Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/129
Sana01.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#875832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   129
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi.
Tuproqshunoslik fani XVII asrning boshida shakllana boshlagan, 
ammo inson tomonidan tuproqqa ishlov berish, undan qishloq xo‘jaligida 
foydalanish tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. 
Yevropa, asosan, O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda: 
Yunoniston, Rum, Suriya, Iroq, Assuriya, Mesopotamiyada dehqonchilik 
madaniyatining rivojlanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar antik davr 
faylasuflari va donishmandlari bo‘lgan Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, 
Vergiliy, Varron, Kolupella, Pliniy va Katon asarlarida keltirilgan va 
bizning hozirgi davrgacha yetib kelgan. 
Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi insoniyat va qishloq xo‘jaligi 
tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘oriladigan dehqonchilik miloddan 
oldingi V asrda Meksika, Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Eron, 
Movarounnaxr, Sir va Amudaryolar oralig‘idagi mamlakatlarda 
rivojlangan. 
O‘rta Osiyoda yer haydaydigan omoch qadimgi davrlardan to XX 
asrlargacha ishlatib kelingan. Qadimgi dunyo tarixidan mahlumki, 
Misrning Nil daryosi havzasidagi dehqonchilikda suv yordamida 
keltiriladigan loyqalar hisobiga tuproq unumdorligi oshirilar edi. Xitoyda 
esa, miloddan avvalgi IV asrdan buyon tuproq tavsifi yozilib, shimolda 
qora, dasht va cho‘llarda oq, sharqdagi botqoqda ko‘k-zangori, subtropik 
va tropik o‘lkalarda sariq, qizil, jigarrang, O‘rta Osiyo soz yoki sozsimon 
yotqiziqlarda sariq tuproqlar ajratilgan edi. 
Eramizdan oldingi 372-287-yillarda yashagan Aristotelning shogirdi 
Teofrast “O‘simliklar haqida tadqiqotlar” nomli asarida tuproqning 
xossalarini o‘simlik talabi asosida o‘rganish g‘oyalarini ilgari suradi. 
Asarda tuproq unumdorligiga binoan o‘simlik turini yoki navini tanlash va 
yerga ishlov berish usullarini qo‘llash kabi ko‘plab ilg‘or fikrlar keltirilgan. 
Yunoniston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanishga oid 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
10 
ma’lumotlar tarixchi Ksenofontning “Uy-ro‘zg‘or xo‘jaligi haqida”gi 
asarida yoritilgan. Tuproq haqidagi ko‘proq ma’lumotlar Gerodot va 
Eratofen bir qator tadqiqotlarida keltirilgan.
Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar 
rus va o‘zbek tilida N.M.Sibirsev (1900), K.D.Glinka (1908), V.R.Vilyams 
(1928), B.G.Rozanov (1982), M.A.Pankov (1963), I.Boboxo‘jayev, 
P.Uzoqov (1995) tomonidan yozilgan darsliklarda qisqacha tavsif etilgan 
bo‘lib, birinchi marotaba tarixiy masalalar I.A.Krupenikov (1981) 
tomonidan to‘laroq bayon etilgan. U tuproqshunoslik fanining rivojlanish 
tarixini o‘n qismga bo‘lib, batafsil tavsiflab bergan. Ular quyidagi 
bosqichlardan iborat.
1. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi neolit, bronza davrida tuproq 
unumdorligi, xossalari, ishlov berish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Amerika qit’asida 
sug‘orma dehqonchilikda tuproq qoplami sho‘rlanishiga qarshi kurash 
oddiy yer kadastrini tuzishga oid ma’lumotlar. Bu davr “Palerma toshi”, 
Bruklin papirusi, Xammurapi kodeksi kabi suv va tuproq masalalarini o‘z 
ichiga oladi.
3. Tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tartibga solish, tasnifini ishlab 
chiqishga harakat, o‘g‘itlar to‘g‘risida ta’limot, geografik tarqalishi, diniy 
va filosofik yondoshish masalalari Teofrast, Katon, Pliniy, Kolumella, 
Varron, Gerodot, Straton, Lukretsiy Karr tomonidan miloddan to‘rt asr 
oldin va IV asrlarni o‘z ichiga oladi. Ular tomonidan qishloq xo‘jaligi 
entsiklopediyasi yaratiladi.
4. Feodalizm davrida mulkchilik asoslarini ishlab chiqish. Xitoy yer 
kadastri, Vizantiyani “Geoponika”, Olmoniya, Angliya, Fransiya 
mamlakatlarida yerni baholash, Rossiya, Litva, Belorussiyada yozma 
daftarlarni tuzish masalalari.
5. Uyg‘onish davrida tuproq to‘g‘risida bilimlar: Albert Velikiy, 
Pyotr Kresensiy tuproqni o‘simlik ta’sirida o‘zgarishi, Abu Ali Ibn Sino, 
Leonardo da Vinchi tuzlarning o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati, Bernar 
Palissi, XV–XVII asrlarda yashagan olimlar tomonidan bayon etilishi.
6. Vallerius va M.V.Lomonosov tomonidan tuproq unumdorligi va 
tog‘ jinslarining bog‘liqligi, F.Bekon tomonidan tuproq qoplami o‘simlik 
o‘sadigan, uni suv va tuzlar bilan tahminlaydigan manba agronomik 
ta’limotida tuproqning o‘rni va olingan ma’lumotlardan iqtisodiy 
yo‘nalishda foydalanish (Xon va Livanov) masalalari. 
7. Tuproq qoplamini chuqurroq va kengroq o‘rganish, Kyulbel, 
Teer, Komov, Pavlov tomonidan o‘simlikni gumus bilan oziqlanishi, Libix 
tomonidan tuproq tuzlaridan o‘simliklarning foydalanishi, qora 



Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish