Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet45/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

Xulosa va takliflar
Mustaqilligimizni mustahkamlash, taraqqiyotimizni ta’minlash, mamlakatimiz kelajagi bo’lmish yoshlarning intelektual salohiyati, bilim darajasigagina emas, balki ularning ma’naviy yetukligi va daxldorlik tuyg’usini qay darajada his etishlariga ham bog’liqdir.
Hukumatimiz tomonidan e’lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida shu kabi jihatlarni hisobga olgan holda aholining keng doirasini eng avvalo yoshlarning tarixiy me’rosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish haqida muhim vazifalar belgilandi.
Bajargan ishimdan kelib chiqib men quyidagi xulosa va takliflarimni bildirishni lozim deb bilaman.
1. Turli bosqinlar boisidan Shofirkon zaminiga, ayniqsa, Xorazm vohasidan ko’chib kelib manzil tutganlar bisyorroq. Bunday ko’chish arablar bosqinigacha ham va undan keyin ham davom etganki, buni ular nomlariga aloqador va hozirgacha ajdodlari yashayotgan Urganji, Qiyot, Kotiyon, Zarchabek, Saparman, Tyoraxon, Furug’un qishloqlari hamda Chorasiz, Sevarjon qadamjolarini ifodalovchn toponimik rivoyatlar yaqol tasdiqlaydi. Qarshidan kelganlar esa Qarshiyon qishlog’ini bunyod etganlar. Ko’rinadiki, bularning barisi turkiy xalqlarga mansub etnik qatlamni tashkil etadi.
2. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, shofirkonliklar hamma zamonlarda ham ulug’ ajdodlari nomlarini e’zozlashga alohida muruvvatpeshalik ko’rgizib keladilar. Chunonchi, Horin, Ko’lhorii qishloqlari nomida qachoplardir shu qishloqdan o’tgan. Payg’ambarimiz Muso alayhissalom akalari Horunning yodi saqlansa, Dorigar qishlog’i nomida Amir Temur otuv qurollariga o’q-dori tayyorlovchi mashhur usta Hamroboy bilan aloqador xotira tajassum topgan. Shibirg’on qishlog’ida esa Zahiriddin Muhammad Bobur 1500—1501 yillarda Shayboniyga qarshi Saripul atrofida olib borgan jangga tayyorgarlik ko’rganligi, hatto bunda yaqin-yaqingacha Bobur yashagan uy e’zozlab saqlangan bo’lsada, tabiiy ofatlar va e’tiborsizlik tufayli keyinchalik vayron bo’lib ketganligi haqida hozir ham eslashadi.
3. Islom olamining buyuk pirlari silsilasida e’tirof etilgan Xoja Orif ar-Revgariy Mohitobon, Xoja Anjir Fag’naviy Pirmastiy, Xoja Husayn Andoqiylar shu zaminda voyaga etgan mutasavvuflar bo’lib, shofirkonliklar shu ulug’lari yodlarini sharaflovchi Xoja Orif, Andaqi, Ko’rushkent, Talipoya singari joylarni hamon muqaddas bilib keladilar.
4. Shofirkonliklar butun kechmishlari davomida Qizilqum bilan olishib keladilar. Qum ko’chishdan iborat bu tabiat ofatlariga qarshi kurash Shofirkon ahli qismatiga bitilgan azaliy fojealardan bo’lib keldi. Ular tabiat ofatlariga qarshi kurashda har qancha to’zg’imasinlar, baribir, shu zamindan uzoqlashmadilar. Qum ostida qolgan Mahallaqozi, Qo’rg’oii Vardonze, Ko’hna Vardonze qishloqlarini qayta tiklab, qura bordilar. Atrofi devor bilan o’ralgan Dizqo’rg’on ko’milib ketdi, lekin unga olib boradigan Dizguzar o’rnida Tezguzar qishlog’ini tikladilar. Chaqar — vardonxudodlarning harbiy istehkomi edi, o’rnida shu nom bilan atalgan qishloqda hozir ham hayot qaynaydi.
5. Shofirkonliklar azal-azaldan halol mehnatkashliklari bilan xilma-xil kasbu korlarda yuksak mahorat sohiblari bo’lganliklarini ular istiqomat qilayotgan Karvonboshi, Navbur, Naqqosh, Dorigar, Chitgaron, Temirchi, Sabzikor, Barrakushon, Kulolon, Tashgar, Halojiyon, Asbob singari qishloqlarning nomlaridanoq anglash mumkin. Ularning bugungi avlodlari ham tuman xalq xo’jaligining barcha jabhalarini rivojlantirishda yuksak tadbirkorliklarini namoyish etmoqdalar.
Men bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo’yicha ishlarimni kelgusida davom ettirib, kelajakda yetuk ijodkor o’qituvchi bo’lishga va yangiliklar yaratishga va’da beraman. Ushbu ishimni bajarishda yaqindan yordam bergan ilmiy rahbarim A.A.Qodirovga va kafedramizning barcha professor o’qituvchilariga katta minnatdorchilik bildiraman.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish