Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi.
Sayyoramiz
tuproq qoplamini, uning xossa va xususiyatini aniqlashda tabiiy fanlar
bilan bog‘liqlikdan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Tuproq
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
21
qoplamining paydo bo‘lishi, ya’ni genezisi yerning geologik va
geomorfologik tuzilishi, texgonik va seysmik jarayonlar bilan bog‘liqdir.
2-rasm.
Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi
Petrografiya, mineralogiya va kristallografiyada foydalanilayotgan
uslubi va o‘zgarishlardan tuproq tarkibidagi minerallar, ularni hosil
bo‘lishi va transformatsiyasini o‘rganishda va aniqlashda foydalaniladi.
QURILISH
DEXQONCHILIK
MATEMATIKA
KIMYO
FIZIKA
JUG’ROFIYA
GEOLOGIYA
BIOLOGIYA
SOG’LIQNI
SAQLASH
MELIORATSIYA
TUPROQSHUNOSLIK
KRIMINALISTIKA
O’RMONCHILIK
AGROKIMYO
TABIATNI
MUXOFAZA QILISH
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
22
Gidrogeologiya esa tuproq tarkibidagi suvning shakllanishi va
rejimini o‘rganishda yordam beradi. Tuproqshunoslikda makro, mezo va
mikrorelyefning hosil bo‘lishi va tuzilishini geomorfologiya fanining
qonuniyatlari va uslubiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratib
beradi. Tuproq xaritasini tuzishda geodeziya va kartografiya uslubiyatidan
keng foydalaniladi. Tuproqshunoslik geokimyo, biogeokimyo, gidrokimyo
fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproqdagi jarayonlar, moddalar
harakati va ularning o‘zgarishi shu fanlardagi qonuniyat va uslubiyat orqali
aniqlanadi. Tuproq to‘g‘risidagi fan iqlimshunoslik va meteorologiya bilan
bog‘liq bo‘lib, undagi havo, suv, issiqlik rejimi va jug‘rofiy tarqalishi
yuqorida aytib o‘tilgan predmetlarga bog‘liqdir.
Tuproqdagi o‘simliklar va tirik jonivorlarning yashash sharoiti,
o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, oziqlanishi va unumdorligi biologiyaning
botanika, zoologiya, fiziologiya, biokimyo, mikrobiologiya kabi fanlari
bilan bog‘liqdir. Tuproqshunoslik fizika va kimyo fanlari bilan ham
bog‘liq bo‘lib, tuproqning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, ulardan
olinadigan natijalar matematika usullari yordamida aniqlanadi.
“Tuproqshunoslik”
fanining
rivojlanishi
landshaftshunoslik,
biogeokimyo, o‘rmonchilik, agroo‘rmonchilik, landshaft geokimyosi,
geobotanika, biotsenologiya kabi yo‘nalishlar taraqqiyotiga asos bo‘ldi
(2-rasm).
Sinov savollari
1.
Tuproq deb nimaga aytiladi?
2.
“Tuproqshunoslik” fanining obyekti, predmeti, o‘rganish usullari
qanday?
3.
“Tuproqshunoslik” fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring?
4.
“Tuproqshunoslik” fanining ibtidoiy, feodalizm va kapitalizm davrida
Osiyo, Yevropa, Amerikada rivojlanishi tarixi haqida so‘zlab bering.
5.
“Tuproqshunoslik” fanining O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi
rivojlanish tarixi qanday?
6.
“Tuproqshunoslik” fanining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
7.
“Tuproqshunoslik” fanining tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi
qanday?
8.
Tuproqning biosferadagi va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi
ahamiyatini tushuntiring.
9.
Fundamental va mintaqaviy tuproqshunoslik haqida nimalarni bilasiz?
10.
Tuproqshunos mutaxassislarni tayyorlash masalalarining ahamiyati
qanday?
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
23
2-bob.
Tuproqning paydo bo‘lishiga turli jarayon va omillarning
ta’siri
Tuproqning hosil bo‘lishida mexanik, fizik, kimyoviy va biologik
jarayonlarning ahamiyati. Tuproq paydo bo‘lishida iqlim, relyef, o‘simlik
va tirik jonivorlar, ona jins, vaqt va inson faoliyatining roli.
Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik,
metamorfik, cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar
ta’sirida yemirilib, iqlim, suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy,
delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda
tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati ta’sirida uning tadrijiy
rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz.
Tuproq fizikaviy holatiga ko‘ra uch fazali tizim: qattiq, suyuq,
gazsimon, keyinroq A.A.Rode to‘rtinchi biologik fazani ham
hisoblanishini tavsiya etadi. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishining birinchi
bosqichi tog‘ jinslarining nurash davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr
ichida tuproq paydo bo‘lishi litosferaning yemirilish qobig‘i bilan
birgalikda rivojlanadi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari
litosferaning asosini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari yuqori haroratda
erigan magmaning chuqur qatlamlarida katta bosim ta’sirida qotib qolishi
natijasida paydo bo‘ladigan intruziv (granitlar, sienitlar, dioritlar) jinslarga
hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi
sharoitida qotishi natijasida hosil bo‘lgan effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar,
tuflar) va boshqa jinslarga bo‘linadi. Litosferaning 95%i magmatik
(otqindi) tog‘ jinslaridan tashkil topganligi aniqlangan. Intruziv tog‘
jinslari
+1000 S
0
yuqori harorat, bir necha ming atmosferadan yuqori
bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va zichlashadi. Effuziv tog‘
jinslari magmaning yer yuzasiga litosferaning yoriqlari orqali ko‘tarilib,
past harorat va bosim sharoitida beqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini
o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik sharoitiga chidamli
yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi.
Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar
va mexanik kuchlar (haroratning o‘zgarishi, oqar suv, muz, shamol) ta’siri
ostida hosil bo‘ladi. Lyosslar, qumlar, konglomerat, qumtosh, slanetslar
ana shu guruhga kiradi, cho‘kindi tog‘ jinslari kimyoviy, organogen va
boshqa qismlarga bo‘linadi. Ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir, neft va boshqalar
ham shular qatoriga kiritilgan. Cho‘kindi jinslar quruqlikning 75%
maydonini egallaydi. Ular dengizlar hosil qilgan ohaktosh, soz, slanets,
qumtosh va kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l,
shamol cho‘kindilar va yig‘ilmalardan iboratdir.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
24
Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida
magmatik va cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Bunday tog‘ jinslari tuzilishi
va o‘z xossalariga ko‘ra zich va qattiq holatda bo‘lib, yer yuzida keng
tarqalgan. Litosferaning yer yuzasiga yaqin joylashgan qatlamidan tog‘
jinslari, ularni tashkil qiluvchi minerallar, iqlimiy omillar, mexanik
kuchlar, suv va uning tarkibidagi erigan moddalar, havo, tirik organizmlar
ta’siriga uchrab yemiriladi. Tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi
minerallarni atmosfera agentlari, turli jarayonlar ta’sirida yemirilishi, o‘z
shakli va tuzilishini o‘zgartirish holatlari yig‘indisi
nurash jarayoni
deyiladi.
Sayyoramizning quruqlik maydonlarida tabiiy sharoitda paydo
bo‘lib, suv, shamol, muzlik va tektonik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan
yemirilish mahsulotlarining to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot
nurash qobig‘i
deb ataladi.
Tog‘ jinslari va ularning nurash mahsulotlarining fizik va mexanik
kuchlar ta’sirida, mineralogik va kimyoviy tarkibining deyarli
o‘zgarmagan holatda katta-kichik bo‘lakchalarga bo‘linib ketish jarayoni
fizik-mexanik nurash
deyiladi. Sutka mobaynida havo haroratining
o‘zgarishida tog‘ jinslari isiydi yoki soviydi, natijada kengayish yoki
torayish jarayonlari rivojlanib, qattiq holatdagi jinslar vertikal va
gorizontal yo‘nalishida darz ketadi hamda turli o‘lchamdagi yoriqlarni
hosil qiladi.
Turli termik nurash jarayonlarida hosil bo‘lgan yoriqlarga suv kira
boshlaydi va uning muzlashi natijasida bosim ko‘payib, fizik-mexanik
yemirilish jarayonlari avj oladi, bunday holat
sovuq nurash
deyiladi. Tog‘
jinsi va ularni tashkil qilgan minerallar o‘zining kristallografik tuzilishiga
binoan issiqlik, sovuqlik va namlikni turli darajada o‘tkazib yemiriladi.
Termik nurash tezligi tog‘ jinslarining tarkibidagi minerallarning turli-
tumanligiga bog‘liq, ya’ni ularning tuzilishi va tarkibiga ko‘ra issiqlik va
sovuqlikni o‘tkazuvchanlik qobiliyati har xil bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm.
Turli tog‘ jislarining yemirilishi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
25
Daryo yoki muzliklarning siljishi natijasida ham fizik nurash sodir
bo‘ladi. Shamol uchirib ketgan zarrachalar yer yuzasida g‘adir-budir
joylarga tekkanda ham bu tog‘ jinslarning fizik yemirilish avj oladi. Bu
hodisa cho‘llarda keng tarqalgan bo‘lib,
korroziya
deb ataladi. Qattiq
holatdagi tog‘ jinslarining maydalanishi, siyqalanish va yoyilishi
natijasida turli o‘lchamdagi katta-kichik zarrachalardan iborat tosh,
shag‘al, chang, soz, loy, hattoki mayda kolloid keltirmalari paydo bo‘ladi.
Demak, fizik nurash natijasida yaxlit tog‘ jinslarining yemirilishidan
turli o‘lchamdagi qovushmali va g‘ovakli mahsulotlar hosil bo‘lib, ular
havo, suvni yaxshi o‘tkazadi va suvni saqlaydigan bo‘ladi.
Fizik nurash natijasida hosil bo‘lgan mineral mahsulot o‘lchamlari
maydalashgan sari ularning yuza sathining hajmi geometrik progressiya
darajasida oshib,
adsorbsiya
va
absorbsiya
(tashqi yutilish) jarayonining
kuchayishiga olib keladi. Minerallar kristallik tuzilishga ega bo‘lganligi
uchun, ya’ni atomlar turli masofada joylashgan bo‘lib, panjarani hosil
qiladi. Bu panjaralar qirralari manfiy va musbat zaryadli ionlardan tashkil
topgan bo‘ladi. Minerallar panjarasidagi anion va kationlar o‘zaro
elektrostatik kuchlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Mineral panjarasi sirtidagi
ionlar bog‘liqligi pasayib, ular bo‘shab qoladi, shuning uchun manfiy yoki
musbat zaryadlanganligi tufayli tashqi muhitdan qarama-qarshi
zaryadlangan ionlarni elektrostatik kuch bilan o‘ziga tortib oladi. Tog‘
jinslarining fizik yemirilishidan so‘ng kimyoviy nurash uchun sharoit
yaratib beriladi. Kimyoviy nurash shunday yemirilishki, bunda yer ustki
qatlamlarining dastlabki kimyoviy tarkibi o‘zgaradi va ko‘pincha
strukturasi oddiy hamda yangi termodinamik sharoitlarga chidamli yangi
birikmalar vujudga keladi. Suv miqdori va oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarining o‘zgarishi, adsorbsiya jarayonlari kimyoviy nurash
vositalaridir. Tog‘ jinslaridagi birlamchi minerallar parchalanib,
ikkilamchi minerallar hosil qilishi kimyoviy nurashga kiradi. Suv tog‘
jinslari tarkibidagi tuzlar, oksidlar, organik va mineral moddalarni turli
darajada eritadi. Suv bilan moddalar o‘rtasida absorbsiya va adsorbsiya,
gidratatsiya kabi kimyoviy jarayonlar ro‘y berishi mumkin.
SaSO
4
+ 2 H
2
O CaSO
4
Do'stlaringiz bilan baham: |