Klebsormidium
Klebsormidium oqmaydigan suv havzalarida, er sharoitida (daraxtlarning po‘stloqlari, tuproq usti ostida) tarqalgan.
Zignemofitsa – Zygnematophyceae (matashuvchilar) sinfi
Mazkur sinf Zygnema turkumining nomi bilan atalgan. CHuchuk suvlarda tarqalgan kokkoid, ipsimon tuzulishlilarni o‘zida jamlagan. Mitozsentriolalarsiz boradi, yadroni po‘sti anafazada yo‘olib ketadi.sitokinez plazmolemmasiz oddiy tuzulgan fragmoplast hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi va ko‘pchilik turlarida plazmolemma botib kiradi. Rivojlanishda xivchinli bosqichi yo‘q. Jinsiy jarayon – konyugatsiya.
Matashuvchilar yashil suvo‘tlarning orasida g‘aroyiblari bo‘lib ularda jinsiy jarayon matashash bilan amalga oshadi. Matashishda bitta hujayraning protoplasti ikkinchisinikiga qo‘shilish kanali orqali sudralib o‘tib protoplast bilan qo‘shilmay zigota hosil qiladi. YOki ikkita hujayra jinsiy jarayonni amalga oshirish uchun bir biriga yaqinlashadi, ularning qo‘shilishi bu jarayonda hosil bo‘lgan kanalda protoplastlar qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan zigota po‘st bilan o‘ralganidan keyin tinim bosqichiga zigosporaga aylanadi. Zigospora unishida meyoz bo‘linish ro‘y beradi. Agar matashish har xil iplarning hujayralarini orasida ro‘y bersa bunga narvonsimon matashish deyiladi. Agar matashish bitta ipning turli hujayra-larining orasida borsa yonbosh matashish deyiladi.
Matashuvchilar uchun vegetativ ko‘payish xos, bu jarayon ipsimon tuzulganlarida iplari bo‘laklarga bo‘linib ketishi bilan, bir hujayrali vakillarida hujayrani bo‘linishi bilan, koloniya hosil qilganlarida uni tashkil qilgan hujayralarini ajratib ketishi bilan amalga oshadi. Desmidiyalar bazan qalinpo‘stli tinim hujayralar hosil qiladi.
Matashuvchilarning hujayralarini po‘sti uch qavatli. Tashqi qavat polisaxaridlarning majmuidan tashkil topgan. Ikkita ichki qavati mikrofibrillsellyulozadan iborat.sellyulozaning mikrofibril-lari o‘rta qavatda hujayrani uzunasi bo‘ylab, ichkaridagisi ko‘ndalangigi yo‘nalgan. Hujayraning ustida bir qator harofitlarga va yuksak o‘simliklarda hujayra devorining dastlabki davrida ahamiyatga loyik bo‘ladigan kalloza (v-1-3-glyukon) to‘planadi.
Matashuvchilar 55 ga yaqin turkum va 3000-4000 atrofidagi turlardan iborat.
Zignemalar – Zygnematales tartibi
Mazkur tartibning suvo‘tlarida uch asosiy tipda: tig‘iz buralgan (Spirogyra, Spirotaenia); yassiyaproq (Maugeotia); ikkita yulduzsi-mon (Zygnema) ko‘rinishidagi xloroplastlari bor. Mougeotia turkumining vakillarida xloroplastning holati etilganlikga bog‘liq. Xloroplastning harakatini unga birikkan mikroflamentlar bosh-qaradi.
Spirogyra turkumining suvo‘tlari ayniqsa ko‘lmak, xovuz, ko‘llarda, sekin oqadigan suv havzalarida baqato‘nlarni hosil qilishida ishtirok etadi. Uning tarmoqlanmagan,silindr shaklidagi katta hujayralaridan uzun iplar hosil bo‘ladi.
Ip sellyulozali po‘st va shilimshiq bilan qoplangan. Hujayra-ning o‘rtasini shira bilan to‘lgan vakuola egallaydi undasitoplazma ipi bilan yadro osilgan.sitoplazmaning cheti bo‘ylab xloroplastlar joylashgan ular spiral buralgan tasma ko‘rinishiga ega. Xloroplastni o‘rtasidan qovurg‘a o‘tadi, u bo‘ylab ko‘plab pirenoidlari joyla-shadi. Bitta hujayrada bir donadan 16 tagacha xloroplastlar bo‘ladi.
Spirogyra ko‘payishi vegetativ (ipni bo‘laklarga bo‘linib ketishi) va jinsiy (matashish) bilan amalga oshadi. Matashish narvon va yonbosh ko‘rinishida o‘tadi.
Hosil bo‘lgan diploid zigota uch qavat qalin po‘st bilan o‘raladi va shu holatda qishlaydi. Zigosporaning tashqi qavati naqshli vasellyulozali hamda pektinli. O‘rta qavati bazan rangli va sporopollenin tushadi. Ichki qavat yupqa va rangsiz,sellyuloza va pektinli.
Zigota bahorda unadi, uni yadrosi reduktsion bo‘linadi, uchta yadro eriydi va zigotadan bitta gaploid yangi ip hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |