H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
41
9
-rasm.
. tuproqning suyuq
fazasidagi oziq moddalar harakati
tashkil qiladi (8-rasm). Tuproqning qattiq fazasi uni hosil qilgan magmatik,
metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari, suv oqimlari va shamol hosil qilgan
yotqiziqlar
zarrachalari, qoldiq holatdagi turg‘un, o‘zgarmas yoki
o‘zgaruvchan minerallarning tuproq hosil bo‘lish jarayonidagi ikkilamchi
mahsulotlari, gumus, minerallar, oddiy tuzlar, oksidlardan iboratdir.
Yuqorida keltirib o‘tilgan mahsulotlar tog‘ jinslarining nurashi
natijasida ozod etilgan yoki geokimyoviy jarayonlar ta’sirida tuproq hosil
bo‘lishida meros qilib olingan moddalar majmuasini tashkil qiladi.
Tuproq
qattiq fazasining tabiati, iqlim, relyef va inson faoliyatining
ta’sirida o‘zgarib turadi, u granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi,
tuzilishi, donadorligi va g‘ovakligi bilan ajralib turadi.
Tuproqning qattiq
fazasi organik va mineral moddalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, tuproq
eritmasi, suvi, havosi va yashaydigan jonivorlar faoliyati bilan chambarchas
bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqning suyuq fazasi
suv va turli eritmalardan iborat bo‘lib,
tarkibi va hajmi jihatidan o‘zgarib turadigan dinamik (harakatchan) qismi
hisoblanadi. Tuproqning suyuq fazasi manbai atmosfera yog‘inlari,
yer usti
va ostidagi suvlar, organik va mineral moddalar tarkibidagi suv bo‘lib, tuproq
eritmasining asosiy qismini tashkil qiladi
(9-rasm). Tuproq eritmasida har xil
turkum
suvlardan
tashqari,
organik
moddalar, o‘simlik qoldiqlari va tirik
jonivorlar
tarkibidagi
uglevodlar,
fermentlar,
amino-kislotalar,
yog‘lar,
oqsillar, tuzlar,
organik va noorganik
sirka, chumoli kislotalari hamda spirtlar
ishtirok etadi.
Tuproq
eritmasining
tarkibi,
konsentratsiyasi, holati va xususiyatlari
tuproqning suv-fizik xossalari,
mavsumiy
namlanishi, yog‘in miqdori, yer osti va usti
suvlarining konsentratsiyasi, tarkibi va holati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Iqlimi sovuq mamlakatlarda tuproq eritmasi muzlab, qattiq holatga o‘tadi va
havo harorati oshgan sari bahor va yoz oylarida bug‘ holatiga o‘tib
parchalanib ketishi mumkin. Suv tuproq tarkibidagi harakatchan qon
hisoblanib, undagi erigan organo-mineral moddalar eritma,
suspenziya,
kolloid holatida kesma qatlamida harakatlanib yuradi. Tuproqdagi organo-
mineral moddlar ma’lum miqdorda erib, konsentratsiyasi oshgan sari, amorf
yoki kristall holatida kesmaning turli qatlamida to‘planishi mumkin. O‘simlik
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
42
ildizlari orqali tuproq eritmasi va suvlari tarkibidagi oziqa moddalarni
iste’mol qilib, tanasi mevasi, urug‘larini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: