Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Markaziy bankning pul-kredit siyosati



Download 1,39 Mb.
bet198/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

23.2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati deganda pul-kredit tizimi faoliyati, pul muomalasi va ssuda kapitallari bozori ko‘rsatkichlarini tartibga soliish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlari majmui tushuniladi.

Pul-kredit siyosati davlat umumiqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib (sanoat, tarkibiy, tashqi savdo, investitsiya, soliq va boshqa siyosatlar bilan birga) hukumat oldidagi ustuvor vazifa va maqsadlar bilan belgilab beriladi.

Pul-kredit siyosatining pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sishning barqarorligi, ishsizlikning past darajasi, past inflyatsiya, narxlar barqarorligi va barqaror to‘lovi balansini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati maqsadlari orasida uzoq muddatli (ishsizlik yo‘q sharoitlarida inflyatsiyasiz iqtisodiyot) va qisqa muddatli (muomalada ma’lum bir darajadagi pul massasi, bank zaxiralari va foizning hisob stavkalarini ta’minlash) maqsadlarni ajratish mumkin.

Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bevosita (ma’muriy) va bilvosita (iqtisodiy) usullardan foydalanish mumkin.

Ma’muriy usullar Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatiga nisbatan o‘rnatiladigan miqdoriy va sifat cheklashlarni nazarda tutadi.

Pul-kredit mexanizmining iqtisodiy usullari tijorat banklari faoliyatiga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy usullar bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarga xos bo‘lib, unda har bir ikkinchi bo‘g‘in kredit muassasasi mustaqil pul-kredit siyosatini yuritadi va shu orqali raqobatni rag‘batlantiradi.

Odatda, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda pul-kredit siyosati ko‘proq bilvosita tartibga solish vositalariga asoslanadi. Chunki bu mamlakatlarda moliya sektori yetarli darajada rivojlanmagan va raqobat muhitini barpo etish uchun tegishli tuzilmalar mavjud bo‘lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy vositalariga qu­yidagilar kiradi:

– ochiq bozordagi operatsiyalar;

– minimal zaxira talablarini o‘rnatish;

– tijorat banklarini qayta moliyalashtirish miqdorlari va shartlarini belgilash.

Ochiq bozordagi operatsiyalar deganda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari va aholiga davlat obligatsiyalarini sotish va ulardan sotib olish yo‘li bilan pul massasini tartibga solish tushuniladi. Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat obligatsiyalarini tijorat banklari va aholidan sotib olishda pul taklifining oshishiga erishiladi. Pul massasini qisqartirish zaruriyati tug‘ilganda ushbu obligatsiyalarni sotish yo‘li bilan pul muomaladan olinadi.

Zaxira talablari Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun belgilanadigan depozitlarning minimal zaxiralashtirish me’yoridan iborat. Majburiy zaxiralar me’yori oshirilganda pul multiplikatorining ahamiyati pasayadi va pul taklifi qisqaradi. Pul massasiga ta’sir ko‘rsatishning mazkur vositasi rivojlangan mamlakatlarda kam qo‘llaniladi, chunki uning bozor talablariga muvofiq kelish darajasi ancha past.

Minimal zaxiralar ikkita asosiy funksiyani bajaradi. Birinchidan, ular likvid mablag‘lar sifatida tijorat banklarining depozitlar bo‘yicha majburiyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Majburiy zaxiralar me’yorini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish bilan Markaziy bank iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqqan holda tijorat banklarining likvidligini minimal mumkin bo‘lgan darajada ushlab turadi.

Ikkinchidan, minimal zaxiralar Markaziy bank tomonidan mamlakatdagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.

Foizning hisob stavkasi – bu Markaziy bankning tijorat banklariga kredit berishdagi stavkasidir. Pul bazasini va pul taklifini oshirish zaruriyati paydo bo‘lganda Markaziy bank hisob foizini pasaytiradi, ya’ni kreditni arzonlashtiradi hamda tijorat banklarining kredit berishlarini rag‘batlantiradi. Hisob stavkalari pasaygan vaqtda tijorat banklarida Markaziy bankdan arzonlashgan kredit olishga qiziqish paydo bo‘ladi. Bundan maqsad vujudga kelgan kredit stavkalarida o‘z mijozlariga kredit xizmati ko‘rsatishni kengaytirish va vujudga kelgan foiz stavkasi hamda arzonlashtirilgan foiz stavkasi o‘rtasidagi tafovut evaziga daromadlarni oshirishdan iborat.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish