Iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishda
kichik biznes subyektlarining ulushi, %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Sanoat
|
12,9
|
10,0
|
26,6
|
40,6
|
45,3
|
Qishloq xo‘jaligi
|
73,6
|
85,7
|
95,2
|
98,1
|
98,2
|
Qurilish
|
38,4
|
50,9
|
52,5
|
66,7
|
67,8
|
Chakana savdo
|
74,1
|
88,2
|
85,1
|
87,1
|
89,6
|
Bandlik
|
49,7
|
64,8
|
74,3
|
77,9
|
78,2
|
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog‘ining oshishi orqali ham namoyon bo‘ldi. Xususan, kichik biznesning yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 2000-yilda 12,9 foizdan 2016-yilda 45,3 foizgacha o‘sdi. Bu sanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotan kichik korxonalarda sifat o‘zgarishlari yuz berayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga ushbu tarmoqda kichik biznesning nisbatan pastroq sur’atlarda rivojlanayotganligini ta’kidlash lozim.
Kichik biznes korxonalari faoliyatini tahlil qilish ular, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida jadal rivojlanayotganligini ko‘rsatadi. Xususan, kichik korxonalarning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi salmog‘i 2000-yilda 73,6 foizdan 2016- yilda 98,2 foizgacha o‘sdi. Shu davr mobaynida qurilishda kichik biznes subyektlarining ulushi 38,4 foizdan 67,8 foizgacha o‘sdi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo‘lsa, 2011-yilda 7 foizdan 6 foizga, 2012-yilda 6 foizdan 5 foizga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. E’tiborli jihati, kichik korxonalarning daromadi qanchalik ortsa ham bu soliq stavkasi o‘zgarmaydi. Shuni qayd etish lozimki, 1996-yilda kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq stavkasi 38 foizga teng bo‘lgan edi.
So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, 2010-2016 yillarda, O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar va mikrokreditlarning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, kichik biznes sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Agar 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar hajmi 2,7 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 15,9 trln. so‘mga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |