H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
153
sharoitida, o‘rmon va o‘simlik qoplamini yoqib, yerlarni o‘zlashtirish,
sug‘orish, madaniy o‘simliklar ta’siri, ishlov berish, o‘g‘itlash bilan
bevosita bog‘liqdir.
Dehqonchilik lalmikor va sug‘orish dehqonchiligiga bo‘linadi.
Birinchisida agrotexnik tadbirlar, ikkinchisida esa sug‘orish bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan agromeliorativ va irrigatsion tadbirlar amalga oshiriladi.
Madaniy o‘simliklar tuproqda rivojlanib, ildizlari bilan g‘ovak
joylarda zarrachalarni jipslashtirib, donadorlikni hosil qiladi. O‘simlik
poyasi, bargi, ildizlari chirib, tuproqdagi
biologik jarayonlarning
rivojlanishi va gumus miqdorining ko‘payishiga olib keladi.
Tuproqdan oziqa moddalarining ma’lum bir qismi madaniy
o‘simliklar hosili bilan olib ketiladi. Dehqonchilikda o‘t dalali almashlab
ekishni ishlab chiqqan akademik V.R.Vilyams qishloq xo‘jalikda ekinlarni
ikki toifaga, ya’ni bir va ko‘p yillikka bo‘lib, bir yillik o‘simliklar tuproq
donadorligi, suv-fizik xususiyatlarini yomonlashtirib, unumdorlikni
pasaytirib yuboradi, deb tahkidlaydi. Ko‘p yillik o‘simliklar, aksincha,
tuproq donadorligi, unumdorligini oshiradi, suv-fizika, mexanik
xususiyatlarini yaxshilaydi. Donli ekinlar ildizlari hajmiga nisbatan 5-10%
moddalar chiqarib, quruq massasi olinadigan hosil bilan barobar miqdorda
mahsulot yetishtirib, tuproqning modda almashuvini rivojlantiradi.
O‘simliklar tomiri tuproq donadorligi, ya’ni zarrachalar (0-0,25 mm)
miqdorini oshirib yuboradi. Kartoshka, lavlagi kabi o‘simliklar
tuproqda
ko‘p miqdorda tomirlar hosil qilib, uning 18-25% i tuproqda, qolgan 85% i
biomassa tarzida o‘simlik bilan ketadi. Masalan, makkajo‘xori hosili
40 s/ga va yashil mahsulot 600 s/ga bo‘lganda, quruq biomassa
180-240 s/ga ni tashkil qiladi. Makkajo‘xorining tomirlari juda rivojlangan
bo‘lib, 50-80 s/ga organik modda tuproqda qoldiradi, hosil bilan esa 55-
65% biomassa olib chiqiladi. Kungaboqar biomassasi jihatidan jo‘xoriga
yaqinlashadi. Boshoqli don o‘simliklar ikkinchi o‘rinni egallab, kuzgi
bug‘doy 120-160 ts/ga, bahoriysi esa 80-120 s/ga hosil bilan, birinchisi
65%, bahorgisida esa 60%, qolgan 30-55 s/ga
tuproqda chirindi sifatida
qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda bir yilliklarga nisbatan kamroq miqdorda
xashak olib chiqiladi. Bu miqdor tuproqda qoladigan ildizlar chirindisidan
kamroq. Ularning zahirasi 60-70%, 50-120 s/ga, hosil bilan tuproqdan 30-
40% yoki 35-65 s/ga olib ketiladi.
Biomahsulotning kimyoviy tarkibi, asosan, azot va kaliydan iborat
bo‘lib, dukakli o‘simliklar kalsiy (2,5%), o‘t-o‘simliklar kremniyga (1,0-
1,5) boy bo‘ladi, qolgan qismini alyuminiy, temir, marganes tashkil qiladi.
Madaniy o‘simliklar tarkibida 5% kul elementlari bo‘ladi, 1,3% azot
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
154
biologik doiraga jalb etiladi, 360 dan 1700 kg/ga kg kul elementlardan 60-
310 kg/ga azot o‘simliklar tomonidan foydalaniladi.
Cho‘l va sahro mintaqalarda biomassaning miqdori kamayib ketib,
100- 225 s/ga ni tashkil qiladi. Sahro mintaqasining so‘r tusli qo‘ng‘ir
tuproqlar tarqalgan Ustyurtda biomassa 43 s/ga, yiliga 14 s/ga ga oshadi.
Shuning uchun sahro mintaqasida sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanib,
almashlab ekish (paxta-g‘alla va don ekinlari) natijasida tuproq
unumdorligini oshirishadi.
Madaniy o‘simliklar 450 kg/ga kimyoviy elementlarni iste’mol qilib,
bu tuproqlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, organo-mineral o‘g‘itlarni
qo‘shimcha ravishda yerga solishga to‘g‘ri keladi.
Madaniy dehqonchilik rivojlanishi natijasida, bir necha o‘n ming
yillar o‘tgach, haydalgan va sug‘oriladigan
tuproqlar ustida loyqalar,
organik o‘g‘itlar to‘planib, yangi agroirrigatsion genetik-akkumulyativ
qatlam hosil bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikning yillar davomida
rivojlanishi natijasida tuproq unumdorligi va fizik-mexanik xususiyatlari
yaxshilanishi yoki yomonlashishi mumkin. Tuproqning cho‘kish, bo‘kish,
eroziya va sho‘rlanishning rivojlanishi, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan
ifloslanish jarayonlari shular jumlasidandir. Tuproqning madaniylanish
darajasi statsionar - tajriba,
dehqonchilik tarixi, xossa va tarkibining
o‘zgarishi, profil qatlamlarini o‘zaro taqqoslash usullari orqali aniqlanadi.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan morfologik tuzilish, fizik xossalari,
kimyoviy tarkibining o‘zgarishi taqqoslanib, madaniy tuproqlarning tasnifi
ishlab chiqilgan. Shu sohaga oid ishlarni N.L.Blagovidova (1964),
Ye.M.Ivanova
(1956),
I.F.Garkusha
(1956),
G.I.Grigoryeva
va
V.M.Fridland (1964), M.A.Orlov kabi olimlar amalga oshirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: