Sinov savollari:
1.
Tuproqning morfologik tuzilishi deganda nimani tushunasiz?
2.
Tuproqning morfologik tuzilishi dala va laboratoriya sharoitida
qanday usullar yordamida o‘rganiladi?
3.
Tuproq profili morfologik tuzilishiga binoan genetik qatlamlarga
qanday tabaqalanadi?
4.
Tuproqning morfologik tavsifiga nimalar kiradi?
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
48
6-bob. Tuproqning granulometrik tarkibi
Tuproqning mexanik (granulometrik) tarkibi tog‘ jinslarining
nurashidan hosil bo‘lgan turli o‘lchamdagi va og‘irlikdagi zarrachalar
majmuasidir.
Tuproq mexanik tarkibi uni hosil qiluvchi ona jinslar yoki
yotqiziqlardan meros qilib olingan bo‘ladi. Magmatik, metamorfik,
cho‘kindi tog‘ jinslarining elyuviy va delyuviylaridan nurashi jarayonida
turli o‘lchamdagi toshlar, shag‘allar va qumlar hosil bo‘ladi. Prolyuvial,
allyuvial, ko‘l yoki dengiz, lyoss va lyossimon hamda muzlik yotqiziqlarda
qum, chang, loy va kolloid zarrachalar hosil bo‘ladi.
Tuproq hosil bo‘lishi jarayonida granulometrik tarkib deyarli
o‘zgarmaydi,
ammo
tuproq
genetik
qatlamlarning
shakllanish
evolyutsiyasida qisman o‘zgarishi mumkin.
Tuproq mexanik tarkibini aniqlash, uning fizik-mexanik xossalarga
ta’siri Ye.Shene, N.A.Lorens, V.Osborn, V.V.Dokuchayev, A.A.Fadeyev,
V.R.Vilyams, A.N.Sabanin, V.V.Oxotin, N.A.Kachinskiy, S.N.Rijov kabi
tuproqshunoslar tomonidan o‘rganilgan.
Tuproq unumdorligi, fizik-mexanik xususiyatlari, suv va issiqlik
o‘tkazuvchanlik qobiliyati turli o‘lchamdagi zarrachalar miqdori –
mexanik tarkib bilan chambarchas bog‘langan. Tuproq va uni hosil
qiluvchi ona jinsining granulometrik tarkibi, dala va laboratoriya sharoitida
bir necha usullar bilan aniqlanadi. Ular tuproqni qo‘l kaftida siqib ko‘rish
va tuproqni turli o‘lchamdagi elaklar orqali elash, suvda aralashtirib
suspenziya olish, tsentrifuga (separatorlarda) va boshqa elektronika asbob-
uskunalari yordamida aniqlash mumkin. Tuproq zarrachalari organik va
mineral moddalardan iborat bo‘lganligi uchun, ularni ajratishda
koagulyantlardan ozod qilish kerak. Koagulyantlar karbonat, gumus,
kolloid birikmalardan tashkil topganligi uchun ularni kuchli kislota yoki
ishqor bilan parchalashga to‘g‘ri keladi. Sobiq Ittifoq davrida tuproqning
granulometrik va mikroagregat tarkibi N.A.Kachinskiy usuli bilan - tuproq
maydalanib, suvda aralashtiriladi va Stoks formulasidan foydalanib, qum,
chang, loy zarrachalari aniqlanadi:
h
q
D
D
r
V
⋅
−
⋅
=
)
(
22
,
0
2
1
2
V – zarrachaning suvda cho‘kish tezligi, r – zarracha radiusi, D
1
–
zarrachaning solishtirma og‘irligi, D
2
– suyuqlikning solishtirma og‘irligi, q –
yer tortish kuchi tezligi (98 sm/sek), h – suyuqlik qovushqoqligi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
49
Koagulyantlar sifatida geksa va metafosfat natriydan foydalaniladi.
Tuproqning granulometrik tarkibi N.A.Kachinskiy va V.V.Oxotin ishlab
chiqqan tasnif bo‘yicha aniqlanadi va belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |