Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Soliqlarning iqtisodiyotni tartibga solishda tutgan o‘rni



Download 1,39 Mb.
bet191/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

22.4. Soliqlarning iqtisodiyotni tartibga solishda tutgan o‘rni
Soliqlar har qanday davlatning iqtisodiy poydevori va moliyaviy siyosatini ta’minlovchi vositadir.

Soliq – bu davlat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan majburiy ravishda undiriladigan va davlatning iqtisodiy vazifalarining bajarilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lardir. Soliqlarni joriy qilish va undirish davlat qonunchiligiga asosan tashkil etiladi. Bugungi kunda soliqlar fiskal va iqtisodiy (tartibga solish va taqsimlash) funksiyalarini bajaradi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlat pul jamg‘armalarini shakllantirishning asosini tashkil etadi. Iqtisodiy funksiyasi esa soliqlar yordamida milliy daromadni qayta taqsimlash, real ishlab chiqarish hamda investitsiyalar jarayonlariga, iqtisodiyotning o‘sish ko‘lami va sur’atlariga ta’sir ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

Soliqlarni undirish belgilangan stavkalar miqdorida amalga oshiriladi. Soliq stavkasi – yuridik, jismoniy shaxslardan olinadigan turli soliqlarga o‘rnatilgan soliq miqdoridir. Soliqlarning proporsional, progressiv va regressiv turdagi stavkalari qo‘llaniladi.

Daromadlar hajmining o‘zgarishidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan foizda soliqqa tortishda proporsional soliq stavkasi qo‘llaniladi. Odatda, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mulk soliqlari proporsional stavkalarda undiriladi.

Daromad o‘sib borishi bilan birga yuqori soliq stavkalari qo‘llanishiga progressiv soliq stavkalari deyiladi. Progressiv soliq stavkalari asosan aholi tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘iga nisbatan keng qo‘llaniladi.

Barcha aksiz soliqlari ularni pirovard to‘lovchisi hisoblangan iste’molchi uchun uning egallagan daromadlariga nisbatan regressiv xarakterda bo‘ladi.

Undirish usuliga ko‘ra, soliqlar bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. To‘lovchi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladigan majburiy to‘lovlar bevosita soliqlar deyiladi. Ularga daromad, foyda, mulk soliqlari misol bo‘ladi. Tovarlar narxida qo‘shilgan va uni sotish jarayonida to‘lanadigan majburiy to‘lovlarga bilvosita soliqlar deyiladi. Aksizlar bunday soliqlarning asosiy turini tashkil etadi.

Soliq tizimi mamlakat hududida amalda bo‘lgan soliqlar to‘plami hamda ularni tashkil etishning uslub va tamoyillarini o‘z ichiga oladi.

Rivojlangan mamlakatlarda amalda bo‘lgan soliqlarning miqdori, stavkalari va undirish tartibidagi turli-tumanlikdan qat’i nazar, ulardagi soliq tizimlari umumjahon amaliyoti tomonidan qabul qilingan soliqqa tortish tamoyillari asosida tashkil qilingan.

Har qanday mamlakat soliq tizimining asosini quyidagi soliqlar tashkil qiladi: aholi tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i; yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; mulkiy soliqlar; aksiz yig‘imlari va bojxona bojlari.

Rivojlangan mamlakatlarda bilvosita soliqlar (QQS va aksizlar) ning budjet daromadlaridagi ulushi 30 foizdan oshmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa, ular ustuvor maqomga ega bo‘lib, odatda, budjet daromadlarining 50  – 70 foizini ta’minlaydi. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich 2016-yilda 51,5 foizni tashkil etdi.

Rivojlangan mamlakatlar soliq tizimini shakllantirishda soliqlarning asosiy ulushi korxonalardan emas, aholidan undirilishi lozim degan nuqtayi nazardan kelib chiqiladi. Bu esa talabni cheklash orqali narx o‘sishi va inflyatsiya sur’atlarini jilovlash omili bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi mamlakat soliq tizimining jahon talablariga mos ravishda faoliyat olib borishiga huquqiy asos yaratdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan barcha soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig‘imlarga ajratilgan.

Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:

– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

– qo‘shilgan qiymat solig‘i;

– ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz solig‘i.

– realizatsiya qilinadigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i;

– yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Umumdavlat soliqlarining asosiy xususiyati shundaki, mazkur soliqlardan to‘lanadigan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasining Markaziy budjetiga jamlanadi.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mamlakat hududlarining mahalliy budjetlarida jamlanadi va ularning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi:

– yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i;

– yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

– reklama solig‘i;

– avtotransport vositalarini olib-sotganlik uchun soliq;

– savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;

yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im;

– avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im;

– obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

«Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq quyidagi tashkilotlar davlat soliq organlari deb belgilangan: O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyatlarning davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar davlat soliq inspeksiyalari.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish