3-jadval
Kolloid zarrachalar
< 0,25 mk
Kolloid oldi zarrachalari
0,25 -1 mk
Loy zarrachalari
0,001-0,01 mm
Il zarrachalari
0,005-0,01 mm
Chang zarrachalari
0,01-0,25 mm
Qum zarrachalari
0,25-1-2 mm
Shag‘al zarrachalari
2-40 mm
Chag‘irtosh zarrachalari
> 4-5 sm
Toshlar
20 sm
Tuproqshunoslik, gruntshunoslik va muhandislar geologiyasida tuproq
va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar zarrachalarining mexanik tasnifi
N.A.Kachinskiy va V.V.Oxotin tomonidan berilgan (4-jadval).
4-jadval
Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar zarrachalarining mexanik
tasnifi
Mexanik zarrachalar
o‘lchami, mm
N.A.Kachinskiy
V.V.Oxotin
> 20
Toshlar
CHag‘irtosh
va shag‘allar
yirik
20-10
o‘rta
10-7
mayda
7-3
juda mayda
3-2
SHag‘al
Qum
yirik
2-1
o‘rta
1-0,5
yirik
mayda
0,5-0,25
Qum
o‘rta
qum-changli
0,25-0,05
mayda
0,05-0,01
yirik
Chang
0,01-0,005
Chang
o‘rta
0,005-0,002
mayda
Il
0,002-0,001
0,001-0,0005
Il
dag‘al
Loy
dag‘al
0,0005-0,0001
mayin
mayin
< 0,0001
kolloid
> 0,01
Fizik qum
< 0,01
Fizik loy
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
50
Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda tuproq granulometrik
tasnifi quyidagicha berilgan:
5-jadval
Dag‘al shag‘al – 20-6 mm
Mayda shag‘al – 6-2 mm
Dag‘al qum – 2-0,6 mm
Mayda qum – 0,6-0,2 mm
Juda mayda qum – 0,2-0,05 mm
Qumli chang – 0,06-0,02 mm
O‘rtacha chang – 0,02-0,006
mm
Mayda chang – 0,006-0,002
mm
Il < 0,002
Kolloidlar < 0,0002
N.A.Kachinskiy tomonidan tuproq mintaqasiga binoan podzol, cho‘l,
sho‘rtob toifadagi tuproqlarning mexanik tarkibiga qarab tasnifi ishlab
chiqilgan:
6-jadval
Fizik loy < 0,01 mm, > 10:
0-5 – qum
5-10 – bog‘liq qum
10-20 – qumli
20-30 – yengil qumoq
30-45 – o‘rtacha qumoq
45-60 – og‘ir qumoq
60-75 – yengil loy
75-85 – o‘rtacha loy
> 85 - og‘ir loy
Cho‘l mintaqasi uchun:
fizik qum> 0,01 mm
Qum (0,01) yig‘indisi
100-95 – qum
95-90 – bog‘liq qum
90-80 – qumli
80-70 –yengil qumoq
70-55 – o‘rtacha qumoq
55-40 – og‘ir qumoq
40-25 – yengil loy
25-15 – o‘rtacha loy
< 15 – og‘ir loy
Tuproqning granulometrik tarkibi mineral, organik va organo-mineral
mahsulotlardan tashkil topadi. Uning asosi kristall yoki amorf holatdagi
minerallar, organik moddalar (gumus) hamda organo-mineral birikmalardan
iborat. Tuproq zarrachalarining 1 mm dan kattaroq qismi shag‘alli (skeletli),
undan kichikroq yig‘indisi esa mayinligi bilan ajralib turadi. Tuproq
zarrachalarining suv ta’siriga bardoshlilik xususiyatiga binoan, ya’ni 0,25 mm
dan kichikroqlari mikroagregatlarga ajratilgan (13-rasm). Tuproq
zarrachalarining o‘lchamiga qarab, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi
ham o‘zgaradi. Masalan, tuproqning yirik zarrachalari qum va undan katta
bo‘lgan shag‘al va chag‘irtoshlarda (3-1 mm), asosan, birlamchi minerallar
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
51
kvars, dala shpatlari va slyudadan tashkil topgan bo‘lib, tarkibi kremniy,
alyuminiy va temir oqsidlaridan iboratdir.
13-rasm
. Tuproq zarrachasining morfologik tuzilishi.
Bu zarrachalar miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik
qobiliyati yuqori bo‘ladi.
Qum zarrachalarida (1-0,05 mm) tog‘ jinslarining bo‘laklari, kvars
va dala shpatidan iborat bo‘lib, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqori,
qovushqoq emas, platik emas, ammo ozgina kapilyar g‘ovakli va suv
ushlab qolish xususiyatiga ega, suvda bo‘kmaydi. Mexanik tarkibida
mayda qum ko‘p bo‘lgan tuproqlarda madaniy ekinlar yoki o‘rmonlar
o‘stirilishi mumkin.
Yirik va o‘rta o‘lchamdagi (0,05-0,005 mm) chang mineralogik
jihatdan qumdan farq qiladi. Tarkibida birlamchi minerallardan tashqari
xlorit, kaolinit, illit kabi ikkilamchi minerallar, kimyoviy tarkibida temir,
kalsiy, magniy, natriy va biofil elementlarni saqlaydi. Plastik emas, ozgina
bo‘kish xususiyatiga va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega.
O‘rta chang (0,01-0,005 mm) zarrachalarida slyudalar miqdori ko‘p
bo‘lib, ular plastiklik va qovushqoqlikni oshiradi. Dispers holat mavjudligi
tufayli suvni yaxshi ushlaydi, ammo suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati sust
bo‘lib, donadorlik va koagulyatsiya jarayonida ishtirok etmaydi. Shuning
uchun yirik va o‘rta changga boy bo‘lgan tuproqlar tez changlanadi,
sernam sharoitda oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, zichlashtiradi va
suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytirib yuboradi.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
52
Mayda chang zarrachalari (0,005-0,001 mm) yuqori dispers
xususiyatlarga ega, ular birlamchi va ikkilamchi minerallardan tashkil
topgan bo‘lib, yaxshi donadorlik, koagulyatsiya, yutish qobiliyatini
oshiradi va gumus moddalariga boy bo‘ladi. Biroq tuproq tarkibida bunday
zarrachalar miqdorining oshiqligi, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati, bo‘kish
va cho‘kish, yopishqoqolik, qatqaloq hosil qilish va darz ketish
jarayonlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
Loy (< 0,001 mm) zarrachalari mineral, organik va organo-mineral
moddalardan iborat bo‘lib, tarkibida oziqa moddalar - gumus, azot, fosfor,
kaliy va mikroelementlarga boydir. Kolloid zarrachalar esa tuproq
donadorligini oshirishda ishtirok etadi. Tarkibida gumus, kalsiy va temir
birikmalarining ko‘pligi tufayli tuproqning yutish qobiliyati oshadi. Tuproq
tarkibida chang va loy zarrachalarining ko‘payishi, uning fizik-mexanik
xususiyatlarini tomomila o‘zgartirib yuboradi, bu esa tuproq mexanik
zarrachalarini ikki guruhga: fizik qum (> 0,01 mm) va fizik loy (<0,01
mm)ga ajratish imkoniyatini yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |