Turakulov e



Download 2,06 Mb.
bet20/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

kelgan.


Shu ma’noda sharқ mutafakkirlarining asarlari aloҳida қiziқish uyғotadi. Jumladan Al-Xorazmiy Muҳammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, Al-Kindiyning "Arastuning kitoblari miқdori va yana falsafani o’zlashtirish uchun nima zarurligi ҳaқida risola"si, "Dastlabki falsafa to’ғrisida", "Besh moҳiyat to’ғrisida kitob", "Paydo bo’lish va yo’қ bo’lishning yaқin tasvirlari jzoҳi", Al-Farobiyning "Aқl ma’nolari to’ғrisida", "Fozil odamlar shaҳri", "Baxt-saodatga erishuv to’ғrisida", "Ilmlarning kelib chiқishi", "Almagestr Ptolomeyga izoҳ", "Ixso-ul-ulum", Ibn Sinoning "Kitob ash ishorat va at tanbiқot", "Donishnoma" (mutlaқ baxt ҳam, mutlaқ baxtiқarolik ҳam yo’қ), "Ҳay ibn Yaқzon" va boshқa asarlarida, Abu Rayҳon Beruniy "Masud қonuni", "Dorivor o’simliklar ҳaқida kitob", "Saydana", "Munajjimlik san’atidan boshlanғich tushunchalar", "Yodgorliklar", Abduraҳmon Jomiyning "Musiқa" risolasi ҳamda Alisher Navoiyning "Maҳbubul қulub" kabi asarlari katta қiziқish uyғotadi.
Xorazmiy bilish faoliyati nazariyasiga ulkan ҳissa қo’shgan. U bilishning tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiy tomonidan қuyidagi umumdidaktik tamoyillar ҳamda metodlar va shakllar asoslab berilgan: mustaқillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlarni va ҳodisalarni tasvirlash va uni muntazam bayon қilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya va deduksiya aspektida yakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o’қitishning savol-javob shakli.
Xorazmiyning salafi Al-Kindiy moҳiyatni barcha nazariy bilimlarning bosh mavzusi, deb қaraydi. U awalo miқdor va sifatni ҳissiy idrok қilish zarurligini ta’kidlaydi.
Kindiy ilmiy bilishning uch poғonali konsepsiyasini ilgari suradi tabiiy fanlar, mantiқ va matematikadan bilimlar metafizika muammosiga olib keladi. Kindiy o’z falsafiy қarashlarini asoslashda ilmiy bilishni diniy bilimlarga қarama-қarshi қo’ygan ҳolda matematika va tabiiy fanlarga aloҳida aҳamiyat beradi. Kindiy inson bilimlari ҳissiy va aқliy bilimlarga bo’linadi, deb ҳisoblaydi. Uningcha, ҳissiy bilimlar o’z predmeti bilan boғlangan bo’lib, uning obekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta’kidlaydiki, agar ҳissiy bilimlar yakka bilimlardan iborat bo’lsa, aқliy bilimlar esa umumiy bilimlardir. Kindiy fikricha, ҳaққoniylikni bilish va o’zining xatti-ҳarakatlarini ҳaққoniylik bilan muvofiқlashtirishda, kishi ongidagi uning sabablarini aniқlash kaliti yordam ko’rsatadi.
U shunday yozadi: "Sababini topgan ҳolatdagina biz ҳaқiқatning tagiga eta olamiz. Ҳar қanday narsaning moҳiyatini anglash esa ҳaқiқatni bilish uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalarning barchasi ҳaқiқatdan iboratdir. Ҳaқiқatni idrok bo’ladi, binobarin, mavjud narsalarni ҳammasini anglamoқ mumkin".
Bilish jarayoniga Farobiy aloҳida aҳamiyat beradi. U o’zining "Aқl ma’nolari to’ғrisida" va "Baxt-saodatga erishuv to’ғrisida" asarlarida insonlarning bilimga bo’lgan intilishlarini ҳar tomonlama keng yoritishga ҳarakat қiladi. U shunday yozadi: "Kishi biror buyum ҳaқida bilishni istasa, uning қandaydir bir ҳolatini biladi va ongini o’sha predmet shaklidagi bilimga yo’naltiradi. Bu o’zi intilgan ҳaқiқatni қidirish demakdir".
Farobiyning ilmiy ғoyalarini umumlashtirgan ҳolda X.X. Tlashev uning bilish to’ғrisidagi nazariy asoslarga baғishlangan ishlari, xususan, mantiқ fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi қarashlarida birinchi marta uning moҳiyati ochib berilganini ta’kidlaydi. Bu jarayonlar, mantiқda unga rioya қilish, tafakkurni takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida қo’pol xatolarning oldini olish қonunlari sifatida aks etadi.
Farobiy fikrlash faoliyatini jonlantirishning didaktik tamoyillari va metodlarini asoslab berdi. Unga o’қitishning amaliy yo’nalganligi; nazariy bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiқiylik va uzviylik, ҳukm metodlari va usullari; indukstiya va dedukstiya metodlari kiradi.
Farobiyning bilish jarayoni ҳaқidagi қarashlarini Abu Ali ibn Sino ҳam tasdiқlaydi. Uning tushunishicha, mantiқ inson bilimlarining asosi sifatida қoida va me’yorlarni belgilab beradi; insonning bilish faoliyatini jonlantiradi ҳamda uning to’ғri fikrlashini o’stiradi. Farobiy tomonidan ishlab chiқilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar ғoyasining rivojlanishini ta’minlaydi. U shunday yozadi: "fanlar tasnifi insonga fanlarni o’zaro қiyoslash, ulardan қaysi birlari zarur, foydali, tugallangan, ҳaққoniy va kuchli va қaysi birlari i қadar zarur emas va kuchsizroқ, shuningdek, o’rganish uchun nimadan boshlash, xususan nimani o’rganish, nima yaroқli, қaysi bin yaroқsiz va қay darajada uni egallash kabi masalalarda yordam beradi. Shunday қilib, uningfanga bo’lgan munosabati ko’rlikka, nodonlikka emas, balki bilim va donolikka asoslanadi".
O’rta asr olimlari o’z asarlarida inson faoliyatining ikki turi ҳaқida fikr yuritadilar. Bu meҳnat va bilish faoliyatidir. Ular shuni ta’kidlaydilarki: "Bilim — bu biluvchining қalbidagi bilinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o’қitish va o’zlashtirishsiz bilim bo’lmaydi. O’қitish — bu қalbdan chiқadigan, қalb uchun dolzarb, ichki bilishga asoslangan e’tiқod. Bilimlarni o’zlashtirish — bu bilim shakllarini қalbdan idrok etishdir. Bilingki, қalb bilish predmetlari shakllarini uch tomonlama қabul қiladi: birinchidan, ҳis қilish orқali, ikkinchidan, dalillar orқali, uchinchidan, fikr yuritish va mushoҳada қilish orқali".
Kaykovusning "Қobusnoma" asarida bilimning foydasi ҳaқida қuyidagicha yoziladi: "Agar molsizlikdan қashshoқ bo’ҳang, aқldan boy bo’lmoққa say ko’rguzgilki, mol bila boy bo’lғondan, aқl bila boy bo’lғon yaxshiroқdur. Nedinkim, aқl bila mol jam esta bo’lar, ammo mol bila aқl o’rganib bo’lmas. Bilғil, aқl bir moldurki, uni o’ғri ololmas, u o’tda yonmas, suvda oқmas".
Farobiy o’z asarlarida bilish faoliyatini tashkil etish tavsiyalarini ishlab chiққan. Unda uch shart belgilanadi:

  • muayyan fan asosida yotgan barcha tamoyillarni yaxshi bilish;

  • muayyan fan ma ‘lumotlari, ya ‘ni ҳukm chiқarish қoidalarini egallashga aloқador tamoyillar va ma ‘lumotlar asosida zarur xulosalar chiқara olish;

  • yanglish nazariyalami inkor eta olish, yolgondan ҳaқiқatni ajratib ola bilish va xatolarni tuzata olish uchun boshқa mualliflaming fikriarini taҳlil қila olish.

Beruniy bilish obektiga bo’lgan ilmiy-falsafiy va konkret-metodologik yondashuv munosabatlariga e’tibor қaratish lozimligini uқtiradi.
Beruniy ҳissiy bilishga aloҳida diққat қaratadi. U shunday yozadi: "Bilim soҳalari ko’pdur, tobora rivojlanayotganda insonlar aқl-zakovatining unga қo’shilib borishi bilan ular yanada ko’payadi, uning belgisi insonlarning fanga intilishi, uni ezozlashi, fan kishilarini e’zozlashidadir".
Voқelikning noma’lum tamoyillarini bilish ҳaқida: "Bilinishi lozim bo’lgan barcha ҳodisalarning yo’li borki, uning vositasida bilimlarga erishish mumkin",- deydi.
Abu Ali ibn Sinoning aқl taraққiyoti bosқichlari ҳaқidagi fikrlari ҳam Icisbida қiziқish uyғotadi. Unda uchta bosқich belgilanadi: Birinchi bosқich -- aқliy idrok bo’lib, unda aқliy kategoriyalar tushuniladi. Ikkinchi bosқich - ikki tomonlama idrokdir. Uchinchi bosқich - fikran idrok қilinadigan bilimlar o’zlashtirib olinganda namoyon bo’ladi.
Umar Ҳayyom o’z ta’limotida ilmiy bilishga aloҳida diққat e’tibor қaratadi.
U shunday deydi: "Aқl-zakovat narsa va ҳodisalarning xususiy tasodiflarini umumlashtirmasa, u ҳaқda tasavvur ҳosil қila olmaydi ҳamda narsa va ҳodisalardan ajralib қolgan mavҳumlikni umuman aks ettirmaydi".
O’rta asrlar қomusiy olimlarining қarashlari taҳlilidan shunday xulosa қilish mumkinki, ularning ilmiy dunyoқarashi mavjud tashқi olam va uning idshilar ongida aks etishini tan olishlari tufayli yuzaga kelgan. Ular bilishning manbaini real voқelik deb ҳisoblaganlar. Ularning fikricha, inson bilimlarni uni o’rab olgan olamdan oladi va ular (bilimlar) ushbu olamning inikosidir.
Yaқin va o’rta sharқ қomusiy olimlarining pedagogik қarashlari taҳlili bu қarashlarning yaxlitligini, ularning ilmiy bilish, insonga bo’lgan munosabat va uning amaliy faoliyati shakllanishi va rivojlanish usullari bilan boғliқligini ko’rsatadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish