H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
12
yerlarni sug‘orish
uchun kanallar, ariqlar va boshqa suv shohobchalari
qurila boshladi. Urartu va O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orma
dehqonchilik miloddan II ming yil avval rivojlanganligi qadimshunoslar
V.V.Bartolg‘d (1914), S.P.Tolstov (1948), Ya.G‘.G‘ulomov (1957)
tomonidan isbot etilgan. Tuproq to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi Kichik
Osiyo, Bolqon va O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan Yunonistonda
ellinizm madaniyatining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Gretsiyada
tuproq turlari, ularga ishlov berish masalalari, ya’ni yerni quruq haydash va
agronomik tadbirlarni qo‘llash usullari mahlum bo‘lib, Gesiod, Ksenofan,
Platon, Aristotel va Teofrastlarning filosofik asarlarida qayd etilgan
o‘simlikning rivojlanishida tuproq, iqlim, yorug‘lik, namlik va issiqlikning
ahamiyatini birinchi bo‘lib ta’riflangan. Gerodot o‘z
asarlarida Misr,
Liviya, Italiya, Efiopiya, Arabiston, Yunoniston tuproqlarining tarqalishi,
profil tuzilishi, unumdorligi, o‘zgaruvchanligi, o‘simliklar o‘stirilishi va
agrotexnikasi kabi bir qator ma’lumotlarni kelitirib o‘tadi.
Tuproq unumdorligini oshirish, turli organik o‘g‘itlarni, go‘ng,
gumus, o‘simlik qoldiqlari kompostlardan
foydalanish masalasi rum
faylasuflari va yozuvchilari M.P.Katon (eramizdan oldingi 234-149-yillar)
va M.T.Varron (miloddan oldingi 116-27-yillar) asarlarida batafsil
keltirilgan. Tuproq unumdorligining inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida
Vergiliyning (eramizdan oldingi 70-19-yillar) “Georgiki” poemasida
kuylangan. Albatta, bu asarda tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ularga
qarshi kurash choralariga ham e’tibor berilgan.
Shu davrda Italiyada dehqonchilikka katta ehtibor bergan
tabiatshunos Kollumelladir, u tuproqning turli fizik holatga ega ekanligi,
granulometrik tarkib va unumdorlikni inson boshqarib turishi mumkinligi,
bir necha xillardan iborat ekanligi haqida yozib, bog‘dorchilikda yerni 60
sm chuqurlikkacha temir, og‘ir plug bilan haydashni tavsiya qiladi.
O‘rta yer
dengizi atrofidagi mamlakatlar, ya’ni Italiya, Gretsiya,
Ispaniya, Misr, Liviya, Kavkaz tog‘lari hududidagi tuproqlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Strobonning “Geografiya” nomli asarida mukammal
keltirilgan.
Feodalizm davri Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlarda
milodning I asrlaridan boshlanadi. Bu mamlakatlarda yer davlat ixtiyorida
bo‘lib, asosiy e’tibor yer kadastrini tuzish va hisobini olib borish, xalqdan
soliq yig‘ish uchun eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Yer zahiralari
Xitoy va Yaponiyada juda ham qattiq davlat nazorati ostida bo‘lib,
sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlash, ekinlarni
joylashtirish masalasi
mavsumiy ravishda amalga oshirilgan. Yer haydaydigan temir pluglar,
boronalar va boshqa jihozlar mukammallashtirilgan bo‘lib, balandlik tog‘