H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
14
Tuproq
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
keyinchalik
Maxmud
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” (1074-1077 y)
nomli asarida ham
kiltirilgan. Jumladan,
chalang yer
- o‘simliksiz, sho‘rlangan, qora tuproq.
Sag‘izli yer -
eng yaxshi, sog‘lom yer (tuproq),
sag‘iz tuproq
- sog‘lom,
toza tuproq.
Toz yer -
o‘simliklar kam unumsiz yer.
Kayir yer
- juda
yumshoq, tekis, qumli yer.
Qazg‘an yer -
yuzasi tekis bo‘lmagan, botqoqli
yerlar.
Feodalizm davrida tuproqshunoslik to‘g‘risidagi fan unchalik
rivojlanmasdan B.Pallion (1563), F.Bekon, Van-Gelmont,
Glauber kabi
olimlar o‘simlikning oziqlanishi va boshqa qishloq xo‘jalik masalalariga
extibor berdilar.
Kapitalizm davrida tuproqshunoslik to‘g‘risidagi ancha ma’lumotlar
to‘plana boshladi. M.V.Lomonosov (1753, 1763), A.N.Radishev (1965),
A.T.Bolotov (1833), M.I.Afoninlarning (1771) ishlari shular qatoriga
kiradi.
Bu davrda Yevropa mamlakatlarida tuproq gumusi, ya’ni
organik
moddalarning hosil bo‘lishi, uning tuproq xossalari va unumdorlikka
ta’siriga oid K.Shprengel (1861-1862), Ya.Bertselius (1839), Mulder
(1840, 1862), German (1836, 1845), Grando (1872), P.A.Kostichev (1889),
Myuller, Ramann (1888), Sven-Oden (1912, 1919), S.Vaksman (1926,
1937), A.Shmuk (1924, 1930), A.F.Tyulin (1926,1948), V.R.Vilyams
(1897,1902, 1914), A.G.Trusovlar (1914, 1916) tomonidan ilmiy tekshirish
ishlari olib borilgan.
Rossiyada tuproqshunoslik fani xalqdan yer hosili va maydonini
hisoblash, soliq undirish maqsadida K.S.Veselovskiy va V.I.CHaslavskiy
tomonidan 1875-yili tuproq xaritasi tuzilib, Parijda bo‘lib o‘tgan geografik
kongressda bayon etildi.
Rossiyada 1725-yilda Fanlar
akademiyasi tashkil etilib, yer osti
boyliklari va tuproq qoplamini o‘rganish uchun ekspeditsiyalar tashkil
qilindi. Tuproq to‘g‘risidagi ta’limotga rus qomusiy olim M.V.Lomonosov
(1711-1765 y) katta hissa qo‘shdi. M.V.Lomonosov 1757-1763-yili “Yer
qatlamlari” to‘g‘risida birinchi kitob yozib, tuproq-geobiologik tana bo‘lib,
tog‘ jinslarining tirik organizmlar ta’sirida yemirilib hosil bo‘lgan
mahsulot deb ta’riflaydi. Tuproq tarkibida organik moddalarning hosil
bo‘lishi o‘simlik va hayvonot dunyosining chirishiga bog‘liqdir.
U qora
tuproqlarning kelib chiqishi, paydo bo‘lishi va shakllanishi, cho‘l
o‘simliklarining rivojlanishi va tarqalishi bilan bog‘liqligini tushuntirib
beradi.
Tuproq qoplamini tundra, o‘rmon va cho‘l mintaqasida tarqalish
qonuniyatlarini birinchi bo‘lib ko‘rsatib o‘tadi va birinchi tasnifini
yaratadi. M.V.Lomonosov tuproq qoplamida tuzlarning to‘planishi va