- majmuali usul.Bunga asosan turizm marshrutlari ishlab chiqilganda marshrut nomi bir mavzuda bo‘lishi yoki ikki, ayrim hollarda uch xil mavzuda bo‘lishi mumkin. Masalan: tarixiy-diniy ziyoratgoh, tarixiy-rekreatsion vasport turizmi marshrutlari. Bunday majmuali turizm marshrutlarni ishlab chiqish xalqaro turistlarning talab va istaklari asosida amalga oshiriladi.
Ayniqsa, majmuali turizm marshrutlari uzoq masofalardagi turistik makonga, ya’niobyektga turistlar tashrif qilinganda ishlab chiqiladi. Masalan: ekoturizm resurslari shaharlar va tumanlar markazlaridan ancha uzoqda cho‘l yoki tog‘ mintaqalarida joylashgan. Bunday resurslarga birdan etib borish turistni charchatadi va zeriktiradi.
Shuning uchun ham, majmuali marshrutlar ishlab chiqilganda turistni qiziqtiradigan so‘nggi turistik resursga borishdagi barcha turizm resurslariga ekskursiyalarni uyushtirish, so‘lim joylarda dam olish, tunashni tashkil qilish, marshrut atrofidagi diqqatga sazovor joylar, qadimiy maskanlarva tarixiy-madaniy obidalar marshrutga kiritiladi.
Darhaqiqat, majmuali turistik marshrutlar guruhlar va alohida turist uchun ishlab chiqilishi mumkin. Ba’zi hollarda kasbiy faoliyat tufayli kelgan turist turistik resurslarning tarixi bilan qiziqishi mumkin. Masalan, ekologik turizmdagi hayvonot olami bilan qo‘riqxonada tanishgan turist uning yashash tarziva biologiyasi bilan qiziqib qolganda turistik marshrut tuzuvchi tomonidan mazkur hayvonot turlari bo‘yicha ishlaydigan ilmiy markaz, universitet va tajriba markazlari, shuningdek ularda ishlaydigan olimlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish marshrut dasturiga kiritiladi. Shu tarzda mavzuli turistik marshrutlar ko‘p mavzuli yoki majmuali mavzuli turistik marshrutlarga aylanadi.
- kartografikyokixaritali usul.Mazkur turistik marshrutlar uzoq masofalarga mo‘ljallanganligi uchun harakatlanish marshruti o‘tadigan joylardan xaritadan foydalanib ishlab chiqiladi. Bu usulda sarguzasht, suv havzalaridagi sayohat, g‘orshunoslik, tabiiy mintaqalar va tog‘larga turistik marshrutlar ishlab chiqiladi.Unda turistik marshrut ko‘p hollarda arxeologik yoki paleontologik sayohatlarni tashkillashtirishda juda qo‘l keladi.
Shuningdek, turistik marshrutlarni ishlab chiqishda rekreatsion va ekologik turizm talablarini hisobga olish lozim. Chunki, ekskursiya turizmi marshrutlarini ishlab chiqishda ushbu turizm marshrutlaridagi talablar qo‘yiladi. Aniqroq aytganda, rekreatsiya turizmi marshrutlarini ekologik turizm marshrutlari deb atash mumkin. Chunki, dam olish maskaniga turist faqat tabiat resurslari orqali etib boradi va dam olish vaqtida atrof-tabiiy muhitni ko‘rish uchun kunlik ekskursiyalarga chiqadi.
Hamda, turizm marshrutlarini ishlab chiqishda turistik resurslardan majmuali foydalanishni hisobga olish lozim. Ya’ni, turistik marshrut marshrut atrofidagi barcha qiziqtiruvchi obyektlarni qamrab olishi lozim. Buning natijasi turistik marshrutlarni ishlab chiqish tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |