Tuproqshunoslik va geografiya


Ijtimoiy-siyosiy terminlar bilan bog’liq joy nomlari



Download 0,76 Mb.
bet35/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

2.4. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bilan bog’liq joy nomlari.
Turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy terminlar ham toponimiyada o’z izini qoldirgan. O’tmishda keng iste’molda bo’lgan bir qancha terminlarning ma’nosini hozir hamma ham tushunavermaydi. Lekin ularning ayrimlari joy nomlari shaklida saqlanib qolgan. Bunday joy nomlarining ko’pchiligini amirlik va xonliklardagi davlat tuzilishi, saroydagi mansab va mavqeni ifodalovchi terminlar tashkil etadi.
BOYLAR. Tuman markazidan 6 km sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Do’rmancha urug’idan 4—5 oila Do’rman begi boshchiligida shu qishloqqa ko’chib kelishgan. Suv serob, dehqonchilik qilish oson bo’lgani tufayli bular tezda boyib ketadilar. Shuning uchun qishloq atrofidagi axoli ularni «Boylar» deb atagan ekan. Amirlik tuzumi ag’darilgan yillarda qishloqda Jabbor Amin, Zaynalboy, Qo’chqorboy, Saidboy, Bo’ronbek, Bozorbek singari boylar bo’lgan.
Qishloq nomi bilan bog’liq yana shunday rivoyat bor: Kunlardan bir kuni Buxoro amiri shu qishloqdan o’ta turib, Shodmonboy ismli boydan «Qishlog’ingiz nima uchun «Boylar» deb ataladi», deya so’raganda, Shodmonboy: «Qishlog’imizda boylar ko’p bo’lgani uchun shunday ataladi», deb javob beribdi. «Unda, siz shu qishloqning katta boylaridan, aytingchi, sizning boyligingiz kancha» — deb so’rabdi amir. Shodmonboy Sultonobod arig’ini ko’rsatib: «Sof oltinlarim shu ariqni tambalashga etadi», degan ekan. Amir Shodmonboyga tan berib: «Boyliging ziyoda bo’lsin», deb duo qilgan ekan. Shodmonboy — tarixiy shaxs bo’lib, XVIII asrda yashab o’tgan. Farzandi bo’lmagach, nomim o’chmasin deb Xonaqo-jome’ masjidini, Sultonobod arig’i ustida bir ko’prikni, cho’lda yo’lovchilar uchun gumbaz sardoba (Shodmon-gumbaz)ni qurdirgan. Bulardan Xonaqo-jome’ masjididi xozir ham bor.
MAHALLAQOZI. Tuman markazidan 6 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Milliy tarkibi— o’zbek va tojiklar. Qishloqning tarixi haqida turlicha fikrlar mavjud: Shu qishloqlik 68 yoshli Shukrullo Shodiev hykoyasi: «1508 yilda katta bobolarimdan bo’lgan Salohiddin xoja Turkistondan Buxoroga madrasada o’qish uchun kelib, Shayboniyning nazariga tushadi. Uning ko’rsatmasi bilan hozirgi Mahallaqozi qishlog’i atrofidagi qishloqlarga qozilikka tayinlanadi. Shu erlik bir qizga uylanadi va turg’un bo’lib qoladi. Qishloq ham uning nomiga nisbat berilib «qozining qishlog’i» deb yuritilgan ekan». Yana bir taxminga binoan, Hazrat Sulton davrida Qozi Mo, Qozi Shoh, Qozi Qalandarlar kelib shu qishlokda yashab ish olib borganlar. Shu uch qozi tufayli qishloq «Mahallaqozi» nomini olgan ekan.
ULUG’XO’JA. Tuman markazidan 3 km janubi-g’arbda, Sulton Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. «Ulug’xo’ja» — «yaxshi xislatli xo’jalar» degani. Bu qishloqda o’qimishli xo’jalar ko’p bo’lganligi uchun shunday nomlangan. Qum ko’chish va boshqa sabablarga ko’ra bu qishloqqa Vardonze qo’rg’oni va Qorakalpoq urug’laridan kishilar kelib qolgan. Qishloq hududida ,mashhur shayx Darvesh masjiti joylashgan.
HASANXO’JA. Tuman markazidan 5 km sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Hasanxo’ja nomli 2 ta qishloq bo’lib, birini — shartli ravishda Quyi Hasanxo’ja, ikkinchisini — Yuqori Hasanxo’ja deb yuritadilar. Hasanxo’jaliklar asli tumanning shimoliy qismida joylashgan Sayid ota qabristoni atroflaridan bo’lishgan. Qum ko’chishlar tufayli 200 yillarcha oldin bir necha oila Quyi Hasanxo’ja, bir necha oila Yuqori Hasanxo’ja qishlog’iga ko’chib o’tishgan. Har ikkala qishloq aholisi Hasanxo’ja eshonning avlodlari bo’lgani uchun qishloqlari nomini Hasanxo’ja deb ataganlar.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish