H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
159
43-bob. Orol fojiasining atrof muhit va tuproq qoplamiga ta’siri
O‘rta Osiyodagi yirik ikki daryo – Amudaryo va Sirdaryo o‘z suvlarini
Orol
dengiziga quyar edi, ammo keyingi 20-30 yillikda sug‘oriladigan
dehqonchilik rivojlanib, lalmikor yerlar o‘zlashtirildi,
daryo suvlari
kanallarga olina boshladi va respublikaning 61 ta suv omboriga yig‘iladigan
bo‘ldi. Orol dengiziga keyingi 30-40 yil ichida deyarli daryolardagi suv yetib
bormadi. Natijada, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pasayib ketdi, uning
suv hajmi 1064 km
3
dan 115 km
3
gacha kamaydi. Suvining mineralizatsiyasi
72 g/l ga oshib ketdi. Suvdan bo‘shagan yer maydoni 4,2 mln gektarni tashkil
qilib, qirg‘oqdan 100-150 km uzoqlashib ketgan (23-rasm).
23-rasm
. Orol dengizining oxirgi 50 yildagi o‘zgarishi
Quyi Amudaryo dambasida ko‘llar maydoni 40-50-yillarda 12% ni
tashkil qilar edi. To‘qay va qamishzorlar hozirgi paytda avvalgidan 90%
gacha kamayib ketgan. Sizot suvlarining sathi pasayib, mineralizatsiyalanish
darajasi oshib ketgan. Orol atrofidagi havo harorati yoz oylarida +2 - +3
daraja, qishda esa -2 -4 darajagacha o‘zgarib, qurg‘oqlanish jarayoni
rivojlanib ketdi.
Iqlim sharoitining manfiy va musbat tomonga o‘zgarishi natijasida quyi
Amudaryo vohasida qurg‘oqlanish jarayonining
rivojlanishiga sababchi
bo‘ldi. O‘tloqi-botqoq tuproqlarda namlik kamayib, tuproq tarkibidagi gumus
parchalanib, bu tuproqlar yarim avtomorf, so‘ngra
esa taqir, sho‘rxok va
qumloqlarga aylanib bormoqda.
O‘zbekistonga hududidagi Orol dengizi suvidan bo‘shagan yerlar 1
mln gektarni tashkil qiladi. Bu yerlarda shamol yordamida tuz,
chang
zarrachalari
atmosferaga
to‘zon
sifatida
ko‘tarilib,
Orol
bo‘yi
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
160
mamlakatlarining sug‘oriladigan yerlariga har yili 500-750 kg/ga suvda
eriydigan tuzlarni olib kelmoqda.
Orol dengizini qayta tiklash to‘g‘risida bir
qancha takliflar kiritilgan,
ular quyidagilardan iborat:
- Orol dengizi suvlarini yomg‘ir yordamida to‘ldirish;
- Orol dengizini Kasbiy suvlari hisobidan to‘ldirish;
- Orol dengizi suvining yer osti artezian suvlari hisobidan to‘ldirish;
- O‘rta Osiyo respublikalaridagi kollektor va zovur,
oqava suvlari
hisobidan to‘ldirish;
- sug‘orishda ishlatiladigan suvlarni tejash hisobidan Orolni to‘ldirish.
Hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri Orol dengizi suvi
pasayishini to‘xtatish va shu holatda saqlab qolishdir. Bu masalani amaliy hal
qilishda SANIIRI tomonidan taqdim
etilgan polder sistemasi, ya’ni daryo
suvlari bilan Orol dengizidan bo‘shagan yerlarni tabaqalashtirib, bosqichma-
bosqich suv bostirishdir. Mo‘ynoq, Jildirbas va Adjibay ko‘rfazlarining
dengizdan bo‘shagan joylarida suv bostirib sug‘orish va fitomeliorativ ishlar
amalga oshirilmoqda.
Endi Orol muammosi faqatgina O‘rta Osiyo
mamlakatlari uchun fojia
bo‘lib
qolmasdan,
balki
Yevropa,
Osiyo,
Afrika
va
Amerika
mamlakatlarining atrof muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir etganligi tufayli
hammani tashvishga solmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: