini ijtimoiy va iqtisodiy tahlil qilish maqsadida jami aholi quyidagicha tavsiflanadi:

1. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi yoki ishchi kuchidan tashqaridagilar. Ular quyidagilar:

– maktabgacha yoshdagilar, o‘quvchilar va kunduzgi ta’lim oluvchi talabalar;

– nafaqadagilar (qarilik va boshqa sabablarga ko‘ra);

– uy-ro‘zg‘or ishlarida band bo‘lganlar (bola boquvchilar, kasalga qarovchilar va boshqalar);

– mehnat qilish istagida bo‘lmaganlar;

– mehnat qilish zaruriyati bo‘lmaganlar (doimiy daromad bilan ta’minlanganlar).

2. Iqtisodiy faol aholi, ya’ni jamiyatning jami ishchi kuchi. Bu guruhga aholining tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun o‘z ish kuchini bozorga taklif qilayotgan mehnatga layoqatli qismi kiradi.

Iqtisodiy faol aholining miqdori va sifati, uning yillar davomidagi o‘zgarishi mamlakatning iqtisodiy qudratini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardandir. Mamlakatdagi iqtisodiy faol aholi darajasi nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
  100%
Bu yerda: I – iqtisodiy faol aholi darajasi;

FA – iqtisodiy faol aholi soni;

F – jami aholi.

O‘zbekistonda 2016-yilda iqtisodiy faol aholi soni 14 mln. 22 ming kishidan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2005-yilda 10 mln. 224 ming kishidan iborat edi. Iqtisodiy faol aholi darajasining oshib borishi ijobiy o‘zgarish bo‘lib, bu jamiyatdagi iqtisodiy muhitning sog‘lomlashayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda jiddiy muammolardan biri o‘sayotgan mehnat resurslarini ish bilan to‘la ta’minlashdir. Bu, bir tomondan, aholining ish joyiga bo‘lgan talabini, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etadi. Aholini mehnat faoliyatiga tortish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir xil kechmaydi. Bir tarmoqda ishlab chiqarish xodimlari soni o‘ssa, ikkinchi bir sohada xodimlar soni kamayishi mumkin.

Ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatga qobiliyatli aholining barchasini qamrab olishi qiyin. Natijada mehnat resurslarining bir qismi shaxsiy va uy mehnati doirasida qolib ketadi. Mehnat resurslari va ijtimoiy ishlab chiqarishdagi bandlik o‘rtasidagi farqning boshqa sababi takror ishlab chiqarish jarayonining moddiy va shaxsiy omili, mehnat resurslarining o‘sishi va ularga ish joylarini hozirlash o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. Shuningdek, ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibi, ijtimoiy sohaning rivojlanishi ham ish bilan bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Uy-joy va kommunal, maishiy xizmat ko‘rsatish kabi mehnat talab qiladigan tarmoqlarning ustun rivojlanishi mehnatga yaroqli aholini ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarda keskin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ishchi kuchi bilan keragidan ortiq ta’minlangan. U hozircha qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning bosh va amalda yagona sohasi bo‘lib qolmoqda. Qishloqda mehnatni tashkil etish tarmoqlarining nisbatan torligi shunga olib kelmoqdaki, natijada yoshlar asosiy qismining milliy xo‘jalikning ana shu tarmog‘ida joylashishdan boshqa iloji yo‘q. Qishloq aholisining 60 foizi qishloq xo‘jaligida band. Qishloq joylarida boshqa tarmoqlarni ham rivojlantirish kerak bo‘ladi. Sanoat korxonalarining filial va sexlarini ochish, nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish ana shunday ishlardandir. Sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish (lokalizatsiya) xuddi ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Mahalliy aholini ijtimoiy mehnat sohasiga tortish, ayniqsa, industrial tarmoqlarda malakali milliy kadrlarni shakllantirish hamon muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi.

Muhim masalalardan yana biri ayollarni o‘zlariga muvofiq ish bilan ta’minlashdir. Uyda ishlash va boshqa noan’anaviy qisqartirilgan ish kuni shakllarini rivojlantirish lozim. Ayollarning yetarli darajada ish bilan ta’minlanmaganligi bir kishi ishlaydigan oilalarda past turmush darajasining saqlanib qolishiga olib keladi. Ayollar mehnati an’anaviy kasb sohalarida, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish hisoblanadigan sog‘liqni saqlash, kredit va sug‘urta muassasalari, xalq ta’limi va madaniyatda balandligicha saqlanib qolmoqda. Ayollarni milliy xo‘jalikka jalb qilish respublika bo‘yicha ham bir tekis kechmayapti. Masalan, ishchi-xizmatchilarning umumiy sonida ayollarning ulushi Jizzaxda 29,9 foiz, Sirdaryoda 25,5 foiz, Surxondaryoda 27,7 foiz, Qashqadaryoda 33,3 foizni tashkil etmoqda. Buxoro, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 40 foiz atrofida. Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 44,7 foizni, Andijonda 44,6 foizni hamda Toshkent shahrida 42,1 foizni tashkil etmoqda.

Mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash uchun mikrofirmalar, kichik va qo‘shma korxonalar kabi mehnatni tashkil etishning yangi samarali shakllariga katta e’tibor berish kerak. Kelgusida bu turlarni yanada kengaytirish imkoniyatlari va istiqbollari bor.

Mikrofirma va kichik korxonalar hozir xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo, savdo-tayyorlov, ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishida mahsulotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, badiiy bezash, sport, sog‘lomlashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi transporti xizmati ko‘rsatish, dam olishni tashkil etish va boshqa sohalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mehnat resurslarining ish qidirib mamlakat ichida yoki tashqarisida harakatlanishiga ishchi kuchi migratsiyasi deyiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining migratsiya harakati jadal tus oladi, chunki mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarida ishchi kuchiga bo‘lgan talab doimo o‘zgarib turadi.

Ishchi kuchining bir mamlakat hududi bo‘ylab harakatlanishi ishchi kuchining ichki migratsiyasi hisoblanadi. Bu jarayonga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat mintaqalarining iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlar, urbanizatsiya jarayonlari, tabiiy-iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va davlatning demografik siyosati shular jumlasidandir.

Ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga harakatlanishi ishchi kuchining tashqi migratsiyasi deyiladi. Ishchi kuchi tashqi migratsiyasining asosiy sababi mehnat bahosining mamlakatlar bo‘yicha farq qilishidir. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning rivojlanishi ishchi kuchi tashqi migratsiyasining jadallashuviga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlaydi.

Bir mamlakat fuqarosining davlat yoki mehnat tashkiloti tomonidan manfaatli shartlar asosida jo‘natilishi ishchi kuchi eksporti deyiladi. Bunday siyosat, odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshiriladi, chunki bunday mamlakatlarda ishchi va xodimlar malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni boshqarishni o‘zlashtirish va iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj katta.

Manfaatli shartlar asosida ishchi kuchining mamlakatga tashqaridan qabul qilinishi esa ishchi kuchi importi hisoblanadi. Ishchi kuchi importi ko‘pincha iqtisodiy taraqqiyot jadal borayotgan, lekin mehnat resurslari tanqisligi sezilayotgan mamlakatlar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tez rivojlangan Germaniyada shunday holat kuzatilgan. Nemis davlati 1960-yillarda Turkiyadan ishchi kuchining ommaviy ravishda mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantirgan.

Dunyo mamlakatlarida sodir bo‘lib turadigan chuqur iqtisodiy inqirozlar, urushlar ishchi kuchi tashqi migratsiyasining jadallashishiga sabab bo‘ladi. Ishchi kuchi migratsiyasiga milliy xususiyatlar, urf-odatlar va an’analar ham ta’sir ko‘rsatadi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish