Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Iqlim - tuproq hosil qiluvchi omil



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Iqlim - tuproq hosil qiluvchi omil.
Iqlim tuproq hosil qiluvchi omil deyilganda, joyning iqlim rejimi 
atmosferadan kelayotgan issiqlik va yog‘ingarchilik miqdori, havo 
haroratining sutka, oy, fasl, yillar mobaynida o‘zgarishi nazarda tutiladi. 
Tuproq hosil bo‘lishi energetikasi iqlim bilan bog‘liqdir. Iqlim 
tuproqlarning Yer kurrasida qonuniyatli tarqalishiga bevosita sababchidir. 
Shuning uchun ayrim olimlar iqlimni tuproq hosil bo‘lishida asosiy omil 
deb hisoblaydilar. 
S.V.Kalesnikning ta’rificha, Yer iqlimi bir necha omilning o‘zaro 
ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi, ularning asosiylari quyidagilar: 
1. Quyosh nuri energiyasining kelishi va sarflanishi; 
2. Issiqlik va namlikni qayta taqsimlovchi atmosfera sirkulyatsiyasi; 
3. Atmosfera tsirkulyatsiyasidan ajralmaydigan nam almashinuvi. 
Ushbu omillar joylarning jug‘rofiy holati, kengligi, balandligi, 
pastqamligi va ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir. 
Bu atrofdagi iqlimning asosiy ko‘rsatkichi quyosh radiatsiyasi 
hisoblanib, uning miqdori mahlum hududning jug‘rofiy joylashishi bilan 
bog‘liq darajada farqlanadi. 
Yer yuzasiga kelib tushadigan umumiy issiqlik miqdori R – 
radiatsiya balansi bilan o‘lchanib, KDJ (sm
2
yil) bilan ifodalanadi.
R = (Q + q) · (1- A) – E 
Q – to‘g‘ri radiatsiya, q – sochilgan radiatsiya, A – alg‘bedo, Ye – 
yuzaning samarali nurlanishi. Radiatsiya balansi yer yuzasiga yutilgan 
radiatsiya va samarali nurlanish orasidagi farqdan iboratdir. Radiatsiya 
balansi yer tuzilishi, balandligi, pastligi, joyning kengligi, namligi va 
o‘simlik qoplami bilan bog‘liqdir. Quyosh energiyasi biologik va tuproq 
jarayonlari uchun bosh energiya manbaidir. Yer kurrasining yuzasiga mos 
ravishda sayyoramizning issiqlik mintaqalari shakllanadi (1-jadval). 
1-jadval 
Issiqlik poyaslari 
Mintaqa 
O‘rtacha yillik 
harorat 
Radiatsiya 
balansi 
KDJ(sm
2
/yil) 
Yillik faol harorat 
yig‘indisi °S 
Sovuq (polyar) 
-23-15 
21-42 
400-500 
Sovuq-mo‘tadil 
(boreal) 
-4+4 
42-84 
2400 
Mo‘tadil (subtropik) 
+10 
84-210 
4000 
Iliq (subtropik) 
+15 
210-252 
6000-8000 
Issiq (tropik) 
+32 
252-336 
8000-10000 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
29 
Atmosferadan keladigan yog‘in-sochin tuproqdagi namlik manbaidir. 
Suv tabiatdagi barcha jarayonlarda qatnashib, hayot manbai hisoblanadi. 
Dunyoda yillik aylanma harakatda 577 ming km
3
atrofida suv qatnashadi. 
Shundan 505 ming km
3
okeanlar yuzasidan va 72 ming km
3
quruqlik 
yuzasidan bo‘g‘lanadi. Yuqorida keltirilgan umumiy suvdan yiliga 119 
ming km
3
suv yog‘in-sochin sifatida yer yuzasiga qaytib tushadi. Yog‘in 
miqdori turlicha bo‘lib, ekvator tomonga qarab oshib boradi. O‘rta Osiyo, 
jumladan, O‘zbekiston iqlim xususiyatlari jihatdan quruq subtropiklarga 
o‘xshash. Atmosfera yog‘ini O‘zbekistonda turlicha bo‘lib, cho‘l 
mintaqasida 100 mm dan kam, tog‘likka sayin 1000 mm gacha oshib 
boradi. O‘rta Osiyodagi eng yuqori yog‘in miqdori - 428 mm bo‘lib, Xoji 
Obigarm hududida yog‘adi. 
Namlik va quyosh radiatsiyasi tuproqqa ta’sir qilib, ularning 
gidrotermik rejimini vujudga keltiradi. Tuproq suv rejimining omili iqlim 
tavsifi ekanligi G.I.Visotskiy tomonidan tuproqshunoslik amaliyotida 
ishlab chiqildi. U hududlarning namlanish koeffitsienti (K) miqdori 
mahlum bir davr ichidagi yog‘in yig‘indisining (Q mm) bug‘lanishga (V 
mm) bo‘lgan nisbatidir (K = Q/V). 
Namlanish koeffitsienti o‘rmon mintaqasida - 1,38, o‘rmon-dashtda 
– 1,0, dashtda – 0,67, quruq dashtda – 0,33, cho‘lda – 0,1-0,2 ga teng. Yer 
yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo bo‘lishi 
xususiyatlari bo‘yicha yer kurrasini bir qator hududlarga ajratish mumkin 
(M.M.Budiko, 1968). 
Bundan tashqari, atmosfera iqlimidan tashqari, tuproq va o‘simlik 
qoplamining rivojlanishida faol ishtirok etadigan 2m balandlikkacha 
bo‘lgan mikroiqlimning o‘zgarishi katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda 
paxta dalasining mikroiqlimi yaxshi o‘rganilgan. 
2-jadval 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish