Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 1,39 Mb.
bet199/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

23.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining

pul-kredit siyosati
O‘zbekistonda pul-kredit siyosati makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va to‘lov intizomini kuchaytirishga qaratilgan. Markaziy bank o‘zining pul-kredit sohasidagi faoliyatini «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiradi. Mazkur Qonunning 23-moddasida respublikamizda pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ajratilib ko‘rsatilgan:

– iqtisodiy konyunkturani tahlil qilish va bashoratlash;

– muomaladagi pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini belgilash;

– pul massasi, shu jumladan, Markaziy bankning aktivlari o‘zgarishi yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash;

– valuta va foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

– pul-kredit siyosati bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash.

1994-yilnig 1-iyulidan milliy valuta – «so‘m»ning muomalaga kiritilishi bilan pul-kredit siyosati, birinchi navbatda, inflyatsiya darajasini pasaytirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirildi.

O‘zbekiston milliy pul va bank tizimi, shunga muvofiq ravishda pul-kredit siyosati rivojlanishida 4 ta bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi bosqich 1991–1994-yillarni o‘z ichiga olib, uning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bu bosqichda milliy valutani joriy etish va ikki pog‘onali bank tizimini shakllantirish uchun asos yaratildi.

1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun mamlakat mustaqil bank tizimini shakllantirish bo‘yicha bu bosqichda amalga oshirilgan chora-tadbirlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu Qonunga muvofiq eski Davlat bankining respublika idorasi asosida O‘zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga respublika davlat, emission va rezerv banki maqomi berildi.

Biroq bu davrda garchi sobiq Ittifoq respublikalari siyosiy mustaqillikka erishgan bo‘lsa-da, ularning iqtisodiyoti yagona rubl makonida faoliyat ko‘rsatar edi. Rubl makoni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit sohasi rivoji nazoratini mustaqil amalga oshira olmas edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston pul-kredit siyosati hali sobiq Ittifoq davlat banki tomonidan chiqarilgan qoida va me’yorlar asosida amalga oshirilardi. 1992-yildagi respublika pul-kredit siyosati ham yagona rubl makonida qatnashish asosida shakllangan edi.

O‘zbekistonning o‘z milliy valutasini kiritish zaruriyati Rossiyada 1993-yilgi yangi banknotalar muomalaga kiritilishi bilan keskin tus oldi. Shundan so‘ng qator MDH davlatlari ham o‘z milliy valutalarini muomalaga kiritishlari natijasida ularning hududlarida amal qilmay qo‘ygan eski pul emissiyasi O‘zbekistonga oqib kela boshladi.

O‘zbekiston rubl makonida yuzaga kelgan ushbu vaziyat natijasida juda qiyin va noqulay ahvolda qoldi, chunki boshqa respublikalarda amal qilmay qolgan 1961–1992-yil banknotalari evaziga respublika hududidan hayotiy muhim oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli tovarlari olib chiqib ketila boshlandi.

Qiyin iqtisodiy sharoit O‘zbekiston rahbariyatidan ikki muqobil yo‘ldan birini – rubl zonasida qolish yoki o‘z milliy valutamizni muomalaga kiritishni tanlashni taqozo qildi. Makroiqtisodiy beqarorlik, yuqori inflyatsiya darajasi, moliyaviy va iqtisodiy nomutanosiblik kuchayib borayotgan bir sharoitda tez fursatda qaror qabul qilish lozim edi. Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan muqobil vaziyatlari tahlili asosida 1993  – 1994-yillarda o‘z milliy valutamizni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida sifat jihatdan yangi bosqich – mustaqil pul-kredit siyosati yuritish bosqichini boshlab berdi.

Pul-kredit siyosati rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 1994  – 1996-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda milliy valuta «so‘m» muomalaga kiritildi va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratildi.

O‘zbekiston milliy valutasi «so‘m» muomalaga kiritilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mus­taqil pul-kredit siyosati yurgizish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, birinchi navbatda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga, inflyatsiya darajasini pasaytirishga va iqtisodiyotdagi to‘lov intizomini kuchaytirishga yo‘naltirildi. Bunda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bank tizimini isloh qilish va uni rivojlantirishga asos bo‘ldi.

Markaziy bank davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lgan pul-kredit siyosati bo‘yicha o‘z faoliyatini har yili qabul qilinadigan «Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari» doirasida olib boradi. Asosiy yo‘nalishlarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit siyosatini yurgizish, mamlakat to‘lov tizimini takomillashtirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish, iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilab olinadi.

Markaziy bankning asosiy maqsadlaridan biri milliy valutaning qadrini oshirish bo‘lganligi sababli pulning qadrsizlanishini pasaytirishga qaratilgan siyosat pul-kredit siyosatining asosi bo‘ldi. Milliy valuta kiritilgandan so‘ng Respublika hukumati va Markaziy bank tomonidan olib borilgan qat’iy pul-kredit siyosati inflyatsiya darajasining muttasil kamayib borishi uchun zamin yaratdi. Narx-navo o‘sishini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati tezda o‘zining samarasini ko‘rsatdi.

1992  –1994-yillarda iste’mol narxlarining o‘sishi o‘rtacha 1000 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich, ayniqsa, 1994-yilda eng yuqori darajaga yetdi. Shu yili inflyatsiya darajasi 1281 foizni tashkil etdi.

Albatta, bunday inflyatsiya, birinchi navbatda, aholining kam himoyalangan qatlamlari, nafaqadorlar, talabalar, qat’iy belgilangan daromad oluvchi xizmatchilarga ayniqsa sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yuqori inflyatsiya aholining jamg‘armaga bo‘lgan moyilligini kamaytirib, bank tizimining moliyaviy resurslarini bir iqtisodiy agentdan ikkinchisiga o‘tkazish qobiliyatini susaytirdi. Narx-navo yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan paytda uning iqtisodiyotdagi ishlatilayotgan imkoniyatlari haqida axborot berish vazifasi susaydi.






Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish