Spirogyra suvo‘tidagi jinsiy jarayonning ro‘y berishi
Mougeotia turkumining suvo‘tlari ipsimon tuzulishli yassiyaproq xloroplastli, uning holati yoritilishga bog‘liq holda o‘zgaradi. Pirenoidlari bir qatorda yoki xloroplast bo‘ylab tarqalib joylashgan. Matashish narvonsimon ro‘y beradi.
Zigota qo‘shiluv kanalida hosil bo‘ladi. Zigota bitta ip hosil qilib unadi.
Zygnema turkumining hujayralarida bir juftdan yulduz shaklida xloroplastlari bo‘ladi.
Har bir xloroplastni o‘rtasi-da bittadan pirenoidi bor. Hujayralari shilimshiq bilan qoplangan. Zygnema ipni bo‘-laklarga bo‘linib ketishi bilan va akinetalar hosil qilib vegetativ ko‘payadi. Zigota qo‘shiluv kanalida hosil bo‘ladi.
Netrium turkumi bir hujayrali yaxlit po‘st bilan o‘ralgan. Hujayralari ellips yoki cho‘ziq, oxiri yumoloqlashgan
Netrium Spiroteniya
Hujayrani har yarmida xloroplast bor, cho‘ziq pirenoidli. Ikkita yadrosi bor.
Spirotaenia bir hujayrali, spiral buralgan xloroplastli. Hujayralari kaltasilindrsimon, ikki uchi qavariqli.
Zigota unganida 4 ta yadroni hammasi tirik qoladi.
Desmidiyalar – Desmidiales tartibi
Desmidiyalar tartibi bir hujayrali va koloniya hosil qilgan suvo‘tlar bo‘lib, ularni po‘sti ikkita yarimtadan tashkil topgan, unda teshiklar bor. Ularning hujayralari ikkita o‘zaro simmetrik yarimta yarimhujayradan iborat. Hujayra har xil holatda turlicha ko‘rinadi. Desimdiyalarning ko‘payishi vegetativ ro‘y berib hujayrani ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linishi bilan amalga oshadi. YOsh hujayra bo‘linganni yarimini oladi, qolganini o‘zi hosil qiladi.
Matashish usuli bilan ko‘payganda ikkita hujayra o‘zaro yaqinlashadi va umumiy shilimshiq bilan o‘raladi. Keyin hujayralarni po‘sti bir biri bilan tutashadi, shu joy orqali protoplastlar qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan zigota uch qavat po‘st bilan o‘raladi. Uni unishida meyoz ro‘y beradi, ko‘p hollarda ikkita yadro erib ketadi va ikkita o‘simta hosil bo‘ladi.
Closterium turkumining hujayralari ikki uchi ingichka tayoqcha, biroz egilgan, yarimoy ko‘rinishlarga ega.
Hujayraning ikki uchida bariy sulfat tuzli vakuola bor. Hujayraning po‘sti ikkita yarimtadan iborat, unda uzuk-uzuk chiziqlar va mayda teshiklari bo‘lib ulardan shilimshiq tashqariga ajraladi, u harakatni taminlaydi.
YAdro hujayraning o‘rtasida joylashadi uni tirik holida ko‘rsa bo‘ladi. Har bir yarimta hujayrada bittadan xloroplast bo‘lib u o‘zak va undan radial yassiyaproqlar yo‘naladi.
Cosmarium turkum suvo‘tlar orasida eng kat-talardan hisoblanib 1000 ga yaqin turlar tavsiflan-gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |