Tuproqning pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslanishi.............................
155
43-bob Orol fojiasining atrof-muhit va tuproq qoplamiga ta’siri..............................
159
44-bob
Tuproq bonitirovkasi, baholash va kadastri........................................................
160
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
...........................................................
163
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
5
So‘z boshi
Respublikamizda
qishloq
xo‘jalik
mahsulotlari
va
ularni
yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati
va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi.
Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim
sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi
ekinlari – paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va sabzavot-poliz
mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz
bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan
sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida
intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng
qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60–70% i sho‘rlangan,
eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan.
Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer
kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon
xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi.
Tuproq biosferaning tarkibiy qismi va qishloq xo‘jaligini
rivojlantiradigan ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lib, uni har
tomonlama o‘rganadigan fan – tuproqshunoslik fanidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan davrigacha, tuproqshunos va
agrokimyogar mutaxassislar Toshkent davlat universiteti va Toshkent
Agrar hamda Samarqand Qishloq xo‘jalik institutida tayyorlanar edi.
Tuproqshunoslik bo‘yicha yozilgan darsliklar rus tilida bo‘lib, faqat o‘tgan
asrning oxirlarida M.A.Pankovning “Tuproqshunoslik”, 1963-yilda
A.M.Rasulov va M.Bahodirovning “Tuproqshunoslik va dehqonchilik
asoslari”, nihoyat I.Boboxo‘jayev va P.Uzoqovning “Tuproqshunoslik”
darsligi 1995-yilda chop etildi. Afsuski, bu darslik qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr
talabi bilan “Tuproqshunoslik” fanidan o‘zbek tilida kichik hajmda
X.A.Abdullayev, L.T.Tursunov (1974, 1975) va H.X.Tursunovlar (2000)
tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi.
Respublikamizda malakali tuproqshunos mutaxassislarini tayyorlash
uchun dunyo talablariga javob beradigan Yevropa, Amerika va Osiyo
tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy g‘oyalarga asoslangan
umumiy ta’limni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Shu davrgacha
tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari
tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ta’limotlarga asoslanib keldik.
Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy,
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
6
Hindiston, Yaponiya va Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk
allomalarimiz al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al Farobiy asarlarida keltirib
o‘tilgan. Markaziy Osiyo tuproqlari haqidagi ma’lumotlar zardushtiyikning
“Avesto”, al Xusayn Narshaxiyning “Tarixi Narshahiy” va “Qobusnoma”
kabi tarixiy kitoblarda bayon etilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati
Navoiy va Boburning asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar
keltirilgan.
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
7
Do'stlaringiz bilan baham: |