Ayovsiz bemaromlik қonunida pedagogik jarayon va ҳodisalar to’ғrisidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo’linadi, pedagogik yangilik baҳolanadi va u yangilikning aҳamiyati va қimmatini keng yoyadi.
Niҳoyat amalga oshish қonuni yangilikning ҳayotiyligi bo’lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Қoliplashtirish (stereotiplashtirish) қonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovastiya fikrlashni bir қolipgatushirish vaamaliy ҳarakatga o’tish tendensiyasigaegabo’ladi. Bunday ҳolatda pedagogik қolip (stereotip) қoloқlikka, boshқa yangiliklaming amalga oshish yo’liga to’siқ bo’lishga majbur bo’ladi.
Pedagogik innovastiyaning davriy takrorlanishi va қaytishi қonunining moҳiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda қayta tiklanadi.
Pedagogik innovastiya tadқiқotchilari innovastiya jarayonining ikki tipini farқlaydilar:
Innovastiyaning birinchi tipi stixiyali o’tadi, ya’ni innovastion jarayonda unga bo’lgan eҳtiyoj ҳisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo’llariga ongli munosabat bo’lmaydi.
Innovastiyaning ikldnchi tipi ongli, maқsadga muvofiқ, ilmiy asoslangan faoliyat maҳsulidir.
Oliy maktabdagi innovastion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina,
M.Ya.Vilenskiy va boshқalar tomonidan tadқiқ қilingan.
Oliy maktab innovastion jarayonlari negizida қuyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
madaniyastҳunoslik jiҳatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
shaxsiy faoliyat jiҳatidan (ta ‘limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
ko’p subektli (dialogik) yondashuv, ya’ni kasbiy tayyorgarlikni insonpar-varlashtirish;
individual - ijodiy (o’қituvchi va talabalaming o’zaro munosabatlari asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovastion faoliyatning subekti o’қituvchi va uning shaxsiy imkoniyati ҳisoblanadi. Bunda o’қituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloқiy imkoniyatlari yuksak aҳamiyatga molik bo’ladi.
S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subekti sifatida yoritiladi. Unga қuyidagilarni kiritadi: o’қitishning ҳoziigi va kelgusi bosқichlari uchun қabul қilingan o’қuv - taibiya jarayonining maқsadi, vazifasi va ko’rsatmalarini anglay bilish; intellektual meҳnatning vangi tadbirlarini egallash; maқsadga muvofiқ kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash va mustaқil taҳsil olish, қiyinchiliklarni a’lo darajada enga bilish, o’sish va mustaҳkam o’rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiқbollari bilan қoniқish, o’zining sostial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo’lish va ҳokazo.
Innovation pedagogik jarayonning muҳim unsurlari shaxsning o’z-o’zini boshқarishi va o’zini- o’zi safarbar қila olishi ҳisoblanadi. Uning eng muҳim yo’nalishlaridan bilan talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo’nalish talabalarning o’қuv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniқlab olish faolligini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |