Turakulov e


Oliy maktab talabalarining bilish faoliyati



Download 2,06 Mb.
bet21/113
Sana26.10.2022
Hajmi2,06 Mb.
#856756
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
Bog'liq
KL Педагогик технологиялар ва махорат

1.5. Oliy maktab talabalarining bilish faoliyati


Oliy maktabda mutaxassislar tayyorlash jarayonini faқat muayyan fanlar bo’yicha bilim, malaka va ko’nikma olish bilan chegaralab bo’lmaydi. Shu tufayli ҳozirgi sharoitda o’қuv jarayonini sifat jiҳatdan jiddiy қayta қurish lozim bo’ladi. Shu munosabat bilan oliy maktabda talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish muammosi aloҳida aҳamiyat kasb etadi.
Bilish faoliyati masalalari taniқli psixolog va pedagog P.P. Blonskiyning ijodida yoritib berilgan.
P.P. Blonskiy ilk bor pedagogik psixologiyada mantiқiy ҳukm turlarining shakllanishi (muammoli, oldindan ko’ra bilish) va xulosa chiқarish planida ta’lim oluvchining fikrlashini taҳlil қilib berdi. U bilish faoliyatini psixologik ҳodisalar — xotira, iroda, idrok bilan dialektik aloқadorlikda deb қaraydi va xotira nazariyasini shakllantirar ekan, xotiraning fikrlash va nutқ bilan ichki aloқasini ochib beradi. P. Blonskiyning o’rganishga қiziқtirish asosida faollik va mustaқillikka undash, mustaқil faoliyat yuritish, ta’lim oluvchilarning bilish қobiliyatlarini o’stirishni tashkil etish to’ғrisidagi ғoyalari samarali ҳisoblanadi.
Bilish faolligi muammosi bo’yicha L.P. Aristova, M.A. Danilov, B.P. Esipov, I.Ya. Lamer, R.S.Noga, M.N. Skatkin, M.I. Maxmutov, I.T. Ogorodnikov kabi pedagog va psixolog olimlar tadқiқot ishi olib borganlar.
Didaktika va psixologiyaga oid adabiyotlar taҳlilidan "bilish" va "o’қitish" degan tushunchalami farқlash lozimligi ko’rinadi.
"Bilish faoliyati" tushunchasi "o’қuv faoliyati" tushunchasidan ancha keng. Bilish faoliyatining mazmuniy tomoni o’қuv dasturlariga asoslangan fonnal o’қitish doirasidan chiқadi. Bilish faoliyati inson қurollanishi uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar, shuningdek, unga zarur bo’lgan ijtimoiy faollik va moҳiyatnigina emas, balki bilimlarni mukammallashtirish, takomillashtirish eҳtiyojlariga boғliқ ravishda uni tanlay olish ҳamda tashkil eta olish va uni ҳayotga tatbiқ etishni shakllantirishdir.
Pedagogika nazariyasi bilish faoliyatini jonlantirish masalasiga xilma-xil omillar majmui nuқtai nazaridan қaraydi: ijtimoiy omillar (obektiv va subektiv shakllarda) va subektda muayyan ma’naviy eҳtiyojning mavjudligi omili.
Talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish uchun ularda қuyidagilarni shakllantirish zarur:

  • bilishga tayyorlik;

  • bilish faoliyatining malaka va ko’nikmalari;

  • bilish faoliyatiga eҳtiyoj.

Talabalarda bilish faoliyatiga bo’lgan barқaror eҳtiyojni shakllantirish jarayoni bu faoliyatning psixologik dalillanishiga asoslanadi.
S.A. Rubinshteyn ta’kidlaydiki: "Fe’l-atvordagi barқarorlikka ega bo’lgan ҳar bir intilish, bu bo’lғusi xarakterning қirralaridan biridir. Xarakter esa birin-ketin inson xatti-ҳarakatlarida namoyon bo’lib, unga singishib, shaxsiy ҳislatga aylanadigan intilishlar majmuidir".
Bilish faoliyatining faol қo’zғatuvchilari қuyidagilardir:

  • konkret faoliyatga bevosita, faol қiziқish;

  • axloқiy — estetik va ruҳiy қoniқish (motivlari).

A.K. Gromsevaning tadқiқotlari shuni ko’rsatadiki, bilish faoliyatini motivastiyalash o’smirlik yoshida ongli xarakterga ega bo’ladi.
Yu.V. Sharov bilish eҳtiyojlari rivojlanishining bir necha bosқichlarini ishlab chiққan:

  • elementar ilmiy-tadқiқot faoliyati yo’nalishi bosқichi va tashқi taassurotlarga eҳtiyojni shakllantirish;

  • o’rab olgan olamni bilishga bo’lgan eҳtiyojni shakllantirish bosқichi;

  • bilish usulini egallash faoliyati sifatida mashқ қilish eҳtiyojini shakllantirish bosқichi;

  • bilish eҳtiyojlarini tanlashga yo’nalganligini shakllantirish bosқichi;

  • mustaқil taҳsilga bo’lgan eҳtiyojni rivojlantirish bosқichi.

Bilish faoliyatini jonlantirish faқat bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yaxshilashgagina emas, balki shaxsning eng muҳim sifati bo’lgan faollik va mustaқillikning shakllanishiga ҳam yo’naltirilgan bo’lishi zarur.
Talabalar oliy o’қuv yurtida o’қib turgan vaқtida bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashda barcha turdagi o’қuv jarayoniga jalb қilinadilar. Bu davrda ular shaxsining asosiy қiyofalari shakllanadi. Faoliyatining bu shakllarida ularning eҳtiyojlari, қiziқishlari, moyilliklari, ҳissiyotlari, motivlari, shuningdek, umumiy va xususiy қobiliyatlari paydo bo’ladi va rivojlanadi.
Olimlarning isbotlashlaricha, ҳar қanday faoliyatning tarbiyaviy samaradorligi ko’proқ uning tashkil etilish darajasiga boғliқ. Қachonki, yosh xususiyatlari faoliyat turlarining galma-galligi, me’yoriyligida amalga oshadi.
Bilish faoliyatini jonlantirishda қiziқish aloҳida aҳamiyatga ega.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish