QUYI YUQSUN. Tuman markazidan , 9 km janubi-g’arbda, Sh. Hamroev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Quyi Yuqsun Yuqori Yuqsun qishlog’idan 30-yillarda ajralib chiqqan qishloq.
O’BA. Tuman markazidan 6 km g’arbda, Sh. Hamroev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Uba toponimining kelib chiqishi haqida yozma ma’lumotlar ,yo’q, ammo qishloq hududidagi tepalik bu qishloqning Arablar istilosi davrigacha mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Qolaversa, Uba qavmlardan birining nomi bo’lib, shu qavm qaerda yashagan bo’lsa, o’sha joy uning nomi bilan atalgan. Shu boisdan Vobkent, Buxoro, Romitan tumanlarida ham Uba otlig’ qishloqlar bor,
KOTIYON. Tuman markazidan 3 km g’arbda, Qalmoqon qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq.
Kotiyon — tojikcha: «kotliklar» demakdir. Kot—Xorazmning qadimgi poytaxti. Bu shahar to’g’risida Istaxriy, Muqaddisiy, Ibn Haqval, Beruniy asarlarida kadimgi Kot shahri xarobalari hozirgi Beruniy shahri yaqinida bo’lgan. Yoqut Hamaviy fikricha, Kot xorazmliklar tilida «cho’ldagi devor», «to’rtko’l» ma’nosini bildiradi. mukammal ma’lumot berilgan. Kot — qiyot urug’i nomidan olingan.
Rivoyatlarga ko’ra, qadimda Kot shahridan uch aka-uka xattotlar Buxoro saroyiga olib kelingan. Ular katta obro’-e’tiborga sazovor bo’lib, bir necha yil xalol xizmat qiladilar, o’z-o’zlaridan ko’payadilar. Shundan so’ng podsholikdan vatan qilish uchun joy so’raydilar. Shu tariqa ular hozirgi Kotiyon qishlog’iga muqum yashash uchun kelib qoladilar. Qishloq nomi esa ularning ota yurtiga nisbat berilib Kotxon, Kotixon, keyinroq Kotiyon tarzida qo’llanib ketilgan. Xalq ichida qadimdan Kotiyon qishlog’ida o’qimishli kishilar ko’p bo’lganligi haqida fikrlar bor. Shunga asoslanib bo’lsa kerak ba’zi ma’lumotlarda «Kotiyon» so’zi «kotibon», ya’ni «kotiblar» so’zidan kelib chiqqan degan taxminlar ham bor.
MAVRI. Tuman markazidan 13 km janubi-g’arbda, Chandir qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Tarixdan ma’lumki, mang’itlar sulolasining vakillari Amir Shohmurod (1785—1800) hamda Amir Haydar (1800—1826) o’z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun Xorazm hududi sanalmish hozirgi Turkmaniston hududidagi Marv shahriga bir necha bor hujum uyushtirganlar. osonlikcha bo’ysunmagan marvliklarni turli yurtlarga ko’chirib yuborishgan. Ulardan bir necha o’n ming kishi Samarqand va Buxoro atroflariga olib kelingan. Mavri qishlog’i aholisi oldin tumanning g’arbidagi Qoratepa massivi atroflarida yashagan. Qum ko’chishlar tufayli 100—150 yil oldin bu erga ko’chib kelgan.
Mavri — Qoraqalpoq va Bayot qishloqlarini ham aralashtirgan. Qoraqalpoqliklar shu qabila avlodlari sanalib, hozir o’zbeklashib ketganlar. Bayotlar esa turkman qabilasi vakillari. Qorako’l vohasida yashagan. Bayotlar Zarafshon daryosidan suv bormay qo’ygach, shu tomonlarga ko’chyb kelganlar. Bayot qadimgi turk tilida «xudo, tangri» demakdir. Bayot — boyot (boylar) degan ma’noni ham bildiradi..
STAMZE Tuman markazidzn 13,5 km sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Stamze —jabr-zulm, sitam ko’rgan, sitamdiyda degan ma’noni bildiradi. Rivoyatlarga ko’ra, bu erda yashovchilar talonchilardan ko’p jabr-zulm ko’rib, oxir-oqibat alohida joyga, ya’ni hozirgi Stamzega ko’chib o’tganlar. Qishloq nomi shundan kelib chiqib «Stamze» deb ataladigan bo’lgan degan taxminlar bor.
Shofirkon, Vardonze tarixiga e’tibor qiladigan bo’lsak, bizningcha, qishloq nomi VI—VII asrlardagi mashhur turk xoqonligi tarixiga borib taaladi. VI asr oxiri VII asr boshlarida turk xoqonligi ikkiga: G’arbiy va Sharqiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududi G’arbiy turk xoqonligiga kirgan bo’lib, uni aka-uka Istami (ba’zi ma’lu-motlarda Istamze)lar boshqarishgan. Tuman hududidagi Vardonze qal’asi, uning bunyod bo’lishi ana shu xokonlik nomi bilan bog’liq.
Ma’lumki, Vardona ismli turk yirik chorvador bo’lib, u Vardona qal’asi o’rniga kelib o’rnashib qoladi. U mustahkam qo’rgon bunyod etadi. Qo’rg’on Vardona (Vardonze. Vardonzi) nomi bilan mashhur bo’ladi. Uning vafotidan keyin Vardonaning vorislari bu erda hukmronlik qilishadi. Arablar 709 yilda Vardonaga hujum qilganda vardonxudotlardan Vardonxudot—39 hukmronlik qilardi. Vardonxudotlar o’zlarini Istamzelar deb ham ataganlar. Shulardan kelib chiqib, hozirgi Stamze qishlog’i nomi ko’hna Vardonzedan turli sabablar bilan ko’chib ketgan vardonxudotlarning nomidan kelib chiqqan deyish mumkin. Bu yuqoridagi rivoyatga nisbatan haqiqatga yaqinroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |