Tuproqning biologik fazasida
tirik jonivorlar - oddiy tuzilishdagi,
umurtqasiz va umurtqali hayvonlar ishtirok etadi. Oddiy tuzilishdagi
jonivorlar ipsimon, ildizoyoqlar va infuzoriya guruhidagi jonzotlardan tashkil
topgan (11-rasm). Umurtqasiz hayvonlar esa yomg‘ir chuvalchangi, kanalar,
qirqoyoq, mingoyoq, suvaraklardan iboratdir. Tuproqda yana qo‘ng‘izlar,
10-rasm. tuproqda uchraydigan gaz
moddalari
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
43
chumolilar va kemiruvchi hayvonlar -
yumronqoziq, sichqon, kalamush va
boshqalar
uchrab,
biologik
fazani
shakllanishida ishtirok etadilar.
Tuproq tarkibining biologik fazasi
organik va biofil moddalarning hosil
bo‘lishi,
tuproq
donadorligini
tahminlashda yelim, o‘simliklar uchun
oziqa manbai, tuproq unumdorligini
oshirishda va uni belgilashda asosiy
omildir.
Sinov savollari:
1.
Tuproq nechta fazadan iborat?
2.
Fazalar holati va hajmi tuproqning suv-fizik va kimyoviy tarkibi
bilan bog‘liqmi?
3.
Tuproq fazalari kimyoviy va biologik jarayonlarning rivojlanishi va
unumdorlikni oshirishda ishtirok etadimi?
5-bob. Tuproqning morfologik tuzilishi
Tuproqning morfologik tuzilishi deganda, biz uning rangi,
donadorligi, zichligi, yumshoqligi, ichki tuzilishi, kelib chiqishi va
rivojlanishini (evolyutsiyasini) nazarda tutamiz.
Tuproqshunoslar tomonidan tuproqdan dala sharoitida kesmalar
qazib, qatlamlarning morfologik tuzilishining tavsifi yoziladi. SHu
ko‘rsatkichlar tahlili asosida tuproq tipi, hosil bo‘lishi, fizik xossalari,
kimyoviy tarkibi hamda unumdorligi haqida fikr yuritish imkoniyati
yaratiladi. Tuproq morfologik belgilari qazilgan kesmada qatlamlarning
rangi, donadorligi, hayvonot olami faoliyati, o‘simlik ildizlari va
qoldiqlari, namlik darajasi, mexanik tarkibi, yaralmalari va qo‘shilmalarida
namoyon bo‘ladi. Tuproq gumusini belgilaydigan ko‘rsatkichlar qora, qizil
(sariq) va oq ranglardir.
Amerika va Yaponiya tuproqshunoslari tuproq rangini o‘rganib,
ularni vujudga keltiradigan uchta omil: rang (spektr rangi, qizil, sariq,
yashil, ko‘k, binafsha)ning yorug‘lik darajasi, tozaligi, kuchiga bog‘liq deb
hisoblaydilar. Tuproqning rangi gumus miqdori 8-10% bo‘lganda tim qora,
4-5% gumus bo‘lganda esa qo‘ng‘ir tusni keltirib chiqaradi. Tuproqning
qoramtir rangini MnO
2
, FeS, H
2
O, Fe
2
O
4
kabi birikmalar ham berishi
mumkin. Namlik darajasi ham tuproqning qoramtirligini oshiradi. Qizil va
11-rasm. Tuproq kesmasida
biologik faza
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
44
sariq ranglar tuproqdagi temir oksidlari bilan bog‘liqdir. Kalsiy,
karbonatlar, gips, kaolinit, kremniy, alyuminiy birikmalari va suvda
eriydigan tuzlar tuproqni oq to‘sga kiritadi. Tuproq rangini aniqlash uchun
hozirgi paytda har xil tuslarga boy, universal Mansel shkalasidan
foydalaniladi. Bu usuldan butun jahon mamlakatlarining tuproqshunos
olimlari foydalanishadi.
Tuproq namligi undagi suv tarkibiga, kapilyar tuzilishi, donadorligi,
mexanik tarkibi, sizot suvlarining chuqurligi va minerallashuv darajasi
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tuproqning mexanik tarkibi shag‘alli, qumli, changli, loyli va kolloid
zarrachalar miqdoriga va o‘lchamiga bog‘liqdir. Dala sharoitida
tuproqning mexanik tarkibi qo‘l kafti va barmoqlari bilan ishqalanib
aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining nurashi va tuproq hosil bo‘lishi jarayonida organik
va mineral moddalardan iborat yangi yaralmalar hosil bo‘lishi mumkin.
Ular, asosan, gips, osh tuzi, karbonatlar, temir, alyuminiy, marganes hosil
qilgan dog‘lar va kristallar bo‘lishi mumkin.
Tuproq tarkibidagi qo‘shilmalarda tog‘ jinslarining bo‘laklari,
mollyuskalar chig‘anog‘i, o‘simlik ildizlari, poyasi, chuvalchang,
qumursqa, arilar va qo‘ng‘iz uyalari, yoki insoniyat tomonidan yaratilib,
tuproq tarkibida uchraydigan suyaklar, chinni va sopol idishlarining
siniqlari, tangalar, qurol-aslaha bo‘laklari uchrab turishi mumkin.
Tuproq kesmasining morfologik tuzilishiga binoan genetik A, V, S,
D qatlamlar va uning ichida chim, qatqaloq, tuz, o‘rmon tushami, gumus
va haydalma qatlamlar ajratilishi mumkin.
Tuproq qoplamining morfologik tuzilishini ilk bor o‘rgangan
tuproqshunoslar V.V.Dokuchayev va uning shogirdlaridir. Sobiq Ittifoq
davrida tuproq morfologiyasi fanidan takomillashgan o‘quv darsligi
Moskva universitetining professori B.G.Rozanov (1983, 1988) tomonidan
yozilgan.
Tuproq qoplami murakkab tizim bo‘lib, uning morfologik tuzilishi
turli xil pog‘onalardan iborat, ya’ni tabiiy tananing ichki tuzilishi yoki
atrofdan qo‘shilgan qo‘shilmalar, bir-biridan morfologik shakli bilan farq
qiladigan mahsulotdir. Tuproq qoplami bir-biridan morfologik elementlari
va belgilari bilan ajralib turadigan ona jins va genetik qatlamlardan
iboratdir. Ularning majmuasi kesma profilini tashkil etadi. Tuproq profili
morfologik tuzilishida, birinchi o‘rinni, uning tabiiy tana sifatida
shakllanishi, uning (gorizontlari) kesmalarining tabaqalanishi ikkinchi
o‘rinni egallaydi. Har bir profil morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Ular
morfonlardan, ya’ni organo-mineral moddalardan iborat bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |