“Turizm” ta’lim yo’nalishi 181- guruh talabasi ArtikovPanaboy ning


-rasm. “Xorazm: tarix va bugun” mavzusida tayyorlangan majmuali turistik marshrutning ko‘rinishi9



Download 2,81 Mb.
bet17/20
Sana03.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#735746
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
fahriddin kurs ishi

2.2.1-rasm. “Xorazm: tarix va bugun” mavzusida tayyorlangan majmuali turistik marshrutning ko‘rinishi9
Mazkur rasmda keltirilgan turistik marshrut Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning yangi yo‘nalishi sifatida qaralib, uning tarkibida texnologik xarita muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, turistik sayohatning texnologik xaritasi quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi:
- marshrutning nomi va mavzusi: Xorazm: tarix va bugun;
- marshrutning muddati: 1 kun;
- marshrut turi: Majmuali (ekologik, arxeologik, imliy, madaniy va diniy ziyoratgoh turizm obyektlari);
- marshrut masofasi: 240 km.
- marshrutning harakatlanishi (transportda – mikroavtobus, piyoda -700-1000 metr masofadagi ekskursiyalar hamda mahalliy transportda – tuyalarda 2-3 km. masofalarga ekzotik sayr);
- marshrutda turistlarning soni: 15 nafar;
- marshrutdagi ekskursiyalar mavzusi va yozma shakli: ekoturizm, arxeologik, dam olish va diniy turizm.
- marshrut rahbari bo‘lgan korxona manzili: ________________________
- rahbarning familiyasi va imzosi: _______________________________
Shu bilan birga, mazkur marshrutdagi turistlarga xizmatlar ko‘rsatish dasturi quyidagicha ajratiladi:
-marshrut nomi: Xorazm:tarix va bugun;
- marshrut masofasi: 240 km.;
- marshrutda foydalaniladigan transport turlari va ularni harakatlanish masofalari (mikroavtobusda - 230 km. masofa va tuyalarda - 2-3 km.).
Darhaqiqat, mazkur tuzilgan marshrutda yuqorida keltirilgan har bir omil va unsurni albatta hisobga olish lozim. Chunki, mazkur omil va unsurlar hisobga olinmasa, marshrut tuzilgandan keyin albatta sayohatning boshlanganida mazkur sayohat o‘z nihoyasiga etmay qolishi, turistlarning dam olishi ta’minlanmasligi hamda natijada turfirma o‘z ko‘zlagan foydasiga erishmay qolishi mumkin. Ya’ni, turistik marshrut samaradorligi sezilmay va sust ahvolda qolishi mumkin.





2.3 O’zbekiston respublikasining milliy parklari va tabiiy qo’riqxonlari haqida ma’lumotlar
Hisor tizmasi (Pomir-Oloy tog‘ tizimi)ning Qashqadaryo viloyatidagi g‘arbiy yon bag‘rida Hisorning tog‘ ekotizimlari va archa komplekslarini muhofaza qilish uchun yaratilgan noyob qo‘riqxona mavjud. Qo‘riqxona maydoni 80986 gektarni tashkil etadi. Qo‘riqxonaning tabiiy ob’yektlari noyobdir. Bu yerda O‘rta Osiyoning eng chuqur g‘orlaridan biri – Amir Temur g‘ori joylashgan. 2900 m.dan ziyod balandlikdagi ushbu maskan uzunligi deyarli 1000 metr keladigan ikkita g‘ordan iborat. Bu yerdagi g‘orlarda stalaktitli baland grotlar hamda noyob buloqlar bilan oziqlanadigan go‘zal yerosti ko‘li bor. Diqqatga sazovor bo‘lgan sayyohlik ob’yektlari orasida Hazrati Sulton muqaddas tog‘i, toshqotgan dinozavr izlari, Suvtushar sharsharasi, Qizilshavar karst platosi, Xo‘jakarshavar baland tog‘li platosi, Janka baland tog‘li ko‘li, Kalasoy darasi, Zarmas darasi, Seversev muzligi, G‘ilon, Zarmas va Ko‘l sermanzara tog‘ qishloqlari, Qizilgaz yozgi yaylovlarini uchratish mumkin.

2.3.1- rasm
Zomin milliy tabiat parki O‘zbekistonning yana bir milliy g‘ururi - yaqinlarda “O‘zbek Shveytsariyasi” nomini olgan mamlakatning asosiy kurorti - Zomin milliy tabiat parkidir. Bu hudud azaldan o‘ziga xos tabiati va shifobaxsh havosi bilan mashhur.Maydoni 25 gektardan ortiq bo‘lgan bu milliy park, Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Turkiston tog‘ tizmasining shimolida joylashgan. Park, birinchi bo‘lib XIX asrning 60-yillarida rus olimi va biologi A.P.Fedchenko tomonidan o‘rganilgan. 1960 yilda esa va noyob archa o‘rmonlari va ularning noyob hayvonot dunyosini saqlab qolish maqsadida qo‘riqxonaning o‘zi tashkil etilgan. Parkning rel’yefi, bitta yaqqol tog‘ tizmasini tashkil etadi. Eng baland tizma, dengiz sathidan 3500 metrga yetadi. Janubda, park hududi Turkiston tizmasining chuqur, tor daralari bilan ajratib turuvchi yon bag‘irlar bilan o‘ralgan. Shimolda qo‘riqxona qoyalari archa o‘rmonlari bilan qoplangan ancha yumshoqroq relyefga ega.Milliy parkning iqlimi keskin kontinental bo‘lib, fasllarning almashishlari yaqqol seziladi. Bahorda o‘rmonlar yam-yashil. Yomg‘irning ko‘p qismi aprel, oktyabr va yanvar oylariga to‘g‘ri keladi. Iyul va avgust oylarida harorat +32 darajagacha ko‘tariladi, yanvarda esa -30 gacha pasayishi mumkin.Haroratning keskin o‘zgarishi tufayli qo‘riqxonada sovuqqa chidamli daraxtlar va butalar ko‘p o‘sadi. Flora vakillari orasida efir moyli, meva va reza mevali, sarg‘ish kabi shifobaxsh xususiyatlarga ega dorivor o‘simliklar uchraydi. Zomin chakalakzorlari bo‘ylab yurib, siz na’matak, yalpiz, hashaki no‘xot, tarxun, piyoz, chinnigullar, do‘lana, yorongul va boshqa ko‘p narsalarni terib olishingiz mumkin. Boy o‘simliklar olami, turli xil hayvonot dunyosini ham nazarda tutadi. Parkda bo‘ri, burgut, chittak, quyon, turkiston agamasi, turkiston boyo‘g‘lisi, qorayaloq, ko‘l qurbaqasi, toshli savsar va boshqa ko‘plab hayvonlar va qushlar yashaydi. O‘rmonzorlar orasida, turkiston yelisi, o‘rmon olmaxoni va hattoki oq tirnoqli ayiq ham yashiringan. Qo‘riqxonada, uning noyob tabiatidan tashqari Qizil otaksoy maydonidagi g‘alati shakldagi ulkan qizil toshlar, qadimiy Boboyong‘oq yong‘oq daraxti, Peshag‘or g‘ori, “Xujay serob-ota” ziyoratgohi kabi ko‘plab tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylar ham mavjud.

2.3.2 - rasm
Bundan tashqari, yil davomida Zominda shifobaxsh dam olish ham mumkin. Parkdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Zomin sanatoriyasi joylashgan. Dam olish zonasida ko‘p yillar davomida barcha o‘zbekistonliklar uchun sevimli dam olish maskaniga aylangan ko‘plab pansionatlar, sanatoriylar, dam olish uylari va bolalar oromgohlari mavjud.

2.3.3- rasm
BADAY TO'QAY Mamlakatimizning janubi-sharqida, Amudaryo sohilida noyob to‘qay qo‘riqxonalari mavjud. Baday-To‘qay qo‘riqxonasi shular jumlasidandir. Ushbu hudud 70-yillarda Amudaryo sohilidagi to‘qay o‘rmonlarini muhofaza qilish va Buxoro bug‘ularining yashash joylarini tiklash uchun yaratilgan edi.

2.3.4-rasm
Baday-To‘qay qo‘riqxonasining maydoni 6462 gektarni tashkil etadi.O‘simlik va hayvonot dunyosiQo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va dasht yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.


Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish