Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet37/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

YUQSUN. Tuman markazidan 8 km janubi-g’arbda,, Sh. Hamroev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Yuqsun toponimikasi haqida turlicha rivoyatlar mavjud: Yuqsun nomi aslida Xo’ja Yovuqsun bo’lgan. Xo’ja Yovuqsun tarixiy shaxs bo’lib, avliyo darajasiga ko’tarilib, Xo’ja Za’faron, Xo’ja O’bon, Miri Arab hazratlariga yaqin qarindosh bo’lgan. Qishloqqa Xo’ja Yovuqsun asos solgani uchun qishloq u kishining nomi bilan: Xo’ja Yovuqsun deb atalgan. Vaqt o’tishi bilan Yovuqsun «Yuqsun» tarzida talaffuz qilinib ketilgan. Yana bir rivoyatda, qadim zamonlarda ikki kishi: Qo’ng’irot tomonlardan keladi. Biri hozirgi Qumbosti va Dodbog’ni qishloqlari o’rtasidagi Sayid pok tepaligi atrofiga, ikkinchisi esa ana shu joyni makon tutgan. Ular chorva bilan shug’ullangan. Hozirgi Yuqsun qishlog’i o’rni chorva ozuqasiga. nihoyatda boy bo’lgan, Buni ko’rgan mehmonlar suyunib ketadi. Maydonda o’tlab yurgan ko’p qo’ylarni ko’rgan mehmonlar tirikchilik manbai bo’lgan chorvani ko’paytirishni istab, «Endi egani chorvamizga yuqsun» deganlar. Qishloq ana shu tariqa Yuqsun nomini olgan emish. Qishloq hududida bir tepalik bo’lib, u Qo’rg’on deb yuritiladi. Tepalik ustida ko’p kishi yashagan. Hozir 8 ta oila yashaydi. Tepalik sun’iy ravishda katta-katta xom g’ishtdan qo’ng’irotlik ikki aka-uka tomonidan bunyod etilib, 3—4 gektar maydonni egallagan.
Ma’lumki, bunday tepaliklar tumanda, umuman, Buxoro hududida juda ko’p. Bu tabiiy tepalik bo’lmay, balki bunyod etilgan. Chunki bunga o’xshash tepaliklar qadimda dushmandan, tabiiy ofatlardan saqlash vositasi bo’lgan. Xalq orasida Qo’rg’ontepaning Arbob Gulmuhammad degan hukmdori haqida rivoyat saqlanib qolgan. Rivoyatga ko’ra, Arbob Gulmuhammad davrida tepaning janubi-g’arb tomonida katta darvozasi bo’lib, darvoza oldida soqchilar turgan. Qo’rg’on nihoyatda obod, xalqi farovon yashagan. Arbob Gulmuhammadnint uyi, ayniqsa, o’zining serhashamatliligi, kungurador bezak-lari, oynavand tokchalari, uy sstonasida marmar tosh-lar terilgani bilan ajralib turgan. Kunlardan bir kun amir o’z onasi bilan Arbob Gulmuhammadning xonadoniga mehmonga keladi. Arbob Gulmuhammad mehmonlarni yaxshi kutib olib, ularning sharafiga ziyofat beradi, ziyofat davomida dasturxon ustidagi har bir idishning taomi eyilgach, qandaydir tilsim egasi bo’lgan mezbon uni oltin bilan to’latib xizmatkorga qaytaradi. Bu erdagi boyliklarni o’z ko’zi bilan ko’rgan amirning onasi ziyofatdan so’ng o’g’liga Arbob Gulmuhammadning boyligiga egalik qilishni maslahat beradi. Shundan so’ng amir qo’shin yuborib Arbob Gulmuhammadning boyligini talaydi. 40 kecha-kunduz bu boyliklarni o’z arkiga tashitadi. Qolgan-qutganlarining ustidan ot aylantirib tuproqqa qorishtirib tashlaydi. Arbob Gulmuhammad 40 yil qochib yurib, oxiri Urganj shahriga ketadi. Hozirgi Qo’rg’on tepaligida yashovchilar o’zlarini Arbob Gulmuhammadning vorislari ekanligini aytib yuradilar.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish